6. Davlat narx-navo intizomini buzganlik uchun tadbirkorlarning javobgarligi.
Tadbirkor davlat narx-navo intizomini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
Bunday holda tadbirkorlarning javobgarligi davlat tomonidan tartibga solinuvchi baho larga rioya etmaslik oqibatida yo’l qo’yilgan huquq buzarliklar oqibatida kelib chiqadi.
Davlat narx-navo intizomini buzish sifatida tadbirkorlarning quyidagi harakatlarini qayd etish mumkin:
1. Tovarlar, mahsulotlar, xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baho larni tariflarni oshirish;
2. Ulgurji narxlarni oshirish;
3. MDH va boshqa davlatlarning hukumatlararo bitimlariga muvofiq yetkazib berilayotgan mahsulotlarning bahosini oshirish yoki kamaytirish;
4. Narxlarga (tariflarga) belgilangan ustamalarni oshirib yuborishi ko’zlanmagan ustamalarni belgilash, belgilangan kamaytirilgan miqdordagi chegirmalarni xaridorga berish yoki bermaslik;
5. Xizmat qiymatiga kiritilgan, ammo amalda bajarilmagan yoki to’liq hajmda bajarilmagan ishlarni xizmat baho siga kiritish, shuningdek komplektlanmagan mahsulot yetkazib berilganda, komplektlangan mahsulot yetkazib berishga kelishilgandagi baho ni qo’llash;
6.Umumiy ovqatlanish, kommunal xo’jalik va axoliga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari tomonidan tartibga solinuvchi narx qo’llanilsayu, lekin ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar doirasining bu narx, ustama va tariflarni belgilash vaqtida ko’zda tutilgan tavsifiga mos kelmasligi;
7.Tadbirkor-monopolistlar tomonidan erkin baho va tariflarni qo’llash tartibini buzish;
8.Rentabellilikning me’yoriy darajasini oshirish hisobiga olingan daromadlarni byudjetga o’tkazmaslik;
9. Kelishuv vaqtida standartlarga muvofiq xususiyatlari belgilangan mahsulotning texnologik va konstruktorlik kamchiliklari tufayli iste’molchilik darajasiga erishilmaganda ularning bahosini oshirib belgilash;
10. Lozim tartibda iste’molchilar bilan kelishilgan erkin baho, tarif, ustamalarni qo’llash.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini shakllantirish normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi, ular narxlarining sun’iy ravishda oshirilishiga yo’l qo’ymaslik ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyektlarni va ularning rahbarlarini, shuningdek, mansabdor shaxslarni narx-navoga oid qonunchilikni buzganlik, shuningdek monopoliyaga qarshi organining yozma ko’rsatmalarini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortish to’g’risida qaror qabul qilish;
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, xo’jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga, xo’jalik yurituvchi subyektlarga ularning mansabdor shaxslariga jarima solish to’g’risida qarorlar qabul qilish, jinoyatchilik alomatlari bo’lgan taqdirda esa jinoiy ish qo’zg’ash to’g’risidagi masalani hal etish uchun materiallarni prokuratura organlariga yuborish masalalarini hal qiladi.
Odatda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan g’ayriqonuniy olingan mablag’lar (daromad, foyda), shuningdek jarimalar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan akseptsiz tartibda Moliya vazirligining "Narxlarni boshqarish jamg’armasi" maxsus byudjetdan tashqari hisob rahamiga undiriladi yoki qonunchilikda belgilangan hollarda qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy davomida tegishli byudjetga o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari va yozma ko’rsatmalari vazirliklar, idoralar, davlat qo’mitalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarishlari uchun majburiy hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining qaroriga muvofiq olib qo’yilishi kerak bo’lgan mablag’ belgilangan o’ttiz kunlik muddatda o’tkazilmagan taqdirda xo’jalik yurituvchi subyekt muddati kechiktirilgan har bir kun uchun olib qo’yilishi kerak bo’lgan mablag’ning 0,15 foizi miqdorida penya to’laydi. Agar kechiktirish bankning aybi bilan yuz bergan bo’lsa (xo’jalik yurituvchi subyektning to’lov topshirig’i tushgan kundan boshlab uch kundan ortiq) 0,15 foiz miqdoridagi penya bank tomonidan to’lanadi.
Tadbirkorlarning davlat narx-navo intizomiga rioya qilishi o’z navbatida, ularning qonun talablari asosida faoliyat yuritishining muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |