4. Tadbirkorlik faoliyati sohasida qo’llaniladigan baholarning turlari
Belgilanish tartibiga ko’ra, baholarni bozor (erkin) va tartibga solinuvchi belgilangan turlariga ajratish mumkin (FK 356-m), tovar (ish va xizmat)larning bozor (erkin) bahosi bevosita davlatning aralashuvisiz, xo’jalik yurituvchi subyektlarning kelishuviga muvofiq vujudga keladi.
Bozor (erkin) bahosidan farqli ravishda tartibga solinuvchi baholar davlatning bevosita ishtirokida, ya’ni vakolatli bo’lgan davlat organi yoki mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari tomonidan belgilangan va tartibga solinadigan baholar hisoblanadi.
Bunda davlat tadbirkorlar tomonidan baholarni aniqlashda qo’yilishi mumkin bo’lgan ustamalarning, baholarning eng yuqori darajali rentabellilikning yuqori me’yorlarini belgilashda o’zining ta’sirini o’tkazadi.
Tartibga solinuvchi baholar jumlasiga ichki xo’jalik baholarini ham kiritishimiz mumkin. Chunki ichki xo’jalik hisobidagi korxona o’zining bo’linmalari uchun o’zi baholarni belgilaydi.
Iqtisodiy belgilanishiga ko’ra, yuqoridagi baho turlarini ulgurji, chakana va xarid (tayyorlov) baholariga ajratish mumkin.
Ulgurji baho tayyorlovchi va iste’molchi (yoki tegishli davlat organlari) tomonidan belgilanuvchi baho bo’lib, u o’z ichiga qo’shilgan qiymat solig’ini va agar tovarga nisbatan aksiz solig’i nazarda tutilgan bo’lsa, uning belgilangan stavkalar bo’yicha bahosi ham qo’shiladi[11]. Bu baholar aholidan tashqari barcha iste’molchilar, jumladan vositachilar bilan hisob-kitob qilishda qo’llaniladi.
Mahsulotlarni vositachilar orqali erkin bahoda realizasiya qilishganda vositachi bilan iste’molchi o’rtasidagi kelishuvga muvofiq qo’shimcha haqlarni (FK 833-moddasi) ham ko’zda tutishi mumkin. Bu qo’shimcha haqlarda komission to’lovlar, transport va boshqa harajatlar ham aks etadi.
Ajnabiy mahsulot yetkazib beruvchilardan (sotuvchilar) sotib oluvchi korxona va tashkilotlar tomonidan import mahsulotlar (tovar)larga ham ulgurji baholar belgilanadi. Bu baholarda sotuvchining schetida ko’rsatilgan summaning to’lov kunidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyutaning summaga nisbatan qiymatidagi bahosi bilan birga mahsulot (tovar)ni sotib olish va chegaragacha olib kelish bilan bog’liq barcha korxonalar, shuningdek import tovarlarga nisbatan belgilangan stavkadagi soliq, bojxona poshlinasi, tovarlarni sotib olishni tashkil qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlariga beriladigan mukofat pullarini ham qo’shib ifoda etiladi.
Chakana baho ulgurji baho dan kelib chiqib, qo’shilgan qiymat solig’i va savdo ustamasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Erkin chakana narx aholiga tovarlarni sotishni amalga oshiruvchi chakana savdo korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va alohida yuridik shaxslar tomonidan aniqlanadi.
Savdo ustamasi bozor kon’yukturasidan kelib chiqib, sotuvchining transport va boshqa chiqim xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Hudud bo’yicha harakatiga ko’ra baholarni davlat ichidagi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi hududida amalda bo’lgan va jahon baholariga ajratish mumkin. O’zbekiston Respublikasi xududidagi amaldagi bo’lgan baholar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq holda shakllanadi.
Tashqi iqtisodiyot sohasidagi baho lar esa jahon savdosida amal qiluvchi baholar asosida belgilanadi. Bunda ularning shartnomada belgilanish tartibi hamda tovarlarni yetkazib berish, ularni sug’urta qilish bo’yicha harajatlar, bojxona yig’imlarini to’lash bilan bog’liq harajatlar sotuvchi va xaridor o’rtasida bu xarajatlar qaysi punktgacha sotuvchi zimmasida va keyinchalik esa xaridor zimmasidaligiga bog’liq holda taqsimlanadi.
Davlat ichida bunday taqsimlanish odatda franko uslubida amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda esa oldindan muayyan hisob-kitobni ko’zda tutuvchi baholarni qo’llash asosida amalga oshiriladi.
Barcha baho larni nazorat qilinuvchi va nazorat qilinmaydigan baholarga ajratiladi.
Nazorat qilinuvchi baholarga barcha tartibga solinuvchi baholar kiradi. Ta’minot-yetishtirish ustamalari, savdo ustamalarining miqdori chegaralab qo’yilishi bilan bog’liq qoidalar erkin baholarga nisbatan qo’llanilgani taqdirda erkin baho larni ham nazorat qilinuvchi baho lar jumlasiga kiritishi mumkin. Asosan barcha baholar nazorat qilinuvchi baholar jumlasiga kiritiladi. Faqat ulgurji narxlarda, tovarlar vositachilarsiz realizasiya qilingan taqdirda qo’llaniladi.
Erkin baholar tarkibida (deklarirusmiy) baholarni ajratish lozim. Baxolarni qildirish asosan davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliya subyektlari uchun belgilangan bo’lib, bunda monopolist-korxona realizasiya qilayotgan tegishli ro’yxatga kiritilgan tovarning erkin bahosini oshirgani taqdirda bunga tushuntirish berishi lozimligini anglatadi.
"Tabiiy monopoliyalar to’g’risida"gi Qonunga muvofiq tovarlarga narx (tarif) lar belgilash uchun tabiiy monopoliya subyektlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibga muvofiq vakolatli organga narx (tarif)larining loyihalarini hamda ular bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar. Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlariga taalluqli narxlar loyihalari vakolatli organ tomonidan iste’molchi mahsuloti narxlariga ularning ta’siri holda olingan hamda bir hafta muddat ichida ko’rib chiqiladi va qabul qilingan qaror kuchga kirishidan o’n besh kun avval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Baholarni direktiv o’rnatiluvchi hamda davlat tomonidan iqtisodiy choralar bilan, ya’ni, byudjetdan dotasiyalar qo’llash bilan ta’sir qiluvchi baholarga ham ajratish mumkin.
Baholarning direktiv o’rnatilishi turli tartiblarda, masalan, baho larning eng yuqori darajasini belgilab qo’yish (Tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi Qonun, 5-modda), ularning qayd qilingan miqdorini belgilash, rentabellilikning eng yuqori darajasini belgilab qo’yish, baho larni eng yuqori va eng past o’zgarish darajasini qo’llash asosida(bunda davlat xom ashyo va tovarlarni pasaytirilgan baho larda chetga chiqarib yuborilishini oldini olishni ko’zda tutadi) amalga oshiradi.
Baxolarga iqtisodiy choralar bilan ta’sir o’tkazilishi turlicha bo’lishi mumkin.
Byudjet dotasiyalarini tegishli ishlab-chiqaruvchilarga yo’naltirilib, ularning ishlab-chiqarilayotgan mahsulotlarining tegishli qismiga ustama sifatida belgilanishi mumkin.
Imtiyozli kreditlar berish orqali ishlab-chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini kamaytirish orqali, bahoning pasaytirilishiga ta’sir ko’rsatiladi.
Xuddi shunday ta’sirni ishlab-chiqaruvchilarga beriladigan kompensasion xarajatlar ham o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |