2. Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bulagidir.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda tovarlar sifatini ko‘tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bozor iqtisodieti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega bo‘ladi.
Tovar raqobatbardoshligini o‘rganish murakkab va o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
- tovarni sotish bozorni o‘rganish;
- raqiblar haqida ma’lumotlar yig‘ish;
- iste’molchilar talablarini o‘rganish;
- raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning o‘zluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o‘z raqobat qobiliyatini yo‘qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to‘la yo‘qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.
Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun ko‘rashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, o‘zimizning tovarimizga o‘xshash namunasini topib olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash;
- o‘zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo‘lib, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo‘yicha, bir xil extiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‘ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim».
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat ko‘rashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: