Tovar va pul munosabatlari turlari.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22 Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne`mat».23 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, ya`ni hech kim bilan aloqasi bwlmagan wrmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir wzi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qwllaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a`zolari wrtasida, gavjum bozor qatnashchilari wrtasida sodir bwladi. Ular naflilikning negizida ob`ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, twg`rirog`i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari wzgartirilishi natijasida vujudga kelishini wylab ham wtirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bwlgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bwlavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bwlgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bwlishiga olib keladi. Ya`ni, jamiyat uchun zarur bwlgan 100 dona soatgina naflilikka ega bwladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.
Har bir tovar ma`lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining wz ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya`ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya`ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bwlganligi uchungina wzining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx kwrsatkichi almashuv qiymatini yaqqol kwrsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan kwplab ne`matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma`lum naflilikka ega bwladi. Lekin ular har doim ham tovar bwlavermaydi. Masalan, bu ne`matlar wsha joyning wzidan olinib, iste`molchi tomonidan iste`mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne`matlar tovar bwlishi uchun, ular ayirboshlashga mwljallangan, ma`lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bwlishi zarur.
Shunga kwra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, wz iste`moli uchun emas, balki boshqalarning iste`moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma`lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og`irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bwla olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bwlib, ular miqdoriy wlchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bwlishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Bu wrinda swz mehnatning muayyan, aniq turlari twg`risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste`mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar wlchovdosh bwlishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya`ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va wlchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda kwrinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya`ni iste`mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bwlib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib kwrsatilishida namoyon bwladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (kwpincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, wz xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa kwrsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».24 Tovarning wzi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu wrinda ta`kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta`rif ba`zi hollarda iqtisodchilar tomonidan ywl qwyiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya`ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan ywl qwyilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bwlib, miqdor jihatidan undan kamdir. Ishlab chiqarish xarajatlari twg`risida keyingi boblarda twxtalamiz).
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi wrtacha bwlgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bwlgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat kwpaytirilgan yoki darajaga kwtarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat kwp miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bwlishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste`mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (2-chizma).
Аниқ меҳнат
Абстракт меҳнат
Меҳнат
Ижтимоий нафлилиги
Ижтимоий зарурий нафлилик
Талабга мос миқдордаги товар
Ижтимоий қиймати
Товар
Ижтимоий зарурий меҳнат
2-chizma. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.
Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat`iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U wzining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bwlgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, patriarxal xwjalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi.
Xwsh, uning wziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bwladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya`ni wzi amalga oshib bwlganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bwlgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan wziga xos ijtimoiy shakldir.
Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bwlib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi ywqdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati wzining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali kwrsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab wzgaradi. Mehnat unumdorligi ma`lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan wlchanadi. Mehnat unumdorligining wzgarishi tovar birligi qiymatining wzgarishiga sabab bwladi. Mehnat unumdorligi wssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta`sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning twplanuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi kwrsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligining oshishi amalda ish vaqtining kwpayganligini anglatadi. Shunday qilib, intensivlik ish vaqtining davomiyligi bilan bevosita aloqador bwladi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.
Individual yoki wrtacha ijtimoiy mehnat intensivligi tushunchalari farqlanadi. Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog`liq bwladi. Mehnatning wrtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bwlib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bwlgan individual miqdorlardan tarkib topadi. «Wrtacha intensivlik» tushunchasi mehnat intensivligining faqat miqdor tomonini tavsiflab, u yoki bu ishlab chiqarish usuli sharoitidagi intensivlikning mohiyati va mazmunini aks ettirmaydi. Shunga kwra, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy mehnat intensivligi tushunchasi farqlanib, u har bir muayyan mamlakat uchun bir vaqtning wzida ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi ma`lum wrtacha miqdorni wz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |