talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish", "istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
5 Taklif o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar. Talabni qondirish uchun zarur bulgan yana bir iqtisodiy kategoriya - taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. CHunki ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun xaridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Bozorda taklif qonuni amal qiladi. Taklif qonuniga muvofiq barcha omillar teng bo’lgan sharoitda taklif bahoning o’zgarishiga binoan o’zgaradi. Demak, tovar bahosining o’sishi taklifni ko’paytiradi va aksincha, tovar bahosining pasayishi taklif etilayotgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Taklif qonuniga muvofiq ma’lum tovarlar bahosining ortishi bilan ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mazkur tovarlar yoki xizmatlarni ko’plab yaratadilar. Natijada taklif ortadi. Tovarlar va xizmatlar miqdorining o’sishi taklifning ortishiga hamda talabning pasayishi bilan bahoning ham pasayishiga olib keladi. Taklif talabga qarab o’zgarib turadi. Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi.
6 tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
7 Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N. tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |