Tovar neft miqdori va sifatini o‘lchash usullari


Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar



Download 1,26 Mb.
bet3/5
Sana23.03.2023
Hajmi1,26 Mb.
#920933
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tovar neft miqdori va sifatini o‘lchash

Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar

  • Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-diafragma (4.1– rasm,a), soplo (4.1–rasm,b), Venturi soplosi (4.1–rasm,c) va Venturi quvuri (4.1–rasm,d) o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi toraygan joyidan o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning, binobarin, kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi hosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi.
  • Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi quvurdan o‘tayotgan modda sarfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan ∆P bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi.
  •  

4.5-rasm, a da ko‘rsatilgan diafragma dumaloq teshikli yupqa diskdan iborat.
Teshikning markazi quvur o‘qida yotishi kerak. Oqimning torayishi diafragma oldida boshlanadi va undan o‘tgach, ma’lum masofadan so‘ng, o‘zining eng kichik kesimiga erishadi. Undan keyin oqim tobora kengayib, quvurning to‘liq kesimiga erishadi. Modda diafragmadan o‘tganda, diafragma orqasidagi burchaklarda «o‘lik» zona hosil bo‘ladi. Bu yerda, bosimlar farqi natijasida suyuqlikning teskari yo‘nalishdagi harakati yoki ikkilamchi oqim paydo bo‘ladi. Suyuqlikning qovushqoqligidan asosiy va ikkilamchi oqim bir-biriga qarama-qarshi harakat qilib, uyurmalar hosil qiladi.
Bunda diafragma orqasida birmuncha energiya sarflanadi, demak, bosim ham ma’lum darajada kamayadi. Diafragma oldidagi zarrachalar yo‘nalishiining o‘zgarishi va ularning diafragma orqasidagi siqilishi potensial energiyaning o‘zgarishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Soploning (4.5-rasm, b) kirish qismi ravon toraygan, chiqish qismi esa silindrdan iborat. Soploning profili sharrachaning to‘liq siqilishini ta’minlaydi va soplodagi silindr teshigining yuzi oqimning minimal kesimiga teng deb hisoblanishi mumkin.
Soploning orqa qismida hosil bo‘ladigan uyurmali harakat diafragmadagiga ko‘ra kam energiya yo‘qotishlarga olib keladi. Soploning old va orqasidagi va bosimlar xuddi diafragmanikidek o‘lchanadi.
4.5-rasm, c da Venturi soplosi tasvirlangan. Venturi soplosi qisqa silindrik qismga o‘tuvchi silindrik kirish qism va kengayuvchi konussimon diffuzor qismdan iborat. Toraytirish qurilmasining bunday shaklida, chiqish diffuzori mavjudligi tufayli bosim yo‘qolishi diafragma va soplodagi bosim yo‘qolishiga nisbatan ancha kam bo‘ladi. va bosimlar Venturi soplosining ichki bo‘shlig‘i bilan aylana bo‘yicha joylashgan teshiklar orqali bog‘langan xalqa kameralar yordamida o‘lchanadi.
4.5-rasm, d da Venturi quvuri tasvirlangan. Venturi quvuri kirish silindrik quvuri, kirish konusi, o‘rta silindrik quvuri va diffuzor chiqish konusidan tuzilgan. va bosimlar kirish konusining oldi va o‘rta silindrik quvurining o‘rta qismlarida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish