XULOSA VA TAKLIFLAR
Tovar-moddiy zahiralar chiqib ketishi va uni hisobini tashkil etishda asosiy
e’tiborni sub’ektga tegishli bo’lgan tovar-moddiy zahiralari, shu jumladan,
yo’ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab
chiqarish va boshqa xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mehnat buyumlari,
xom-ashyo va materiallar, aylanma mablag’larning tarkibi, miqdori, harakati,
ularni tayyorlash, sotib olish, ularni baholash va qayta baholash jarayonlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishning tartib qoidalarini chuqur
o’rganishga qaratish talab etiladi. O’rganish jarayonida tovar-moddiy
zahiralarining tarkibi, holati, harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab
chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e’tibor berish lozim.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o’zida mahsulotning tannarxini kamaytirish
imkoniyatlarini – moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar me’yorini
pasaytirish, tovar-moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi
saqlash va qo’riqlash va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishi
lozim.
Shuningdek, korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni chiqib ketishi va
ularning sof sotish qiymati hisobini takomillashtirish yuzasidan bitiruv malakaviy
ishi yakunida quyidagi takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqildi:
1. Milliy iqtisodiyot korxonalari uchun tovar-moddiy zahiralarning to’g’ri
baholanishi va uning auditini tashkil etishning ahamiyati hamda bu mavzuga oid
muammolarning mohiyati ochib berildi, shuningdek bu sohaga oid xorijiy davlatlar
tajribasi o’rganildi.
2. Tovar-moddiy zahiralar baholanishi va uning auditini tashkil etish
bo’yicha ishlab chiqilgan xalqaro va milliy standartlar qiyosiy tahlil etildi.
3. O’zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari
va uning auditini takomillashtirish bo’yicha tegishli xulosa va takliflar ishlab
chiqildi.
4.Tovar
moddiy
zahiralarini
baholashda
buxgalteriya
hisobining
ehtiyotkorlik tamoyili hamda BHMS №4 talablariga katta e’tibor qaratish;
69
5.Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarni sof
sotish qiymatini baholash usullaridan foydalanishni kengaytirish, masalan
zaxiralarning umumiy hajmi usuli bo’yicha amalga oshirish;
6.Tovar-moddiy zaxiralarining ishlab chiqarishga to’g’ri sarflanishi hamda
ularni sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish;
7.Hisobotda tovar-moddiy zaxiralarining sof sotish qiymati bo’yicha aks
ettirish lozim.
Tovar-moddiy zaxiralaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida
quyidagilar e’tibor berish lozim:
*
mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini ko’paytirish;
*
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va turlarini ko’paytirish;
*
tovar-moddiy zaxiralar tuzilishini maqbullashtirish;
*
me’yordan ortiqcha ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zaxiralarini,
shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirish;
*
chiqarilayotgan mahsulot talabi va taklifini o’rganishni yaxshilash;
*
tovar-moddiy zaxiralarini qabul qilish, saqlash va etkazishni to’g’ri
tashkil etish lozim.
BMIda ko’rilgan masalalar va takliflar o’rganilayotgan mavzuni yanada
chuqurroq o’rganishni va takomillashtirishni taqozo etadi. Uylaymizki bu taklif va
mulohozalar tovar-moddiy zahiralar chiqib ketishi hisobi va uning auditini yo’lga
qo’yish va takomillashtirishda muhim manba hisoblanadi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |