materiallarning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan, masalan zanglash, eroziya,
qurib qolish, namiqish, shishib ketish, yorilish kabi salbiy holatlarga yo’l
Ishlab chiqilganligiga ko’ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar
o’zi ishlab chiqqan va o’zi ishlab chiqmagan materiallarga bo’linadi. Chunonchi,
korxonaning yordamchi ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan ishlab chiqilgan
va o’zida ishlatilgan xom-ashyo materiallar o’z ishlab chiqarishidan olingan
materiallari hisoblanadi. Sotib olingan, buyurtmachilardan, ta’sischilardan va
13
boshqa tashqi shaxslardan kelib tushgan materiallar o’zi ishlab chiqmagan
materiallar hisoblanadi.
Vujudga keltirgan mamlakatiga ko’ra mahalliy materiallar va import
qilingan materiallarga bo’linadi.
Materiallarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat
ashyolaridir. Materiallar - xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo’llaniladigan va
mahsulotga ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir.
Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi, ya’ni gazlama,
charm, metall va hokazolar;
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma’lum
darajada ishlov bosqichidan o’tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga
etkazilmagan mahsulotlar;
Yoqilg’i - ko’mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;
Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni
almashtirishda qo’llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va
qismlari;
Qurilish materiallari - bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish
qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va
qurilmalarini ko’tarishda, qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun
zarur bo’ladigan yog’och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;
Idish va idish materiallari - turli material va mahsulotlarni o’rash,
joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog’och,
karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;
Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar - korxona balansida
turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan,
qayta ishlash uchun o’zga korxonaga berilgan o’simlikchilik, chorvachilik hamda
o’rmon xo’jaligi mahsulotlari kiradi;
Boshqa materiallar - yuqoridagi satrlarda ko’rsatib o’tilmagan boshqa
materiallar kiradi. Ularga chiqitlar, tuzatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar
14
misol bo’ladi.
Ishlab chiqarish zaxiralari
— xo’jalik yurituvchi sub’ektda keyinchalik qayta
ishlashga yo’naltirilgan sotib olingan yoki mustaqil ravishda tayyorlangan buyumlardir.
Ular quyidagi xillarga bo’linadilar:
Xom ashyo — xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblangan va keyinchalik
qayta ishlash uchun mo’ljallangan sotib olingan yoki boshqacha usul bilan olingan
(misol uchun, qazib olingan) tovarlardir;
Do'stlaringiz bilan baham: