Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyum-lariga aytiladi. Masalan: mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, tikuv fabrikalarida – gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ularda sifat o’zgarishlar hosil kiladi, ya’ni mahsulotga chiroy beradi, mazasini o’zgartiradi, lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jara-yonida mehnat vositalarini ta’mirlash, sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat ja-rayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi.
O’rni kelganda shuni eslatib qo’yish lozimki, materiallarni guruhlarga bo’lganda, aniq sharoitni hisobga olish lozim. Bir turdagi materiallar mahsu-lotni yaratishdagi roliga qarab birinchi sanoat korxonasida asosiy material bo’l-sa, ikkinchisida yordamchi material bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |