Pulning funksiyalari.
Pul iqtisodiy munosabatlarni o`zida aks ettirib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Qiymat o`lchovi – pul umumiy ekvivalent sifatida o`zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o`lchay oladi. Tovarni qancha turishi pulda belgilanadi. Buyumlarni og`irligi, eni va bo`yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o`lchaganday tovarlarning narxi pul bilan o`lchanadi. Har bir mamlakatning o`z pul birligi mavjud bo`lib, bu O`zbekistonda so`m, AQShda dollar, Angliyada funt sterling, Turkiyada lira, Germaniyada marka va boshqalar.
Bu vazifani uzoq yillar o`z qiymatiga ega bo`lgan tovar – oltin yoki oltinni o`zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.
Ayrim adabiyotlarda (72) ushbu funksiyani xisob-kitob va iktisodiy ulchov funksiyasi xam deb aytilgan. Bunda iktisodiy faoliyatning moddiy va pul-kiymat ulchamida umumlashtirilishi ta`kidlangan.
2. Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o`zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni sotish, ya`ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi.
Pul ishtirokida tovar ayriboshlash tovar muomilasi shaklini oladi. Bundan farqliroq barter – tovarni tovarga bevosita almashtirish bo`lib ma`lum kelishilgan narxni taqozo etsada pul ishtirokisiz yuz beradi.
Barter pulsiz ayriboshlash bo`lganidan bozor iqtisodiyotiga to`g`ri kelmaydi, shu sababli u pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo`lgan paytlarda qo`llaniladi.
O`ta taqchillik yuz berib, bozor aloqalari buzilgan sharoitda talon va kuponlar tovar ayriboshlashda qo`llanilgan hollari ham mavjud. Barter taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos emas. Bu shuning uchunki aynan ayriboshlash uchun ming yillar oldin pul uylab topilgan. Shuning bilan birga yosh mamlakatlar o`zini tutib olguncha, ular bozorlarini xom-ashyo va uskunalar bilan to`ldirishda barterni ma`lum ahamiyati bor.
O`zbekistonda 1994 yilda umumiy eksportni 17 foizini barter tashkil etgan. 1995 yilda u ikki barobardan ko`proqga kamaydi.
3. To`lov vositasi. Ayrim adabiyotlarda pulning to`lov vositasi uning muomila vositasi bilan qo`shib yuboriladi. Aslida ular o`rtasida tub farqlar mavjud va ularni asosiylari quyidagilar:
a) muomila funksiyasi tovarni faqat naqd pulda sotilishini bildirsa, to`lov funksiyasida tovar ham naqd pulda ham naqd pulsiz holda sotiladi.
b) muomila vositasida tovar va pul harakati bir vaqtda amalga oshiriladi deb tushiniladi, to`lovda esa u kechiktirilishi ham mumkin, kreditga amalga oshirilishi va to`lov muddatini kutilishi mumkin.
c) muomila vositasida tovarni sotuvchi va oluvchi o`rtasidagi munosabat bir yo`la tugaydi, to`lovda esa uzoq davom etadi va u debetorlik va kreditorlik qarzlariga sabab bo`ladi.
Pulni to`lov vositasi orqali davlat budjetiga va kredit tizimiga to`lovlar amalga oshiriladi, aholiga ish haqi, nafaqa, kommunal va boshqa xizmatlarga to`lovlar amalga oshiriladi. Pulni to`lov funksiyasini tan olmaslik debitor va kreditor qarzlarni oshishiga, kredit bo`yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarni bajarilmasligiga, xo`jalik jarayonlarining me`yorida borishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Jamg`arma vositasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olishidir. Pul qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi.
Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul hamma yerda unga belgilangan nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun qabul qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligatsiya, sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyatsiya bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa narxi-qadri o`zgarib turadi. Boshkacha aytganda pulning likvidligi uning muomila vositasi sifatida xamma narsaga tez va xech bir tusiksiz ayriboshlanishidir.
Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan vaqtda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin.
Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligatsiya va boshqalar shaklida ham jamg`arish mumkin.
Adabiyotlarda pul xazina to`plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat o`zining real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi. Qog`oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi.
O`tmishda pul jahon puli vazifasini xam bajargan. Bunda mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblar, tovar va xizmatlar uchun to`lovlardagi baho masshtabini har bir mamlakatning pul birligini ma`lum oltin tarkibi bo`lishligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 1961 yildagi pul reformasidan keyin SSSR rubli – 0.987412 grammga, 1 AQSH$ q 0,88 gramm oltinga tenglashtirilgan. Hozir bunday tartib yo`q, chunki XVJ ning 1976 yil maydagi Yamaykaning Kengston shahridagi yig`ilishida oltin bundan buyon jahon puli vazifasini bajarmasligi e`tirof etilgan. Shu sabab hozir o`zaro hisob-kitoblarda jahon puli emas, jahon pullaridan foydalaniladi va bu vazifani obro`li pul birliklari bajaradi.
Pulning funksiyalari o`zaro uzviy bog`liq va ular bir-birini to`ldirgan holda pulning mohiyatini to`liq ifoda qiladi. Pulning funksiyalari ketma-ketligiga e`tibor berish zarur. Pul qiymat o`lchovi vazifalarini bajarmasdan turib muomila, jamg`arma va to`lov vositasi bo`laolmaydi. Pulning qiymat o`lchovi sifatida mustahkamligi uning muomila, to`lov, jamg`arma funksiyalaridagi o`rni va ahamiyatini oshiradi, xalqaro miqyosda ham yuqori obro`ga ega bo`ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta`kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro`li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo`lishi lozim. So`mni barqarorligini ta`minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog`liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro`-e`tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog`liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to`plagan salohiyatimiz hozir o`z oldimizga ana shunday vazifani qo`yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko`rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?:
Birinchi navbatda so`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste`mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, axolini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi.
Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko`paytirish choralarini ko`rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko`paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o`zimizga bog`liq bo`lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak.
Uchinchidan, yoqilg`i-energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim.
To`rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O`zbekistonning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag`larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag`larini jalb etish bo`yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko`rib chiqishimiz zarur...
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim.
Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog`liqdir”.
Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi.
Shunga asosan uni sotib olish qobiliyati unga to`g`ri keladigan tovar va xizmatlarning miqdori bilan, pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanati bilan, davlat budjeti taqchilligining holati bilan, inflyatsiyaga karshi ko`riladigan choralarga ko`p jihatdan bog`liq.
Respublikamiz hukumati tomonidan pul barqarorligini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan pul-kredit va monetar siyosati keyingi yillarda iqtisodiyotni yanada barqarorlashuvini ta`minlashdagi o`rni quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlardan ham ko`rinadi:
Ko`rsatkichlar
|
2003 y.
|
2005 y.
|
2006 y.
|
2007 y.
|
Yalpi ichki mahsulot, mlrd so`m
|
9664,1
|
15210
|
16320
|
17870
|
O`tgan yilga nisbatan, %
|
104,2
|
107,0
|
107,3
|
109,5
|
Davlat budjeti taqchilligi, %
|
-0,4
|
Q0,1
|
Q0,5
|
Q1,1
|
Tashqi savdo balansini qoldig`i (ijobiy) mln. $.
|
760,0
|
1317,5
|
1445,0
|
2000,0
|
Inflyatsiya darajasi, %
|
3,8
|
7,8
|
6,8
|
6,8
|
Pul qadrsizlanmasligi uchun- degan edi yurtboshimiz I.A.Karimov – yana bir qoida doimo esimizda bo`lishi kerak, ya`ni har qanday maosh, nafaqa ko`payishidan oldin, bozorimizdagi mol ham shu darajada, balkim undan ham tezroq ko`payishi shart.
Bu qoidaga hammamiz rioya qilishimiz zarur. Bu umumiqtisodiyot qonuni. Mutaxassislar hisob-kitobiga qaraganda, agar qo`shimcha mahsulot bozorga yetkazilmasdan naqd pul miqdori 1 foizga ko`paysa-narxlar miqdori 1,2-1,4 foizga oshib ketadi.
Agar bu yo`lni tanlasak, O`zbekistonda nafaqat inflyatsiyaga, ya`ni narx oshishiga, balki giperinflyatsiyaga, boshqacha til bilan aytganda, oqibatda hech qanday jilovlanmaydigan ofatga, narx oshib ketishiga olib keladi. Bu esa girdobga o`xshagan dahshatli narsa-tushgandan keyin chiqib ketishning iloji yo`q, desak bo`ladi. Uning oqibati, yana takrorlayman tabiiy ofatga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |