Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Facebook
ijtimoiy 
tarmog‘i paydo bo‘ldi. 2005 yilda video materiallarni yuklash va ko‘rish 
mumkin bo‘lgan 
YouTube
kanali bozorga chiqdi. 2006 yilda 
Amazon 
Web Services
(AIVS) e’lon qilindi, bu onlayn kompaniyalar yaratish 


20 
jarayonini soddalashtirdi va arzonlashtirdi. 2007 yilda 
Apple 
kompaniyasining 
iPhone 
va 
Google
kompaniyasining 
Android 
operatsion tizimi sotuvga chiqdi. 
iPhone
smartfonlari bozorni tom 
ma’noda “portlatib yubordi”, bu esa iste’molchilar uchun ijtimoiy 
tarmoqlardan foydalanishni osonlashtirib, mobil ilova bozorini 
rivojlantirishga yo‘l ochib berdi. 
Rossiyada raqamli texnologiyalar iste’molchilarga xizmat 
ko‘rsatish sohalariga faol kirib bormoqda va ularni o‘zgartirmoqda. 
Avvalam bor, bu iste’molchilar xulq-atvorining o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan banklar, telekommunikatsiya sohasi, chakana savdo bo‘lib, biz 
ularni quyida batafsil ko‘rib chiqamiz. 
Raqamli transformatsiya marketingni rivojlantirish, hamkorlar va 
iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar ochib 
beradi, mahsulotni sotish, xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashni, 
uskunalarning ishlashi to‘g‘risida ma’lumot to‘plashni, ma’lumot 
almashishni tashkil qilishni, biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni va 
biznesni boshqarish sohasidagi ko‘pgina boshqa funksiyalarni yangicha 
tarzda tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
Ammo, shu bilan birga, bu ko‘plab muammolar va tahdidlarni 
keltirib chiqaradi: juda katta ma’lumotlari massivi bilan nima qilish 
kerak? Ushbu ma’lumotlar massividan kerakli bilimlarni qanday ajratib 
olish mumkin? Ishlab chiqarish va boshqa tizimlarning xavfsizligini 
qanday ta’minlash mumkin? Kimga va qanday ma’lumotlardan 
foydalanishga ruxsat berilishi kerak? Kompaniyaning raqamli 
madaniyati qanday shakllantiriladi? Raqamli platformalar va 
ekotizimlarni qanday boshqarish kerak? Inson va mashina intellekti 
o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tadi? Va boshqa muammolar va 
tahdidlar. Ushbu sohadagi ko‘plab qarorlar va yechimlar siyosiy 
ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda. 
Mutaxassislar raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlarni ishlab 
chiqish va ishlab chiqarish siklini ancha qisqarishiga, murakkab 
mahsulotlarning raqamli modellarini shakllantirish va ularning virtual 
sinovlarini o‘tkazish zaruratiga, axborot kognitivistikasi (bilish 
nazariyasi, kognitiv psixologiya, noverbal kommunikatsiya va sun’iy 


21 
intellekt nazariyasini birlashtiruvchi fanlararo ilmiy yo‘nalish) asosida 
inson-mashina interfeyslarini rivojlantirishga olib kelishi to‘g‘risida 
gapadilar.
Shuningdek o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda zavod 
sozlamalarini qo‘llovchi foydalanuvchilardan, shu jumladan “uy 
fabrikalari” sharoitidan tortib to individual istemolchilarga individual 
mahsulotlar yetkazib beruvchi kompaniyalargacha farqlanishi mumkin 
bo‘lgan “xizmatga yo‘naltirilgan loyihalash”ni rivojlantirish g‘oyasi 
bildirilmoqda.
Ammo, aftidan, “biz barchamiz o‘zimiz oz-moz tasavvur 
qiladigan imkoniyat va zaifliklarga duch kelmoqdamiz”
2
deb aytgan 
Joshua Kuper Ramo fikriga qo‘shilimiz lozim. Haqiqiy va virtual 
dunyolar birlashadi, odam bir vaqtning o‘zida haqiqiy va virtual 
dunyoda yashaydi, ularning qanday aralashganini ko‘radi va bu 
dunyoning yangi idrokini talab qiladi, bu yerda oldingi tajriba kam 
foyda keltiradi, bu yerda sezgi va intuitsiya muhim hisoblanadi. 
“Yettinchi sezgi. Bashorat qilish belgisi ostida: raqamli asrdagi 
o‘zgarishlar qanday bashorat qilinadi va boshqariladi” deb nomlangan 
falsafiy kitobda R.J. Kuperning ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyot yoki 
tarmoq kommunikatsiyalari iqtisodiyoti “iqtisodiyot va jamiyatning 
barcha jabhalariga ta’sir etadigan” yangi mohiyatning shakllanishiga 
olib keladi.
Raqamli iqtisodiyot endi shakllanish jarayonida bo‘lganligi 
sababli, tadqiqotlar va biznes amaliyotlari raqamli 
(digital) 
texnologiyalar nima ekanligini va biznesni raqamlashtirish 
(digitalization) 
nima degan yagona tushunchaning vujudga 
kelmaganligi tabiiy xoldir.
Ba’zilar 
digital
va 
E-commerse
atamalarini ayniyatlashtirishadi, 
internetga bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar va bozorlar to‘g‘risida gapirishadi, 
boshqalar esa raqamli texnologiyalarni bulutli xizmatlar yoki 
Big Data
texnologiyalari bilan ishlash texnologiyalari deb qarashadi. Ammo 
bularning hammasi iqtisodiyot va biznesning o‘zgarishi kontekstida 
hodisaning mohiyatini ochib bermaydigan xususiy holatlardir. 
Raqamli texnologiyalarning biznesga nisbatan qo‘llanilganda 


22 
o‘ziga xos xususiyati biznes muammolarini birgalikda hal qilish uchun 
tashkilotning jismoniy va raqamli resurslarini birlashtirish hisoblanadi, 
bu yangi biznes modellarining shakllanishiga olib keladi, iste’molchilar 
uchun yangi qadriyatlarni yaratishga imkon beradi, raqobat 
strategiyalarini o‘zgartiradi va natijada biznesning raqobatdoshligini 
oshiradi. 
Shunga muvofiq, raqamli iqtisodiyotni ishlab chiqarish va iste’mol 
sohasidagi jismoniy va raqamli obyektlarning iqtisodiyot va jamiyatdagi 
integratsiyasiga asoslangan iqtisodiyot rivojlanishining yangi bosqichi 
sifatida ta’riflash mumkin. Ushbu integratsiya tarmoq aloqalarini, yuqori 
tezlikda ulanishni kengayishiga olib keladi. 
Yuroqida keltirilganlardan kelib chiqqan holda elektron tijoratni 
raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Elektron tijoratni 
rivojlanishi, sohalarga kirib borishi va undan samarali foydalanish 
raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladi. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish