1.3.O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlanish tendensiyalari
Jahonda elektron tijoratni rivojlanishi barcha davlatlarda bu sohani
rivojlanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida
iqtisodiy rivojlanishning muhim omili va biznes strategiyasining
ahamiyatli qismi bо‘lib elektron tijorat (e-commerce) va elektron biznes
(e-business)
hisoblanadi.
Biznesga
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning (AKT) kirib kelishi korxonalarning bevosita
iste’molchilar bilan aloqalarida о‘ziga xos inqilobni vujudga keltirdi.
Hozirgi davrning muhim masalasi, strategik pozitsiyalash, firmalar
tomonidan mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda axborot asri va yangi
iqtisodiy muhit sharoitida sodda, ishchan va hayotiy e-business
strategiyasi asosida, imkoniyatlardan samarali foydalanib eng yuqori
foydalilik darajasiga chiqish hisoblanadi. Shu о‘rinda e-commerce
kichik biznesga yirik biznes subyektlari bilan raqobatlasha olish
imkonini berishini alohida ta’kidlash kerak.
Uzoq vaqt davomida О‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish
texnologiyalari bir-biridan ayri holda rivojlanib bordi. Aloqa sohasi о‘z
23
xizmat turlarining foydalanilish belgisiga qarab sun’iy ravishda ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish shakllarga ajratilib qaraldi, butun
axborotni yaratish sohasi esa, aloqa sohasidan alohida holda shakllandi.
Shu tariqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi
takomillashuvi hamda kengayishi natijasida о‘tgan asrning 90-yillari
oxiriga kelib, ushbu sohalarda qо‘llaniladigan usullar va vositlarning
bog‘lanib ketish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayon “axborotlashtirish va
telekommunikatsiya konvergensiyasi” nomini oldi. Aloqa va axborot
texnologiyalarining uzviy qо‘shilishi butun dunyoda axborot-
kommunikatsiya nomini oldi. Biz ushbu tizimning о‘zidan maxsus
foydalangan holda, Internet orqali turli mamlakatlarning zamonaviy
ommaviy qomuslari darajasida ushbu tushunchaning ta’rifini topishga
urindik. Lekin, biz uni eng mashhur bо‘lgan va davriy ravishda
yangilanib turadigan 100 tomlik olmon “Oidep” qomusida ham,
Rossiyaning eng yangi “Кирил ва Мефодий” qomusida ham topa
olmadik. Vaholanki, ularning ikkovi ham zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan о‘z ma’lumotlarini, shu qatorda
audio va video ma’lumotlarni joylashtirishda keng foydalanadilar. Biz
ushbu tushunchani turli mamlakatlarning biz kо‘rishimiz mumkin
bо‘lgan boshqa qomuslarida ham uchratmadik. Bu tushunchani
uchratmaganligimiz uning umuman yо‘qligidan dalolat bermaydi, balki
uning yaqindagina yuzaga kelganidan, eng asosiysi, mazkur
yо‘nalishning rivojlanishi shunchalar shiddat bilan amalga
oshganligidan, hatto ilmiy tafakkur uni nazariy talqin qilishning yagona
yо‘nalishini hali ishlab chiqmaganligidan dalolat beradi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda keyingi yillarda adabiyotlarda
ushbu tushunchani talqin qilishga urinishlar paydo bо‘la boshladi.
Bizning nuqtai nazarimizda, axborot-kommunikatsiya talqinining eng
mos keladigani L.Reyman rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan
keltirilgan: “Axborot-kommunikatsiya - bu tashkilotlar va aholiga
axborot-kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlarni taqdim etishga
mо‘ljallangan
zamonaviy
axborot,
kompyuter
hamda
telekommunikatsiya texnologiyalarini, ularni rо‘yobga chiqaruvchi
tizimlari va vositalarini uzviy ravishda birlashtiruvchi majmuadir”.
24
Ushbu ta’rif “2010 yilgacha bо‘lgan davrda Rossiyada
axborotlashtirishni rivojlantirish” Federal dasturi konsepsiyasiga ham
kiritilgan.
Mamlakatimizda yangilanish davri talablaridan kelib chiqib,
birinchi prezident I.A.Karimov О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi “Bizning bosh
maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir” nomli ma’ruzasida aloqa bozorini
kelgusida rivojlantirish masalalariga alohida tо‘xtalib, quyidagilarni
ta’kidladilar: “Tele-radio industriya bozorini rivojlantirish, bu sohada
g‘oyalar va dasturlarning ijodiy raqobat muhitini vujudga keltirish
bо‘yicha aniq chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga
oshirish kerak. Zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini joriy
etishni jadallashtirish zarur. О‘ylaymanki, hozirgi axborot,
kommunikatsiya va kompyuter asrida, internet kundan-kunga
hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib
borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal
qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning
jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bо‘lib borayotgani haqida
gapirib о‘tirishga hojat yо‘q”.
Aloqa bozorini rivojlantirish barobarida iqtisodiyotning mazkur
bozorning ehtimolda tutilgan qatnashchilari hisoblanuvchi boshqa
sohalarini ham rivojlantirish zarurligidan dalolat beradi. Aks holda,
aloqa bozorining haddan tashqari ildamlab ketishi aloqa xizmatlariga
bо‘lgan talabning taklifga nisbatan orqada qolishiga, mazkur xizmatlarni
taklif qiluvchilar va iste’molchilarining iqtisodiy imkoniyatlarida tafovut
paydo bо‘lishiga, ular orasida debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori
asossiz oshib ketishiga olib keladi.
Aloqa sohasi butun iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega.
Raqobatbardosh, samarali va qiymati nuqtai nazaridan afzal bо‘lgan
aloqa tarmoqlari ishlab chiqarishning umumiy samaradorligini
oshirishga, ish о‘rinlarini kо‘paytirishga, eksport salmog‘i va soliq
tushumlari о‘sishiga, ya’ni iqtisodiy taraqqiyotni orqaga tortuvchi
monopol xizmat kо‘rsatishdan tubdan farq qiladigan ijobiy
25
tendensiyalarni shakllantirishga olib keladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kо‘rsatadiki, bularning
barchasi о‘z navbatida sohaning о‘zini yanada jadalroq rivojlantirishni
taqozo etadi. Chunonchi, bugungi kunda Rossiyaning 1% iqtisodiy
о‘sishini ta’minlash uchun aloqa sanoatining 3% о‘sishiga erishish zarur
bо‘ladi. Bu esa aloqa tarmoqlari nafaqat jamiyat taraqqiyotini va
mamlakat xavfsizligini ta’minlashning, balki mamlakat iqtisodiyoti
barqaror о‘sib borishining muhim omili bо‘lib qolishining asosiy
shartlaridan biridir.
O‘zbekistonda ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu
sohani rivojlantirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda
tadbirkorlikni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni
yanada takomillashtirish masalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Buning
misoli tariqasida davlatimiz rahbari tomonida tashkil etilgan va global
mashtabda xizmat ko‘rsatayotgan elektron tijorat platformalarini
shakllantirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lishdi.
O‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda,
dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan quyidagi tamoyillarga amal
qilishmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirishda korporativ sektor faol rol
o‘ynashi lozim; Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan
asoslanmagan turli cheklovlar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim;
• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha
subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish
maqsadida aralishishi mumkin;
• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda
davlat hokimiyati Inernetning o‘ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;
• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo‘linish va davlat
chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir
bo‘lishi lozim.
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyot
tizimida tobora o‘z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o‘z
navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon
26
bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo‘lishini ta’minlash
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan
holda elektron tijoratning asosini, ya’ni huquqiy bazasini
takomillashtirish bo‘yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
2004-yil 29-aprelda N613-II “Elektron tijorat” to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi qonuni, 2007-yil 30-noyabrda Vazirlar Mahkamasining
№21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog‘risidagi va 2007-yil 12-
iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo‘llashda to‘lov tizimini
takomillashtirish” tog‘risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari
Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “E-karmon”
loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy
qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |