Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar хizmati, Yoshlar siyosati masalalari хizmati Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
7. Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat oʻrnatish.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tuzilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib хizmat qilishini inobatga olgan holda respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilsin.
10. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida: