Geografiya fanlarining hozirgi tizimi va unda tabiiy geografiyaning o`rni. Toshpo’latova Nigora Raxmatilloyevna Buxoro viloyati Shofirkon tumani
25-umumta’lim maktabi geografiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali geografiya fanlarining hozirgi tizimi va
unda tabiiy geografiyaning o`rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: tabiiy va ijtimoiy fanlar, Sistemali o`rganish qiyosiy – geografik yondashuv, qadimgi geografiya.
Geografiya hozirgi tabiiy va ijtimoiy fanlar orasida asosiy mumtoz fanlardan biridir. Ko`p asrlar davomida geografiya Yerni o`rganadigan asosiy va yagona fan bo`ldi. Uzoq rivojlanish davomida geografiya jamiyat tomonidan unga qo`yilgan buyurtmalarni bajarib keldi.
U kishilik jamiyatining atrof muhiti to`g`risida ma`lumotlar berishi va va shu asosda kisxilarni tabiat bilan kurashishi uchun qurol bilan ta`minlashi lozim edi. Shu nuqtai nazardan qaralganda geografiyani atrof muhit to`g`risidagi fan sifatida belgilash mumkin. Geografiyaning ahamiyati uning rivojlanishining butun uzoq tarixi davomida muhim amaliy vazifalarni bajargan bo`lsada, uning tadqiqot ob`yekti mujmal va noaniq bo`lib qolaverdi. Atrof tabiiy (geografik) muhitning rangbarangligi tadqiqot uchun yangi mavzularni bergan holda geografiyaning o`rganish ob`yektini kengayishiga doimiy ravishda imkon berdi. Biroq, shunda ham geografiyaning ob`yekti hech qachon tugamadi. Geografik tadqiqotlarning predmetlari maxsus fanlarning ob`yektiga aylandi. Shunday qilib, asrlar davomida georafiyaning ko`rinishi yangi o`zaro aloqalarning ochilishi, jamiyatning rivojlanishi va uning evolyutsiyasining talablari tufayli to`xtovsiz o`zgardi. Ammo hozirgi paytda ham geografiyaning ob`yekti nima, umuman geografiyaning real tadqiqot o`byekti bormi, agar bo`lsa, uni qanday aniqlash va belgilash mumkin degan savollar dolzarb bo`lib qolmoqda.
Geografiya fanlari rivojlanish jarayonida uzoq vaqt davomida tabiiy fanlar jumlasiga mansub bo`lib keldi va fizika, biologiya va boshqa fanlar bilan birgalikda tabiat boyliklari va kuchlarini ulardan kisxilarning manfatlari uchun foydalanish maqsadlarida o`rgandi. Ammo geografiya tabiatni bilish va tasvirlashga kisxilarning hayotini ham qo`shib tasvirlab bordi.
Geografiyaning tadrijiy taraqqiyoti davomida uning nafaqat ob`yektiga, balki u o`rganadigan qonuniyatlarning sajiyasiga yondashuv ham o`zgardi. Barcha davrlarda va xalqlarda geograflar faoliyatining jabhasi – Yer yuzasi va undagi tabiiy va ishlab chiqarish jarayonlari bo`lgan. Ammo bu ob`yektni, tadqiqot vazifalarini, ob`yekt haqidagi tasavvurni o`rganishga yondashuv tubdan o`zgargan.
Tabiiy geografiya rivojlanishining keyingi bosqichida geografik tasvirlash mazmunining teranlashuvi bilan bir qatorda tabiiy jaraonlarni sistemali o`rganish ham boshlandi. Sistemali o`rganish qiyosiy – geografik yondashuv yo`li bilan ochilgan ymumiy qonuniyatlarni Yer bilimida, mahalliy qonuniyatlarni esa regional geografiyada chuqurroq bilib olish hamda ilmiy tushuntirish uchun zarur bo`ldi. Ammo Yer yuzasida kechadigan tabiiy jarayonlarni o`rganish bu jarayonlarning murakkabligi va xilma-xilligi tufayli metodlarni qo`llashni cheklash va ihtisoslashtirishni, yani tabiiy muhitni o`rganishga tabaqalashgan yondashuvni taqoza etdi. Tabiiy muhit uchun xos bo`lgan jarayonlarning keng majmuasida tadqiqotchilarning e`tibori alohida jarayonlarga yoki ylarning birikmalariga , ayniqsa ular orasidagi mujassan qloqalarga qaratildi. Buning natijasida tabiiy geografiyaning rivojlanish yo`li o`zining tuzilishining murakkablashuviga va uning bo`linmalarining chuqurroq ihtisoslashuviga sekin-asta yaqqol ifodalangan tendensiyani seza boshladi.Rivojlanishdagi bunday tendensiya esa tabiiy geografiyaning tabiiy geografik fanlar sistemasiga aylanishiga olib keldi.
Geografiya o`zining rivojlanishida boshqa barcha fanlardan farq qiladigan o`ziga xos juz’iyatlarga ega emas. Bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga tomon rivojlanishdir. Rivojlanish jarayonida ilgari yagona bo`lgan geografiya o`rganadigan qonuniyatlarning sajiyasiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan o`ziga xos juz’iy, ixtisoslashgan fanlarga tabaqalashadi. Bu fanlar “geografiya” umumiy nomi bilan atalib kelindi va ular Yer yuzasi tabiati rivojlanishining geografik qonuniyatlarini o`rgandi, tabiat qonunlarini tobora teranroq anglab yetisga harakat qildi.
Geografiya fanlari sistemasi hozirgi paytdagi rvojlanishining o`ziga xos juz’iyati shundaki, geografiyada differensisatsiya jarayonlari bilan bir qatorda XX asrning 60-yillaridan boshlab integratsiya jarayonlari ham kuchaydi va buning natijasida bilimlarning birlashgan (integrallashgan) sohalarining, ya`ni yangi oraliq fanlarning tarkib topishi sodir bo`ldi va bo`lmoqda.
Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, geografiya fanlarining tizimi qadimgi geografiyaning bo`linishi jarayonida tarkib topdi. Qadimiy geografiyadan ajralib chiqqan barcha fanlarning tarkib topishiga ko`ra, ularning tadqiqot predmetlari (ya`ni bir butun komplekslar va ularni tashkil etuvchi komponentlar) orasidagi ob`yektiv o`zaro aloqalardan kelib chiqadigan manfaatlarining umumiyligi, jamiyat va tabiiy muhit orasidagi o`zaro ta`sir sajiyasini belgilash va Yer yzasi tabiiy saloxiyatidan oqilona va samarali foydalanishga yordam berishdan iborat bo`lgan pirovard maqsadlarining umumiyligi geografiya fanlari tizimining ichki yaxlitligini ta`minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1 M.T.Mirakmalov, M.M.Avezov, E.Y.Nazaraliyeva. Tabiiy geografiyadan amaliy mashg ulotlar. T: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2015