Finlandiya
Maktab darslari fin yoki shved tillarida oʻtiladi. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. 1968-yil qonuniga binoan, yagona umumiy taʼlim tizimiga oʻtish 1980-yilda nihoyasiga yetkazildi. Majburiy taʼlim — 9 yillik. Majburiy maktab negizida 3 yillik katta oʻrta maktab tashkil etilgan. Davlat, munitsipal va xususiy hunar bilim yurtlari va maktablarida quyi xunartexnika taʼlimi, texnika, pedagog, tijorat institutlarida oʻrta maxsus taʼlim beriladi. 22 oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 11 universitet bor. Yiriklari: Helsinki universiteti (1640), Tamperedagi universitet, Turkudagi Shved universiteti (Abo Akademiya), Tampere, Xelsinki va Lappenranta shaharlaridagi texnika universitetlari. Oliy tijorat maktablari va boshqa mavjud. Bundan tashqari, bir qancha maxsus oliy oʻkuv yurtlari: Ya. Sibelius nomidagi musika akademiyasi, 4 ta chet tillar instituti va boshqa bor. F.da jami 400 ilmiy tadqiqot muassasasi va jamiyat boʻlib, shundan 40 tasi, jumladan, texnika tadqiqotlari markazi (1942), qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot markazi (1898), sellyulozaqogʻoz sanoati markaziy laboratoriya, oʻrmon genetikasi (1968) va oʻrmon muhofazasi (1972) ilmiy tadqiqot institutlari davlatga qarashli. Oliy oʻquv yurtlari huzurida 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituta va laboratoriya bor.
Yirik kutubxonalari: Helsinki universitetining kutubxonasi (1640), Helsinki shahar kutubxonasi (1860), Parlament kutubxonasi. Milliy muzey, shahar muzeyi, Helsinki universitetining zool. muzeyi, Botanika bogʻi, Turkuda tarix muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Ya. Sibelius muzeyi, Marianxaminda Kema qatnovi muzeyi va boshqa mavjud.
yil Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg, faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va boshqa yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-asr boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897-yildan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Milodiy 13—15-asrlarda toshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va boshqalar). 14—16-asrlarda toshdan, 17—18-asrlarda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-asr oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-asr boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo shahrining maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |