ROBOTLAR INQILOBI YAQINLASHMOQDA.
Yaqinda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII Respublika yarmarkasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Beruniy nomidagi Toshkent texnika universiteti va Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Robot-shou!” deb nomlangan qator tadbirlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar yarmarkaga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Robotlar Rubik-kubiklarini, yig‘ish, mahsulotlarni navlarga ajratish, suyuqlikni idishlarga quyish, quyosh batareyasini boshqarish, quvurlarni yotqizish, shunchaki vertikal, gorizontal yurish, yana kiberqo‘lqop, elektron USB mikroskopini va hatto paxta tarishni namayish etdilar. Jurnalimizda talabalar tomonidan namoyish etilgan «Robot-shou!” haqidagi maqola rus tilida chop etildi. “Qiziqarli fAKTlar” ruknida AKT sohasidagi ajoyib ma’lumotlarni yoritishda davom etib, navbatdagi sahifamizda jahon robototexnikasi olamidagi g‘aroyib yangiliklarni bayon etishga qaror qildik.
2020-yilda robototexnika global bozori 10,11 foizga o‘sadi
Allied Market Research tomonidan «Global robototexnika bozori, sanoat tahlili, odimlar, imkoniyatlar, 2013–2020 yillar uchun o‘sish va prognoz ko‘rsatkichlari» sarlavhasi ostida taqdim etilgan yangi ma’ruzaga muvofiq, 2014–2020 yillar mobaynida qayd etiladigan o‘rtacha o‘sish sur’atlariga asosan jahon robototexnikasi bozori (CAGR) 2020-yilda $82.7 mlrd. (10,11%) gacha o‘sishi kutilmoqda.
Zavoddan uyimizgacha
Kundalik hayotimizning har bir sohasini avtomatlashtirishga ehtiyoj o‘sib borayotganligining sababi robototexnikaning o‘sish ko‘rsatkichlariga asoslanmoqda. Ish kuchi bahosining ortib borishi sababli ko‘plab korxona va tashkilotlar robotlardan foydanish ish jarayonlarini avtomatlashtirilishini taqozo etmoqda. SME (kichik va turli biz-nes korxonalari) tomonidan robotlarni qabul qilishning ortib borishi bozorga ta’sir etmoqda. Ilgari robotlardan cheklangan tartibda faqat ishlab chiqarishda foydalanganlar. Endilikda uylarimiz, ofislar, kasalxonalar va boshqa xizmatlarda ham joriy etilmoqda. APAC (Osiyo-Tinch okeani) mintaqasida mazkur bozorda CAGR’ning o‘sish ko‘rsatkichi 8,71 foizni tashkil etmoqda. Mintaqa bozorining asosiy daromadi avtomatlashtirilgan uskunalarga ega ko‘p sonli kompaniyalar bilan mukammalashtirilgan.
Smartfon kabi smart-texnologiyalarning o‘sish ko‘rsatkichi mazkur bozorning rivojlanishi bilan bog‘liq. Robotlardan foydalanish darajasining o‘sishi ish kuchi narxining va mehnat sifatiga talabning o‘sishi sababli ham sodir bo‘ldi. Ommaviy va xususiy tashkilotlarning kelgusi rivojlanishi va uning tadqiq etilishi robototexnika sohasida yangi texnologiya hamda ilovalarga katta sarmoyali investitsiyalar amalga oshirildi. Standardized Procedures for the Advancement of Robotic Combat (SPARC) kabi qator xalqaro tashkilotlar va Robototexnika bo‘yicha xalqaro federatsiya (IFR) robototexnikani qo‘llab-quvvatlay boshladilar hamda o‘sish sur’atini ilgari surilishiga sabab bo‘ldilar. Bozorning asosiy yetakchilari kun sayin o‘sib borayotgan mijozlar talablarini qondirish uchun arzon, qulay, ixcham hamda energiya sarfini samarali tejovchi yechimlarni taqdim etmoqdalar.
Robotlarni keng doirada sanoat tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mudofaa va xavfsizlik, avtomobilsozlik sanoati, elektronika hamda oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishida qabul qilinishi mazkur bozorning yanada o‘sish sur’atlarini tezlashtirdi. Robotlar avtonom ishlashi sababli yanada sifatli mahsulot ishlab chiqarish va samarali xizmat ko‘rsatishda afzalliklarga ega bo‘lib, moddiy va jismoniy zarar yetishi darajasining kamayishini ta’minlaydilar. Ular foydalanish sarf-xarajatlarining kamayishiga yordam beradilar va shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmining osishini ta’minlaydilar. Robototexnikadan keng foydalanish yaqin kelajakda bozorning o‘sishini rag‘batlantiradi. Robotlar turli ilovalarda, jumladan, masofaviy jarrohlik, jismoniy va ruhiy terapiyada davolanish, turli harbiy va mudofaa sohalarida, xavfli vaziyatlarda odamlarni qutqarishda, kosmos, havo kemalarini tayyorlash, maishiy elektron uskunalarni ishlab chiqarish sohalarida ham qo‘llaniladi. 2013-yilda avtomobilsozlik sanoatida asosiy daromad ulushi 39,04 foizni tashkil etgandi. Elektronikadan foydalanish keyingi o‘rinni egallagan.
2013-yilda sanoat robotlari robototexnika bozorida 66,10% ulushga ega bo‘lgandi. Ulardan keyin servis robotlari o‘rin egallagan. Mazkur qurilmalar sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish va infrastrukturada foydalaniladi. Yaqin yillar mobaynida servis robototexnikasi va mobil robotlarning bozorga kirib kelish darajasi tez sur’atlarda o‘sadi. Shunday bo‘lsada, qator yechimini topmagan masalalar boshlang‘ich bahosining yuqoriligi, kompleks texnologiyalar, xavfsizlik va axloqiy muammolari robotlardan foydalanishda mazkur bozor o‘sish ko‘rsatkichlarini cheklaydi.
SME hozircha bozor tomonidan o‘zlashtirilmagan. Boshlang‘ich investitsiyalarning yuqoriligi sababli kichik va boshqa turli tadbirkorlik korxonalari robototexnikani qabul qilib olmayapti. Hozirgi vaqtda turli biznes sohalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan, asosan arzon, ixcham, individual va energiya sarfida samarali yechimga ega robototexnikalar ishlab chiqilmoqda. Kasaba uyushmalari robototexnikalardan foydalanishga qarshi chiqmoqdalar, sababi robot bilan ish o‘rinlari kamayib bormoqda. Shunday bo‘lsada, Xalqaro robototexnika federatsiyasiga muvofiq sanoat robototexnikasi ish o‘rinlarining kamayishiga sabab bo‘lmaydi. IFR loyihasiga ko‘ra, 2021-yilda 1,9dan to 3,5 mln.gacha ish o‘rinlari yaratiladi.
Tadqiqotning asosiy xulosalari:
Barcha sohalarda avtomatlashtirishga talab va ish kuchi xarajatlarining o‘sib borishi evaziga robototexnikaning global bozori muntazam o‘sib bormoqda.
2013-yilda bozorda avtomobilsozlik sektori 39,04 foizni tashkil etdi. 2013–2020 yillar mobaynida sanoatning boshqa sohalari, sog‘liqni saqlash, mudofaa, xavfsizlik va aerokosmik sohalari tez sur’atlarda o‘smoqda;
kutilayotgan servis robototexnikasi va mobil robotlari texnologik yutuqlar tufayli sanoatning turli sohalari uchun mo‘ljallab yaratilishi yuqori darajada o‘sishga sabab bo‘ladi.
Robototexnika global bozorida jiddiy raqobat mavjud. Jahon bozorida yetakchilik qilayotgan ABB Group, Fanuc Corporation, iRobot, Kawasaki Heavy Industries va KUKA AG muntazam ravishda, bozorga takliflarni oshirish maqsadida yangi mahsulotlarni chiqarmoqda. Bozordagi hamkorlik va xarid talablarining o‘sishi mazkur yetkazib be-ruvchilarga o‘z bozorlari doirasini iqtisodiy rivojlanib borayotgan mamlakatlar bo‘ylab, geografik jihatdan kengaytirish imkonini bermoqda.
Robotlarning tezkor taraqqiyoti yaqinlashmoqda
Mazkur g‘oya xususiy sektorning turli sohasidagi zamonaviy texnologiyalarga zarurati sababli yuzaga keladi, deya ta’kidlanadi, o‘zida 200 yaponiya kompaniyasini, jumladan, Toyota, Honda va Panasonicni jamlagan «Robotlar inqilobi tashabbusi» (Robot Revolution Initiative).
Robotlar ta’limda, qishloq xo‘jaligi, qurilish, sog‘liqni saqlash va sanoatning boshqa sohalari, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarga katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
Sindzo Abe (Shinzo Abe) eng oldinda bormoqda. Mamlakat bosh vaziri «Robotlar inqilobi tashabbusi»ning birinchi majlisida so‘zga chiqib, butun olamga robotlar inqilobi yaqinligini va Yaponiya eng birinchi bo‘lib, unda ishtirok etishini e’lon qildi. Bunda hech bir salbiy jihat mavjud emas, Abening o‘zi robotlar iqtisodiyotni ilgari suruvchi kalit ekanligiga ishonadi.
Mazkur g‘oya 2020-yilda o‘z samarasini ko‘rsatishi kutilmoqda. Bu vaqtgacha mamlakat robotlar bozorini $5 mlrd.dan to $20 mlrd.gacha o‘stirishni mo‘ljallagan. Abe Yaponiya iqtisodiyotini ilgari surish maqsadida, mamlakatda o‘tgan yili dastlabki robotlar Olimpiada o‘yinlarini tashkil etgandi. Yaponiya eng robotlashgan millat hisoblanadi, bu fikrning ajablanadigan joyi yo‘q. 1950-yildan boshlab ilg‘or texnologiyali zamonaviy mashinalarga bo‘lgan muhabbat butun mamlakat aholisini qamrab oldi va yaponlar ruhiyatidan mustahkam o‘rin oldi. Bu nafaqat changyutkich, balki barcha yangi maishiy qurilmalar edi. Robotlar ishchi-xodimlarga hamkor sifatida ishlab chiqarila boshlandi.
2007-yilda so‘rov o‘tkazilgan IO9 sayti ma’lumotlariga muvofiq, mamlakat aholisi a’zosi bo‘lgan 20dan 30 yoshgacha 40 foiz ayol o‘z kompyuteri bilan so‘zlashadi. Yana 10 foizi ularga nom bergan. Aholi allaqachon uy hayvoni sifatidagi robotlarni juda yoqtiradi, Avstraliya tadqiqotchilaridan biri yaqin 10–15 yil mobaynida uy hayvoni sifatidagi robotlari haqiqiylarining o‘rnini bosishi mumkinligini e’lon qilgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, texnologiyalar rivoji yaponiyaliklar uchun robotlar inqilobi haqida gapirish imkonini beradi.
Google joriy yil haydovchisiz, shaxsiy avtomobillarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan
Google kompaniyasi 2010-yildan boshlab, avtonom transport vositalari ustida ishlamoqda, avtonom boshqaruv loyihasining boshidanoq uning floti deyarli 1,6 mln. km.ga yetdi. Biroq hozirga qadar uning prototiplari faqat sinov yo‘llarida harakatlanayotgan edi.
Avtomobil-robotlar omma e’tirofini qozonmoqda
Joriy yil yoz faslida avtomobillar Google bazasidagi Mauntin-Vyu, Kaliforniya shtatida harakatlana boshlaydi. Xavfsizlik maqsadida mashina boshqaruvini nazorat qilish uchun har bir transport vositasida haydovchi ham bo‘ladi. Transport vositasi 40 km/soat tezlik bilan cheklangan.
«Transport vositalari bilan ishlashga jiddiy yondashib, ularni maxsus sinov maydonlarida testdan puxta o‘tkaz-moqdamiz. Yangi avtomobillar dasturiy ta’minot va datchiklari zarur talablarga muvofiq ishlamoqda, — deydi loyiha direktori Kris Urmson. — Yangi prototiplar avtonom boshqariluvchi Lexus RX 450h flot avtomobillarida foydalaniladigan mavjud dasturiy ta’minot asosida ishlaydi».
Ishlanmaga qo‘shimcha sifatida ta’kidlash zarurki, avtonom avtomobillar haqiqiy hayotda yaxshi ishlashini ko‘rsatdi, deydi Urmson. Google odamlar tomonidan avtomobil-robotlar qanday qabul qilinishini o‘rganishni rejalashtirgan.
Hansen Sensei X2 — yangi jarroh robot
Hansen Medical, Inc. tomirlar uchun ichki robototexnikasi sohasida jahonda yetakchi bo‘lib, joriy yil 13–15 may kunlari Massachusets shtati Boston shahrida o‘tkazilgan Heart Rhythm (HRS) jamiyatining majlisida o‘zining yangi robotlashgan tizimi — Sensei X2ni e’lon qildi va uning taqdimotini namoyish etdi, — xabar beradi Robotics.ua.
Hansen Sensei X2 robotlashgan tizimini taqdim etadi, tizimning texnik xususiyatlari tasvirning kengaytirilgan integratsiyasi va nozik dizayni tezda qayta ishlashni ta’minlashini amalga oshira oladi. Sensei robotlashgan tizim o‘zida 3D-nazorat kateteri va 3D-vizualizatsiyaning yuqori darajasini muvofiqlashtirgan. Mazkur noyob zamonaviy texnologiyalar 14 000dan ortiq bemorlarda qo‘llanilgan va kateterga navigatsiyani ta’minlaydigan robot-manipulyator orqali boshqariladi. Tizimning o‘zi, kateter va aksessuarlari manipulyatsiya, boshqarish, Hansen Medical asbobi yordamida elektr-fiziologik karta va tizim yozuvlari ma’lumotlarini jamlashga asosan kateterdan foydalanishni yengillatishga mo‘ljallangan. Kateterlar 1 mm. aniqlikni ta’minlaydi. Kateter harakat diapazoni — bir soniyada 1 mm.dan 10 mm.gachani ta’minlaydi.
Sensei robotlashgan tizimi turli konferensiyalardagi ma’ruzalarda ham namoyish etildi. Germaniya Tyubingen universiteti tibbiyot fanlari doktori, Juergen Schreieck yangi robotlashgan tizim bo‘yicha xulosalarini o‘z tadqiqotlari orqali bayon etdi.
«Yilning eng katta konferensiyasi HRS’da taqdim etilgan Sensei tizimiga oid yangi ma’lumotlar bilan tanishishdan xursandmiz, — dedi KeriVens (Cary Vance), Hansen Medical prezidenti va bosh ijrochi direktori. — Mazkur tadqiqot Sensei nazorat tizimini noyob muvofiqlashtirish xususiyatini namoyish etdi».
Xitoy korxonalari 90 foiz ish o‘rnini robotlarga ajratishni rejalashtirgan
Xitoy kompaniyalaridan biri mamlakatning janubiy qismidagi ishlab chiqarish markazi Dunguanda robotlarni yig‘ish bo‘yicha o‘zining birinchi zavodini qura boshladi, — xabar qiladi Robotics.ua.
Dastlabki 1000 robotdan mobil telefoni uchun jamlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi Shenzhen Evenwin Precision Technology Co. zavodida foydalaniladi.
«Sanoat robotlaridan foydalanish kompaniyadagi ish o‘rnini 90 foizga qisqartirish imkonini beradi, — deydi, kompaniya boshqaruvi raisi, Chen Xingqi. — Yaqinda barcha 1000 dona sanoat robotlarining foydalanishga kiritilishi amalga oshiriladi, faqat dasturchi va boshqaruv xizmati xodimlaridan 200dan kam sonli ishchi-xodimlargina ish o‘rnini saqlab qoladi».
Buning evaziga Shenzhen Evenwin Precision Technology zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga $ 322 mln.ni tashkil etishi mumkin. Loyihaga qancha mablag‘ kiritilganligi ma’lum qilinmagan.
Kichik provinsiyaning katta muammolari
Xitoy janubidagi shahar va sanoat markazi bo‘lgan — marvarid daryosi qirg‘og‘idagi ko‘pchilik «jahon ustaxonasi» deb nomlaydigan maskanda zavodlar soni ortib bormoqda, ularda inson ish o‘rnini egallaydigan robotlardan foydalana boshladilar. Bugungi kunda ularda rivojlanishning yangi strategiyalarini izlash, ommaviy avtomatlashtirish masalalari hal etilmoqda.
Zavodlarda ishlashni xohlamaydiganlar evaziga ba’zan ish kuchi yetishmaydi. Guandun provinsiyasi inson resurslari va ijtimoiy ta’minot departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy sanoat korxonalariga 600 000–800 000 ish kuchi yetishmaydi.
Ma’lumki, Xitoyda mehnat kundan-kun arzonlashib bormoqda edi. Xitoy ish kuchi arzonligi hisobiga allaqachon xorijiy kompaniyalarni o‘ziga jalb etuvchi mamlakatga aylangandi, biroq mamlakatda, hozirgi vaqtga kelib, bu borada ham o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Robotics.ua ma’lumotlariga muvofiq, Xitoydagi fabrika ishchisining o‘rtacha maoshi oyiga $ 500, Tailandda esa 350 AQSH dollarini tashkil etadi, Kambodjada faqat $ 75 ish haqi olishga muyassar bo‘ladilar.
Hukumat va Guandun korxonalari tomonidan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan. Provinsiya sanoat ishlab chiqarish sohalarini robotlashtirish uchun taxminan $ 154 mlrd. mablag‘ni investitsiya qilishni rejalashtirgan. Guandun provinsiyasi poytaxti Guanchjouda 2020-yilgacha 80 foiz o‘z mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni rejalashtirgan. 2016-yilgacha 1500ta sanoat korxonalarini robotlashtirish amalga oshiriladi.
Joriy yil sentabr oyida Provinsiya iqtisodiyot va axborot texnologiyalari byurosining qaroriga muvofiq Dunguan atrofidagi kamida 505ta zavodda 4,2 mlrd. yuanlik robotlar 300 00 ishchi o‘rnini egallaydi.
Xalqaro robototexnika federatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yilda Xitoyda 36 560ta sanoat (jahon miqyosida 20 foiz) robotlari sotilgan. 2017-yilda Xitoyda boshqa mamlakatlarga nisbatan sanoat robotlari ko‘pdir. Bugungi kunda robotlarning ishchi-xodimlarga nisbati juda oz, taxminan 30 robotga 10 000 xodimni tashkil etadi. Janubiy Koreyada bu nisbat 396ga 10 000ni tashkil etadi, Yaponiyada esa — 332dan iborat.
Yuz uchun markerlar yuzdagi hissiyot belgilarini o‘qishga yordam beradi
Agar kundalik hayotda robotlar inson bilan o‘zaro hamkorlik qilishi zarur bo‘lsa, odam yuzida qanday emotsiyalar ifodalanishini bilishi zarur. Buning uchun ayrimlar kompyuter tizimidan foydalansa, koreys olimlari inson hissiyotini aniq ifoda etadigan texnologiyalarni ishlab chiqdilar. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga qaraganda (Sungkyunkwan universitetidan Nae-EungLee rahbarligida), inson hissiyoti, imo-ishoralarini ko‘rib, o‘qishga asoslangan tizim murakkab va qimmatbaho bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsada, u foydalanuvchining jilmayishi yoki qovog‘ini solishini sezishi mumkin, biroq ko‘zlarning nozik nazar tashlashini o‘qiy olmaydi.
Innovatsion datchiklar
Dasturchilar jamoasi innovatsion datchiklar uchun yupqa, shaffof, egiluvchan materiallardan foydalandi, ular foydalanuvchining yuzidagi muhim nuqtalarda foydalanildi. Uglerod nanonaychalari qatlamidan tarkib topgan, elektrik simlar orasida joylashgan elastomer va kompozit plyonkalarga ega datchiklar yuzdagi eng nozik harakatlar sababli kelib chiqadigan mexanik yuklamalarga juda sezgir.
Testdan o‘tkazishda robot nafaqat inson ko‘z qarashi yo‘nalishini, balki agar odam kulsa, yig‘lasa, mazkur holatlarga ham o‘z sezgirligini muvaffaqiyat bilan namoyon etdi.
Mazkur robototexnika sohasida arzon pezorezistiv datchiklardan foydalanishning afzalligini hisobga olib, olimlar ulardan sog‘liqni saqlash sohasida ham foydalanish mumkinligini ta’kidlamoqdalar, ya’ni bemorlarning yurak urishi, nafas olishi yoki boshqa funksiyalarni nazorat qilishi mumkin.
DORA telemavjudlik roboti Oculus Rift bilan juftlikda ishlaydi
Masofaviy mavjud bo‘ladigan robotlar nomidanoq ko‘rinib turibdiki, olisdan turib, dubler sifatida ishlaydi va robot-surrogat orqali harakatlanish, ko‘rish va eshitish imkonini taqdim etadi. Kosmik agentlik, olimlar va harbiylar yuqori sifatli telemavjudlik roboti tizimini yaratdilar, ular qiziqarli tajribalarni taqdim etdilar, biroq mazkur qurilmalar millionlab dollar bahoga ega. Iste’molchilik telemavjudlik robotlari (Double yoki Beam kabi) ancha arzon turadi, biroq to‘liq mavjudlik hissini yarata olmaydi.
Pensilvaniya universiteti robototexniklari jamoasi arzon datchiklardan, ijrochi mexanizmlar hamda Oculus Rift virtual reallik texnologiyasidan foydalanib, arzon narxda telemavjudlik tizimi imkoniyatini taqdim etuvchi robot platformasini qurdilar. DORA (Dexterous Observational Roving Automaton) robot orqali boshning aniq harakatini kuzatishga asosan olti erkin bosqich bilan, mazkur harakatlarni haqiqiy hayotda harakat qiladigan haqiqiy robotda dubllashtirib beradi.
G‘aroyib virtual olam
Oculus Rift kabi virtual reallik tizimidan foydalanganingizda kompyuter ichida siz uchun vizualizatsiyalashadigan virtual olamga nazar tashlaysiz. Tizim datchiklari bosh harakatingizni haqiqiy vaqtda kuzatib turadi, dasturiy ta’minot ma’lumotlarni soniyasida ko‘rib turgan tasvirlaringizga nisbatan ko‘proq kadrlar chastotasi bilan yangilaydi. Barchasi ishga tushishi bilan aks etadigan samara juda ajoyib bo‘ladi.
Biroq tizimning barcha qismlari benuqson va bir vaqtda ishlamasa, tizim ko‘ngildagidek kutilgan natijani bermasligi mumkin. Bu «yuklanishni» buzishi, hatto — og‘ir kasallikka olib kelishi mumkin. Gap ko‘z, miya, ichki quloq pardasi va boshqa tana a’zolarida yuzaga keladigan muammolar haqida ketmoqda, sababi tashqi olamni aynan shu a’zolar orqali qabul qilamiz, qaysidir a’zo o‘z vazifasini bajara olmasa, an’anaviy hayot ko‘zimizga butkul o‘zgacha ko‘rinadi.
Demak, telemavjudlik juda murakkab holat: shuning uchun ham robot juda mukammal bo‘lishi shart. Bosh harakatingizga muvofiq manzarani namoyish etadigan, sizning asosiy harakatlaringiz imo-ishoralaringizga ko‘ra video uzatadigan va namoyish etadigan telemavjudlik robotini yaratish qiyin emas, biroq miyangiz aldanib, yolg‘on manzaralarni idrok eta boshlaydi. Tizimga yuklama sifatida murakkabroq nimalardir zarur va bunga DORA tizimi erishishi shart.
Tizim haqida batafsil
«DORA eng avvalo, insonning eshitishi va ko‘rishini rag‘batlantirish yo‘li bilan o‘zlashtirish visseral tajribasiga asoslangan bo‘lib, boshqa odamlar bilan ijtimoiy o‘zaro munosabatlar, xususan, mazkur o‘zaro munosabatlarning asosiy mazmuni va o‘zaro ta’sirli nozik jihatlaridan kelib chiqadi. Ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlariga asosan o‘z mohiyatiga ko‘ra, DORA platformasi borliq-muhitida joylashish, bunday mavjudlik atrof-olamdagi odamlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi kabi masalalarni tadqiq etadi».
Keling, DORA qanday ishlashini ko‘rib chiqaylik. Oculus garniturasi yo‘nalishni (IMU orqali), vaziyatni (infraqizil mayoq yordamida) kuzatadi. Pozitsion ma’lumotlar simsiz Arduinos tarmog‘i orqali uzatiladi va mikrokontroller IntelEdisonni ishga tushiradi, u harakat va atrof-muhitdan ta’sirlanadi.
DORA kameralari har bir video oqimini Oculusga nisbatan kamroq 976 x 582, ya’ni bir soniyada 30 kadr chastotasi bilan uzatib, qayta ishlay oladi. Bu hozircha cheklangan ma’lumot, biroq tadqiqotchilar kameralarni yangilasalar, tizimda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.
VR tizimi yordamida, Oculus kabi datchiklar mazkur ma’lumotlarni kompyuterga jo‘natish uchun boshingizni teskari o‘girganligingizdan ta’sirlanishi zarur. Kompyuteringiz qarashlaringiz qay darajada o‘zgarganligini hisobga olishi, shunda keyingi animatsiyalar kadrini ko‘rsatib, garnitura ekranida mazkur tasvir aks etishi shart.
Hozirgi vaqtda DORA taxminan 7 kilometr diapazonida ko‘rinadigan yo‘nalishda radiokanal bo‘yicha ishlaydi. Biroq agar masofa kattalashsa, tizim Wi-Fi yoki 4G aloqaga o‘tadi.
DORA dasturchilari bo‘lgan (John C. Nappo, Daleroy Sibanda, Emre Tanrgan, and Pete rA. Zachares) robototexnika sohasi professori Vidjay Kumar rahbarligidagi UPenn jamoasi tizimni 50 ixtiyoriy shaxslar bilan sinovdan o‘tkazdilar, ulardan faqat uch nafarigina biroz ko‘ngli behuzur bo‘lganini bildirddi, bu esa Oculus texnologiyasida ishlashda oddiy holat hisoblanadi.
Emre virtual yuklama tajribasini quyidagicha tushuntiradi:
«Siz o‘zingizni haqiqiy olamning qayeridadir, modellashtirilmagan muhitda ko‘chib yurgandek his etasiz. Haqiqatda siz bilan aloqador odamlarni ko‘rgan tajribangiz asosida virtual muhitda ham ko‘rishingiz mumkin. Haqiqiy vaqt rejimida VR uchun foydalanilayotgan kompyuter grafikasi yaqin vaqt orsida bizning olamimiz borlig‘idan oshib o‘tishi mumkin, biroq yana bir asosiy farqi shundaki, ularning barchasi tok kuchlanishiga bog‘liq. Oldindan bilish mumkin bo‘lgan, uzilish xavfini yuzaga keltiradigan tizim va boshqa omillar ham mavjud bo‘ladi».
Robotics.ua ma’lumotlariga muvofiq, jamoa o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun hozircha hech qanday aniq rejaga ega emas. Dastlabki bozor yarim-tuzilmaviy muhitda, muzey kabi nisbiy nazorat muhitini jamlab, keyin esa avariyaviy-qutqaruv xizmatlari mutaxassislari uchun ilovalar taqdim etishi mumkin. Oxirgi natijada DORA’ni iste’molchilar o‘yin o‘ynashlari uchun chiqariladi.
Turli kompaniyalar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun masofadan muzeylarga tashrif buyurishi uchun telemavjud bo‘lgan robotlarni testdan o‘tkazmoqdalar. DORA bilan shunday tajribani o‘tkazib, o‘zingizni go‘yo haqiqatda o‘sha joylardagidek his etishingiz mumkin. Buning imkoni bor, real olamda (hozircha) amalga oshirolmaydigan voqelikni DORA tizimi taqdim etishni rejalashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |