Ikkinchi masala yuzasidanMMIBDO' D.Aminov so'zga chiqib soz olib, darsdan keyingi vaqtlarda ota-onalar farzandlarini qarovsiz qolishini oldini olish, o`quvchi yoshlar o`rtasida pirotexnika vositalarini tarqalishini oldini olish, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish, o‘quvchilar o‘rtasida qarovsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida gapirib o`tdi. Keyingi paytda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik, Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. Notinch oilalar va farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ota-onalarni aniqlash, bunday oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish hamda bu toifa shaxslarga jamoat ta’sir choralarini qo‘llab borish. Bunda fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan yarashtirish komissiyasi rolini yanada kuchaytirish, mahalla faollarini, ibratli oila vakillarini, tajribali pedagoglarni, mehnat jamoasi vakillarini jalb etish orqali profilaktik ogohlantiruv ishlari samaradorligini oshirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Yig`ilishda otaonalarso`z olib berilgan malumot va tavsiyalar uchun minnaddorchilik bildirib barcha ota-onalarni yana bir bor hushyorlik va ogohlikka chaqirdi. O`z farzandlariga e’tiborli bo`lishlari, ularni doimiy nazoraga olishlari kerakligini aytib o`tdi.
Yig`ilish qaror qiladi:
1.Kun tartibiga kiritgan masalalar Maktab direktori M.Xudayberdiyev MMIBDO’ D.Aminov ,kutubxona mudirasi Sh.Sotvoldiyeva ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Ota-onalarga:
2022-yil 10-sentabrga qadar "Ijtimoiy himoya reestri"ga murojaat qilib,oilaviy sharoiti mezonga mos oilalar ro‘yxardan o‘tishi va bepul darslik olish imtiyoziga ega bo‘loshi;
Darslarga muntazam qatnashishlarini ta’minlash,sababsiz dars qoldirishlariga yo`l qo`ymaslik;
Farzandlarini tungi vaqtlarda qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslik;
2.Jinoyatchilik va xuquqbuzarlikni sodir etishlarini oldini olishda Oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi kuchaytirilsin
3. Ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat qilish maktab direktorizimmasiga yukltilsin.
Maktab direktori: M.Xudayberdiyev
Kotib: D.Aminov
41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ota –onalar o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan lavha
Do'stlaringiz bilan baham: |