Toshknt moliya instituti



Download 72,66 Kb.
bet6/13
Sana30.12.2021
Hajmi72,66 Kb.
#195957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bank ishi kurs ishi

Kafolatlangan (ta’minlangan) va kafolatlanmagan (ta’minlanmagan) qarzlar ajratiladi. Birinchi turdagi qarz garov (ko’chmas mulk, akstiyalar paketi, avtomobillar va boshq.) evaziga beriladi. Ikkinchisi, odatda, to’lovga layoqatli ekanligiga to’liq ishonch hosil qilingan yirik, ishonchli korxonalarga beriladi, yoxud baland bank foizi (risk uchun to’lovni o’z ichiga olgan holda) bilan beriladi.

Banklar tomonidan beriladigan qarzlarning yana bir tasnifini keltiramiz:



  1. Savdo-sanoat qarzlari: mustaqil xo’jalik birliklariga (xodimlariga), odatda, joriy sarf-xarajatlarni amalga oshirish uchun beriladi (asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo’ladi).

  2. Ko’chmas mulkni garovga qo’yish evaziga beriladigan qarzlar (ipoteka krediti): qurilish ishlari yoki binolar sotib olish uchun, odatda, uzoq muddatga beriladi. Ko’p hollarda ipoteka bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan beriladigan qarzni ifodalaydi, ya’ni qarz oldindan belgilangan grafikka muvofiq qismlarga bo’lib to’lanadi.

  3. Xususiy shaxslarga beriladigan qarzlar. Bu, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari (avtomobillar, maishiy apparatura va boshq.) sotib olish uchun iste’molchilarga beriladigan kreditdir. Bundan tashqari, banklar ba’zida o’zlarining doimiy mijozlariga unchalik katta bo’lmagan kreditlar beradilar.

  4. Davlat hokimiyati organlariga beriladigan qarzlar.

  5. Qimmatli qog’ozlar evaziga beriladigan qarzlar: brokerlar va dilerlar tomonidan qimmatli qog’ozlarga ega bo’lish uchun beriladi.

  6. Bank bo’lmagan moliyaviy muassasalarga beriladigan qarzlar.

  7. Qishloq xo’jalik qarzlari: mavsumiy xarajatlarni qoplash uchun hamda uzoq muddatli investistiyalar uchun beriladi.

  8. Lizing bo’yicha qarz.

Tijorat banklarining asosiy passiv operastiyasi — aholining va korxonalarning omonatlarini jalb qilish va hisoblar (depozitlar) ochish. Quyidagi eng ko’p tarqalgan depozit turlarini ajratish mumkin:

  1. So’rovgacha bo’lgan (istalgan vaqtda talab qilib olinadigan) chek omonatlari: depozit egasi xarid qilganda chek bilan hisob-kitob qilishi mumkin.

  2. Jamg’arma omonatlar (so’rovgacha bo’lgan cheksiz depozitlar): depozit egasi istagan vaqtida uni pulga aylantirib olishi mumkin.

  3. Muddatli depozitlar: oldindan kelishilgan muddatdan so’ng qaytariladi; depozit egasi omonatini bu muddatgacha ham olishi mumkin, lekin bu ma’lum moliyaviy yo’qotishlar (jarima) bilan bog’liq. Yirik muddatli omonatlarga bank odatda fond bozorida sotish mumkin bo’lgan depozit sertifikati beradi.

  4. Shaxsiy nafaqa hisoblari: faqat nafaqa yoshiga etgandagina beriladi; muddatidan oldin iz’yatie da mijozga jarima solinadi. Nafaqa hisoblari odatda soliq imtiyozlariga ega bo’ladi va shuning uchun omonatning anchagina afzal shakli hisoblanadi.

Depozitlarni kengaytirishning bir qancha usullari mavjud:

  1. Boshqa bir bankning cheki ko’rinishidagi depozitlarni qabul qilish. Chek Markaziy bankka jo’natiladi, u esa chek beruvchi bankning ko’rsatilgan miqdordagi rezervlarini chekni qabul qiluvchi bankka o’tkazadi.

  2. Naqd pul ko’rinishidagi depozitlarni qabul qilish.

  3. Qarzlar berish. Mijoz bankdan kredit olganda, unga depozit ochiladi va depozit mablag’i uning tasarrufida bo’ladi. Qarzning hajmi ortiqcha rezervlar miqdoridan oshishi mumkin emas.

  4. Ochiq bozorda operastiyalar olib borish yo’li bilan depozitlarni kengaytirish. Qimmatli qog’ozlar savdosi rezervlarni ko’paytirish va, mos ravishda, yangi depozitlar ochish imkonini beradi.

Qo’shimcha ravishda banklar depozit sertifikatlarini, veksellar va obligastiyalarni sotish, boshqa tijorat banklaridan ortiqcha rezervlarni sotib olish, Markaziy bankdan (bank hisob stavkasi bo’yicha) qarz olish yo’li bilan pul mablag’larini jalb qilishlari mumkin.


Download 72,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish