Toshknt moliya instituti



Download 72,66 Kb.
bet5/13
Sana30.12.2021
Hajmi72,66 Kb.
#195957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bank ishi kurs ishi

Bank resurslari bankning xususiy kapitali va omonatlarni o’z ichiga oladi. Xususiy kapital nizom fondi, bankning zahiraviy va boshqa fondlari, taqsimlanmagan foydalar va ulushchilarning (paychilarning) qo’shimcha badallaridan tashkil topadi.

Bank ishi tamoyillarini o’rganishning asosiy vositasi uning balans hisobotidir. Balans hisoboti — bu, bir tomondan, aktivlar (kredit) hamda, ikkinchi tomondan, passivlar (debet) va xususiy kapital o’rtasidagi muvozanatni ko’rsatuvchi bank ishlarining holati to’g’risidagi buxgalterlik axborotining muayyan tartibi. Aktivlarga u yoki bu shaxs yoki firmaga (ushbu holatda – bankka) tegishli bo’lgan kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlar, ssudalar (qarzlar), ko’chmas mulk va boshqa mulk shakllari kiradi. Passivlar deb, biror shaxs yoki firmaning qarz majburiyatlari (ushbu holatda: depozitlar, bankning qarzlari va boshq.) ga aytiladi.

Aktivlar va passivlar majmui bank “portfeli” deb ataladi. Portfelni boshqarish foydani maksimallashtirish, to’lovga layoqatlilik (ya’ni mijozlar va boshqa banklar oldidagi o’z majburiyatlarini ijro etish) va likvidlikni ta’minlash maqsadida bank aktivlari va passivlarini idora qilishni anglatadi.

Bank portfelini boshqarish tavakkalchilik bilan bog’liq. Katta kapitalga ega bo’lgan bank o’z portfelida, kichikroq kapitali bo’lgan bank bilan taqqoslaganda, ko’proq foyda keltiruvchi va kattaroq riskka ega bo’lgan aktivga ega.

Bank uch sababga ko’ra to’lovga layoqatsiz (passivlar aktivlardan ortiq) bo’lishi mumkin:


  1. Aktivlarni yo’qotish. Bu hodisa qarzni qaytarmaslik (qarzdor kasod bo’lsa), bankka tegishli qimmatli qog’ozlar narxining tushib ketishi, turli xildagi jinoyatlar (o’g’rilik, talonchilik, kompyuter yordamida tovlamachilik) kabi holatlarda ro’y beradi.

  2. Nolikvidlik. Bankning likvid mablag’lari so’rovgacha bo’lgan omonatlar bo’yicha talab qilinadigan pulni to’lash uchun etarli bo’lmasligi mumkin (agar, masalan, bir vaqtning o’zida ko’pchilik mijozlar sarosimaga tushganlik tufayli moliyaviy talablarni qo’ysalar). Bunday holatda bank darhol odatda moliyaviy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan kamroq likvidlikka ega aktivlarni (qimmatli qog’ozlar, garov kvitanstiyalari va shu kabilar) sotishga majbur bo’ladi.

  3. Asosiy faoliyatdan ko’riladigan zararlar. Bankning foydasi bankning kreditorlardan oladigan foizlari (daromadi) bilan u omonatchilarga to’laydigan foizlar orasidagi farq (ayirma) dir. Shuning uchun agar omonatlar bo’yicha foiz ko’payib, kredit uchun foiz esa kamaysa, u holda bank ziyon ko’rishi mumkin.

Bank rezervlari (zahiralari) deb, kutilmagan hodisalar uchun hamda joriy operastiyalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan saqlanadigan likvidlikka ega bo’lgan aktivlarga aytiladi. Majburiy va ortiqcha bank rezervlari ajratiladi. Majburiy rezervlarga qonun talablariga muvofiq holda bank tomonidan Markaziy bankning hisoblarida saqlanadigan likvid aktivlar kiradi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish maqsadida rezerv normasini (ba’zida rezerv talabi deb ataladi) o’rnatadi, u majburiy rezervlar bilan tijorat bankining omonat (depozit) turiga bog’liq qarz majburiyatlariga nisbatiga teng: RN (reserve ratio) = majburiy rezervlar / omonatlar miqdori. Rezerv stavkasi (normasi) bank berishi mumkin bo’lgan kreditlarning miqdorini cheklaydi va Markaziy bank tomonidan omonat turiga bog’liq holda o’rnatiladi. Agar, masalan, rezerv normasi 20% ni, mijozlarning omonatlari esa 1 mln so’mni tashkil etsa, u holda bank rezerv (zahira) sifatida 200 ming so’mni saqlashga majbur.

Ortiqcha rezervlarga qonun bo’yicha majburiy miqdordan yuqori bo’lgan rezervlar kiradi. Haqiqiy rezervlar deb, naqd pul bilan Markaziy bankdagi rezervlar yig’indisiga aytiladi. Shunday qilib, ortiqcha rezervlar = haqiqiy rezervlar – majburiy rezervlar.

Zamonaviy banklarning uzoq “ajdodlari” aholining pullari va qimmatbaho ziynat buyumlarini saqlash bilan shug’ullanuvchi moliyaviy muassasalar hisoblangan. Bunday muassasa egasi boyliklarning but saqlanishini ta’minlagan va shunga yarasha haq olgan. Bu holatda bank rezervlari depozitlarga teng, ya’ni rezervlarning to’liq (yoki 100%) qoplanishi ta’minlanadi. Barcha omonatlar ushbu moliyaviy muassasaning o’zida saqlanadi.

Zamonaviy banklar esa rezervlarning qisman qoplanishi tamoyilini qo’llaydilar, bunga muvofiq bank rezervlari omonatlar miqdoridan kam. Qolgan mablag’lar muomalaga chiqariladi (aktiv operastiyalari), bu esa mijozlar uchun daromadni (bank foizi), bank uchun esa foydani (marja) ta’minlaydi.

Rezervlarning to’liq qoplanishi omonatlarning ishonchliligini ta’minlaydi: mijoz istagan vaqtida o’z jamg’armasini qaytarib olishiga ishonadi. Biroq pulning “ortiqcha yuk” bo’lib yotishi zamonaviy iqtisodiyotga to’g’ri kelmaydi; pul pul keltirishi kerak. Rezervlarning qisman qoplanishi banklarga o’zi va o’z mijozlari uchun pul ishlab topish imkonini beradi. Lekin bunda bank sarosimasi xavfi (amalda bu juda kamdan-kam bo’ladi) mavjudki, bankning barcha omonatchilari (yoki ularning katta qismi) o’z talablari bilan bir vaqtning o’zida chiqishlari mumkin. Bunday vaziyatda bank o’z majburiyatlarini bajara olmaydi.

Tijorat bankining asosiy aktiv operastiyasi — kredit (qarz) berish. Ushbu operastiyani amalga oshirishda banklar quyidagi muammoga duch keladilar. Bir tomondan, ular foydani maksimallashtirishga intiladilar va shunga ko’ra ular o’zlarining kredit resurslarini ular uchun ko’proq to’laydigan shaxsga berishdan manfaatdorlar. Boshqa tomondan, qarz olgan shaxsning to’lashga qodir emasligi sababli kreditning qaytmasligi xavfi mavjud. Shuning uchun banklar birinchi navbatda moliyaviy nuqtai nazardan eng ishonchli, raqobatbardosh korxonalarga kredit beradilar (korxonaning to’lovga layoqatli ekanligini aniqlash uchun tegishli moliyaviy tekshiruvlar o’tkaziladi), ya’ni iqtisodiyotning samaralilik darajasini ko’tarishga ob’ektiv holda yordam beradilar.

Qarzdan to’lanadigan foiz stavkasiga bog’liq bo’lgan uchta asosiy omilni ajratish mumkin: a) tavakkalchilik darajasi; b) qarzning miqdori (qarz qancha katta bo’lsa, boshqa shartlar saqlanganda, foiz shuncha kichik, chunki bank xarajatlari qisqaradi); v) qarz beriladigan muddat (muddat qancha katta bo’lsa, foiz shuncha katta).

Kredit bitimlarini amalga oshirish uchun turli ko’rinishdagi kredit hujjatlari — veksellar, banknotalar, cheklar, kredit kartochkalari, garov dalolatnomalari, obligastiyalar va h.k. dan foydalaniladi. Veksel qarzni to’lash muddati va qarz miqdori ko’rsatiladigan yozma qarz majburiyatini o’zida aks ettiradi. Banknota bank vekseli bo’lib, u bo’yicha pul olish mumkin. Odatda banknotalar bank tomonidan veksel o’rniga beriladi va pul sifatida ishlatilishi mumkin. Pul muomalasi vositasi sifatida ko’pincha cheklar ishlatiladi, ular joriy hisob egalarining ma’lum miqdordagi pulni to’lash uchun bankka bergan yozma farmoyishlarini o’zida aks ettiradi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kredit kartochkalari — egasining ismi yozilgan va o’z egasiga xarid uchun naqd pul yordamisiz to’lovni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlar — keng tarqalgan. Yana bir kredit hujjati — garov dalolatnomasi — kreditorga, agar berilgan muddatda qarz to’lanmasa, garovga (kredit evaziga) qo’yilgan mol-mulkni kim oshdi savdosi orqali sotish huquqini beradi.




Download 72,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish