Mintaqaviy ekologik muammolar - Mintaqaviy ekologik muammolar
-
- Yer yuzasining muayyan mintaqasi o'ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muommolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar hisoblanadi.
- Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik muommolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Bu sohadagi batafsil ma'lumotni Orol dengizi muammosi qismidan olishimiz mumkin.
- Bundan tashqari Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolarga quyidagilar kiradi:
1) Yirik – hududiy-sanoat majmualari joylashgan rayonlarda (Angren – Olmaliq – Chirchiq, Farg’ona – Marg’ilon, Navoiy va hokazo) tabiatni muhofaza qilish muammolari; - 1) Yirik – hududiy-sanoat majmualari joylashgan rayonlarda (Angren – Olmaliq – Chirchiq, Farg’ona – Marg’ilon, Navoiy va hokazo) tabiatni muhofaza qilish muammolari;
- 2) Agrosanoat majmuidagi ekologik mammolar;
- 3) Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o‘g’itlar bilan ifloslanishi;
- 4) O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo'riqxonalar va milliy bog’lar tarmog’ini kengaytirish va hokazolar kiradi.
-
Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan «chiqindi» deb nom olgan qo'shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar Respublikamizning ba'zi bir hududlarida ko'p chiqarilmoqda va natijada tabiatni bulg’ab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday atmosfera havosini buzadigan chiqindilarga tutun va har xil zaharli gazlar kirib, ular ko'pincha Olmaliq, Angren, Farg’ona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiq, Bekobod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo'lgan shaharlar havosini ifloslantirmoqda. - Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan «chiqindi» deb nom olgan qo'shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar Respublikamizning ba'zi bir hududlarida ko'p chiqarilmoqda va natijada tabiatni bulg’ab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday atmosfera havosini buzadigan chiqindilarga tutun va har xil zaharli gazlar kirib, ular ko'pincha Olmaliq, Angren, Farg’ona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiq, Bekobod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo'lgan shaharlar havosini ifloslantirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |