*Hashorotlar:Qoni O² tashishda ishtirok etmaydi.
*Qorinoyoqli moluskalar:Yuragida arterial qoni bor hayvonlar hisoblanadi. O² ga to’yingan qon yurak bo’lmasida bo’ladi.
*Qon va gazlar harakati: Yurak qorinchasi → O² → arteriyalar → O² → to’qimalar → CO²
→ venalar → CO² → o’pka → O² → yurak oldi bo’lmachasi
2 pallali moluskalar:Qon aylanish sistemasi ochiq. Yurak bo’lmasida O² li qon bo’ladi.
*Qon va gazlar harakati: Yurak qorinchasi → O² → arteriyalar → O² → to’qimalar → CO²
→ venalar → CO² → jabralar → O² → yurak oldi bo’lmachasi
*Qisqichbaqasimonlar: Yuragida O² ga to’yingan qon bo’ladi. Qon aylanish sistemasi ochiq.
Bosh skeletsizlar: CO² li qon - qorin aortasida; O² li qon - orqa aortasida
Qon harakati: Qorin aorta -> jabra kapilyarlari -> orqa aorta -> to’qima va organlar kapilyarlari -> qorin aorta
Baliqlar: Yuragida venoz qoni bor hayvonlar hisoblanadi. Qon yuragiga 1 ta tomir (vena tomiri) orqali kiradi. 1 ta tomir orqali chiqadi. CO² li qon - yurak bo’lmasida, yurak qorinchasida, qorin aortasida, yurak venasida bo’ladi. O² li qon - orqa aortasida
Qon harakati: Yurak qorinchasi -> qorin aorta -> jabra arteriyasi -> kapilyarlar -> orqa
aorta -> arteriyalar -> kapilyarlar -> venalar -> yurak bo’lmasi
Amfibiyalar (Suvda hamda quruqlikda yashovchilar): Katta qon aylanish doirasi - qorinchasidan boshlanib chap yurak bo’lmachasida tugaydi. Kichik qon aylanish doirasi - qorinchasidan boshlanib o’ng yurak bo’lmachasida tugaydi. CO² li yoki venoz qon - yurak o’ng bo’lmasida, o’ng bo’lmaga qon olib keluvchi vena tomirida, o’pka va teriga qon olib boruvchi o’pka va teri arteriyalarida, miyadan qaytuvchi va tanada yig’ilgan qon quyiladigan kovak venada. O² li yoki arterial qon - yurak chap bo’lmasida, chap bo’lmaga qon olib keluvchi o’pka venasida, teri venasi orqali kovak venada, miyasiga qon olib boruvchi 1 juft uyqu arteriyalarida.O’pka va teri kapilyarlarida esa O² li qon hosil bo’ladi. Qorinchasidagi aralash qon 1 juft (o’ng va chap) aorta yoyi orqali tanaga boradi.
Reptiliyalar (Sudralib yuruvchilar): Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Ularning yuragi ikkita boʼlmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan boʼladi.Timsohlarda to‘siq toʼliq bo’lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning barchasida tanasida aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi.Qorinchaning chap tomonidan arterial (O²) qonga ega o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi. O‘rta qismidan tanaga ketuvchi chap aorta yoyi.Oʼng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz (CO²) qonga ega o‘pka arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon (O²); Tanaga aralash qon (CO²+O²). O’pkaga esa venoz (CO²) qon boradi. O'pka venalari chap boʼlmachaga quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon oʼng boʼlmachaga quyiladi. Kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan chiqib, o'pkada kislorodga to‘yinib, chap boʼlmaga quyiladi. Chap va oʼng bo‘lmalardagi qon yurak qorinchasiga oʼtadi. Yurak qorinchasida venoz va arterial qon qisman aralashadi. Yurak qorinchasidan qon aylanishining katta doirasi boshlanadi. U organ, to‘qima va hujayralardagi gaz almashinuvida ishtirok etib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyiladi. Sudralib yuruvchilarning arteriya qon tomirlarida aralash (venoz va arterial) qon boʼlganligi sababli, moddalar almashinuvida kam energiya hosil boʼladi.
Qushlar: O’ng aorta ravog’iga ega hayvonlar hisoblanadi. CO² li qon - yurak o’ng bo’lmasi va qorinchasida, yurak o’ng bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomirida, o’pka arteriyasida. O² li qon - yurak chap bo’lmasi va qorinchasida, o’pka venasida, hamda o’ng tomonga yo’naluvchi aortada bo’ladi. Yuragidan chiquvchi qon tomirlari - chap qorinchadan chiquvchi o’ngga yo’nalgan aorta ( O² li qon ), o’ng qorinchadan chiquvchi o’pka arteriyasi ( CO² li qon ). Yuragiga kiruvchi qon tomirlar - o’ng bo’lmachaga kiruvchi vena tomiri ( CO² li qon ), chap bo’lmaga kiruvchi o’pka venasi ( O² li qon )
Sutemizuvchilar:Chap aorta ravog’iga ega hayvonlar hisoblanadi. CO² li qon - yurak o’ng bo’lmasi va qorinchasida, o’pka arteriyasida, o’ng bo’lmaga qon olib keluvchi vena tomirida. O² li qon - yurak chap bo’lmasi va qorinchasida, o’pka venasida, chapga yo’nalgan aortada bo’ladi. Yuragiga kiruvchi qon tomirlar - o’ng bo’lmaga kiruvchi vena tomiri ( CO² li qon), chap bo’lmaga kiruvchi o’pka venasi ( O² li qon ).Yuragidan chiquvchi qon tomirlari - chap qorinchadan chiquvchi chapga yo’nalgan aorta tomiri ( O² li qon ), o’ng qorinchadan chiquvchi o’pka arteriyasi ( CO² li qon )
Do'stlaringiz bilan baham: |