Toshkent yangiyul poligraph service


§. Oltingugurt (IV)— oksidini ishlab chiqarish



Download 0,69 Mb.
bet87/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Oltingugurt (IV)— oksidini ishlab chiqarish

S02— rangsiz, o‘tkir hidli (yonayotgan oltingugurt hidini esla- tadi) gaz. 100 % S02 atmosfera bosimida — 10,09°C da suyuq holga o‘tadi. — 70°C da qotadi. Juda zaharli bo‘lib, chegaraviy xavfli konsentratsiya miqdori 0,005 mg/m3, ishlab chiqarish binolarida esa 10,0 mg/m3ga teng.

Xomashyo S02 olish uchun asosiy xomashyo kabi oltingugurtli moddalar va tarkibida S saqlovchi sanoat chiqindilaridir. Keyingi yillarda rangli metallurgiya sanoatining chiqindi gazlari tarkibidagi S02 ni olish keng quloch yoymoqda.

Pirit tarkibida nazariy jihatdan olganda 53,46 % oltingugurt saqlaydi. Tabiiy kolchedan har doim tarkibida begona arashlama sifatida mis, rux, nikel, kumush, qo‘rg‘oshin, mishyak, surmaning oltingugurtli birikmalari, turli sulfat va karbonatli tuzlar, kvars, silikatlar va boshqalar saqlaydi va o‘z navbatida u shu metallami olish uchun xom-ashyo hamdir. Rangli metallarning sulfidlarini ajratish uchun ruda maydalanadi va flotatsiyalanadi. Natijada rangli metall sulfidlarining konsentranti olinadi: qolgan qoldig‘i asosan tarkibida 45—50% oltingugurt saqlovchi boyitilgan piritdan iborat bo‘lib, S02 olish uchun yoqiladi.

Olingan rangli metall konsentratlari metallurgiya zavodlarida kuydirilib metallar ajratib olinadi. Bunda chiqindi gaz sifatida 3% gacha S02 ajralib chiqadi va havoni, atrof-muhitni zaharlaydi. Keyingi yillarda shu chiqindi gazdan ham sulfat kislota ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shunday yo‘l bilan It. mis olganda ajralib chiqqan S02dan 101. dan ko'proq sulfat kislota olish mumkin. Buning uchun S02 ni konsentratsiyasini oshirish kerak bo‘ladi. Hozircha ayrim rangli metallurgiya zavodlaridagina S02 konsentratsiyasini oshiruvchi qurilmalar o‘rnatilgan xolos. Shuning uchun endilikda rangli metallurgiya zavodlarining chiqindi S02 gazini to‘liq ushlab olish va undan foydalanish ishlarining loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Bu rudadan kompleks foydalanish bo‘lardi va atrof-muhitni ifloslanishning oldi biroz bo‘lsa-da olinardi (70- rasmga qarang). S02 olish uchun eng yaxshi ashyo bu toza oltingugurtdir. U yoqilganda massa ulushi yuqori bo‘lgan va zararli qo'shimchalari kam bo‘lgan S02 olinadi. Ammo FeS2 - kolchedandan bir necha marta qimmat turadi, hamda u boshqa ishlab chiqarishlar uchun qimmatbaho kimyoviy ashyo hamdir. Ko‘mir yoqiladigan korxonalar, yoritish tarmoqlarining mo'rilaridan atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlar tarkibida anchagina S02 bo‘ladi. Chunki toshko‘mir tarkibida 1-3% gacha oltingugurt saqlaydi.

Keyingi yillarda atrof-muhitning tozaligiga biroz e’tibor kuchaytirilganligi sababli mo‘rilardan chiqarilgan gazlarni zaharsizlantirishning absorbsiya-desorbsiya usullari ishlab chiqilgan. Bunda S02 ushlab qolinadi va sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Ammo kislotaning tannarxi piritdan olingan kislotaga nisbatan bir necha marta qimmatga tushadi. Shu sababli u kam qo‘llanilmoqda. Keyinchalik S02 ni ushlab qolish va uni tozalab H2S04 ishlab chiqarish uchun foydalanishning takomillashgan usullari topilgach keng qo'llanila boshlanadi.

Dunyo bo'yicha atmosferaga chiqarib yuboriladigan S02 ning miqdori, dunyoda ishlab chiqarilayotgan sulfat kislota miqdoridan ikki barobar ko‘proq kislota ishlab chiqarishga yetarlidir.

Yana bir muhim S02 olinadigan xomashyo bu vodorod sulfid gazidir. H2S ko'pgina tabiiy gazlar tarkibida bo‘ladi. Qaysiki, uni tozalaganda H2S ajratib olinadi, va u S02 ga aylantiriladi. Ko‘mirni kokslaganda, neftni qayta ishlaganda ular tarkibidagi S qisman vodorod sulfidga aylanib gaz holida ajralib chiqadi. Koks gazlari tozalanganda ularning tarkibidan H2S yoki S shaklida ajratib olinadi, yoqib S02 ga aylantiriladi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish