Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet42/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

Biokimyoviy tozalash, sanoat va maishiy oqovalarini tozalashning keng tarqalgan va katta miqyosda qo‘llaniladigan usulidir. Bu usul mustaqil o‘zi yoki boshqa usullar bilan birgalikda kompleks qo'llaniladi. Biokimyoviy usulning mohiyati, organik va ba’zi bir anorganik moddalami mikroorganizmlar yordamida parchalab yuborish orqali suvni tozalashdan iboratdir. Mikroorganizmlar u aralashmalami o‘z hayoti faoliyati uchun ozuqa sifatida foydalanadilar. Natijada organik moddalar — suv va uglerod (IV) oksidiga sulfidlar va ammoniyli tuzlar — sulfat, nitrat, ionlari va metall ionlariga aylanadilar hamda mikroorganizmlar biomassasi hosil bo‘ladi.

Biologik tozalash usuli, texnologik rejimga qattiq rioya qilishni talab qiladi. Chunki mikroorganizmlaming aktiv hayot faoliyati uchun maxsus sharoitlar talab qilinadi. Masalan, harorat 30—40°C dan, muhit (pH-5,5—8,5) va mikroorganizmlarga zaharli ta’sir etuvchi moddalar ma’lum miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Aks holda mikro organizmlarni halok bo‘lishiga olib keladi va biologik tozalash jarayoni to‘xtaydi. Biologik tozalashni boshlashdan ilgari oqova suvlar tarkibidagi ba’zi moddalaming MDK si quyidagicha: neft va neft mahsulotlari 25 g/sm3, fenol — 1000 g/sm3, moy va akril kislotalari — 100—500 g/sm3, sionidlar — 1,5 g/sm3, sulfidlar

  • 1 g/sm3, og‘ir metallaming ionlari — ruh, nikel, xrom — 10 g/ sm3, qo‘rg‘oshin — 0,005 g/sm3, mineral tuzlar 10 g/sm3 gacha bo‘ladi. Agar ayrim aralashmalaming konsentratsiyasi MDKdan yuqori bo'lsa, biokimyoviy tozalashdan ilgari oqova suvlar boshqa usullar bilan tozalanadi yoki toza suv qo‘shib suyultiriladi.

Amaliyotda biokimyoviy tozalash ikki xil sharoitda: aerob (kislorod ishtirokida) va anaerob (kislorodsiz) muhitda olib boriladi. Keng tarqalgan aerob sharoitida olib borilishi bo‘lib, unda tozalanish jarayoni katta tezlikda va yuqori darajada boradi. Anaerob usul oqova suvlar tarkibida organik moddalami konsentratsiyasi yuqori bo'lganda tozalashning birinchi bosqichi sifatida qo‘llaniladi. Natijada aralash­malar miqdori 10 — 20 martagacha kamayadi va tozalashning keyingi bosqichi anaerob tozalashga sharoit yaratadi.

Oqova suvlami biokimyoviy tozalash maxsus tayyorlangan may- donchalarda, sug'orish maydonchalari yoki filtrlovchi maydon- chalarda hamda biologik hovuzlarda (baland, past qilib sun’iy tayyorlangan bir necha hovuzchalar bo‘lib, suv balanddan past- kisiga sharshara hosil qilib o‘zi oqib tushadi) bio filtrlarda va aerotenklarda olib boriladi. Bulardan keng tarqalgani va istiqbollisi biofiltrlar va aerotenklardir. Biofiltrlar (16- rasm) ostida teshiklari bo‘lgan temir betonli aylanasimon — hovuz (rezervuar) bo‘lib, ichi nasadka bilan to‘lg‘azilgan. Hovuzning ichiga aerobmikro- organizmlar solinadi. Nasadka ostida biologik parda (plyonka) — qavat hosil bo‘ladi.

Mikroorganizmlar o‘sib rivojlanib tirik biologik parda hosil qiladi. Hovuzga oqova suvlar nasadkani bir tekis sug‘orib turish uchun taqsimlovchi qurilma (2 aylanib turuvchi sug'orgich) orqali tushib turadi va filtrlanadi. Filtrlanish jarayonida aralashmalaming biokimyoviy buzilishi sodir bo‘ladi. Havo hovuzning ostidagi teshiklardan o‘zi tabiiy holda yoki ventilyator (havo haydab turuvchi qurilma) yordamida kirib turadi. Ventilyator yordamida havo yuborish anchagina xarajat talab qiladi, shuning uchun ham agar nasadkaning balandligi 2 metrdan baland bo‘lsa (hovuz chuqur bo‘lsa) va C02 ning miqdori ko‘payib ketsa, uni desorbsiyalash zarurati tug‘ilganda ventilyatordan foydalaniladi. Nasadka sifatida: shlaklar, shag‘al, sheben, keramzit, plastmassadan tayyorlangan bloklardan foydalaniladi.

Bioflltming diametri 6—30 m bo‘lib, uning mahsuldorligi 1000 dan 40 000 m3/sutkaga teng (shuncha oqova suvni tozalaydi). Bioflltming samaradorligi oqova suvi tarkibidagi aralashmalaming konsentratsiyasiga, nasadkaning balandligiga va uning yuzasiga, nasadka qavatida havo va suvning bir tekisda taqsimlanishiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kislorodni iste’moli tozalashdan ilgari 150—1500 g/m3 bo‘lsa, biofiltrdan o'tgandan keyin (ya’ni tozalangach) 10—25 g/m3 ga teng bo‘ladi.

Biologik tozalash qurilmalardan foydalanish oson bo‘lgani aerotenklardir. Aerotenk temir betondan yasalgan basseyn (sun’iy hovuz) bo‘lib, balandligi 3—5 m, uzunligi 30—100 m, eni 3—10 m. Aerotenkga to‘xtovsiz havo va «aktiv balchiq» yuborilib turiladi va ular maxsus qurilmalar (teshiklari bo‘lgan qovur, forsunka, aeratorlar va boshqalar) yordamida bir tekisda taqsimlanib, basseynga beriladi. Tozalanadigan suyuqlik (oqova suvlar) mexanik yo‘l bilan almashtirgich yordamida aralashtirilib turiladi. Aerotenkda biologik oksidlanish tarkibida aerob bakteriyalar saqlovchi «aktiv balchiq» tomonidan amalga oshiriladi. «Aktiv balchiq» tashqi ko'rinishidan iviq (qattiqsimon va paxtasimon) massabo‘lib, rangi och-qo‘ng‘irdan qoramtir-qo‘ng‘iigacha bo‘ladi.

Iviq bu qat-qat bo‘lib joylashgan juda ko‘p bakteriyalar va mikroorganizmlaming hujayralardan ya’ni biomassadan iborat. Bu iviqning 1 grammi 100 m2 yuzaga teng, uning kattaligi 0,1 dan 3 mm gacha bo‘ladi. Balchiqning kimyoviy tarkibi, oqova suvning tarkibi bakteriyaning turi va tozalash rejimiga bog‘liqdir. Odatda u 70—90 % organik moddalardan va 10—30 % gacha mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Balchiq tarkibidagi mikroorganizmlar asosan bakteriyalar, oddiy suv o‘tlari va shu kabilardan iborat.

Mikrooiganizmlaming o‘sishini jadallash maqsadida oqova suvlaiga tarkibida azot va fosfor saqlovchi birikmalar qo‘shiladi. Biokimyoviy tozalash qurilmasi odatda bir-biriga ulangan birnechta aerotenklardan hamda reogentlarning aylanishini va «aktiv balchiq»ning regeneratsiyasini ta’minlovchi aralashtirgich—tintirgichlar va boshqa apparatlardan iborat bo‘ladi.

Oqova suvlar basseynda tozalangach, toza suv, «aktiv balchiq» bilan birgalikda tindiigichga o‘tadi (17- rasm). Balchiq tindiigichning ostiga cho‘kadi, tozalangan va tinigan suv esa, qayta ishlatish uchun yuboriladi.

Bioqurilmaning samaradorligini oshirish uchun, ya’ni balchiq- ning aktivligini oshirish maqsadida regeneratsiyalanadi, buning uchun unga kislorod beriladi va aerotenkga qaytariladi. Balchiqning ortiqchasi qayta ishlanadi va undan mikroelementlar: mis, magniy, rux, marganets, temir, molibden va boshqa o'nlab qimmatbaho metallar ajratib olinadi. «Aktiv balchiq» mikroorganizmlari u yoki bu metall ionini o'ziga selektiv to‘plagani uchun ham ko‘pgina qimmatli va nodir metallami olish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda shu usul yordamida vanadiy, molebden, uran va boshqa ko‘pgina elementlar ajrattb olinmoqda. Biologik tozalash jarayonida biologik massa — «aktiv balchiq» ko‘payadi. Uning ortiqchasi tarkibida qimmatbaho metallar ushlanmasa yoki ulaming miqdori juda kam boMganda u quritiladi va kimyoviy, termik yoki radiotsion usullar yordamida zararsizlantiriladi. So'ngra u organomineral o‘g‘it sifatida va qishloq xo'jalik hayvonlami ozuqa konsentrati sifatida ishlatiladi.

Aerotenklarda oqova suvlami biokimyoviy tozalashning hozirgi zamon ikki pag‘onali sxemasi 18-rasmda berilgan. Qurilmaning oqova suvlaming tozalash bo'yicha mahsuldorligi bir necha yuzlab metr kub/sutkaga teng hamda BKE bo‘yicha suvni tozalash darajasi juda yuqoridir. Masalan, sintetik spirt ishlab chiqarish korxonasining oqova suvlari ikki pog‘anali sxema bo‘yicha aerotenklarda tozalanganda, BKE 800 dan 15 g/m3 gacha, fenol va atseton ishlab chiqarishda 1100 dan 10 g/m3 gacha, sintetik kauchukda 430 dan 20 g/m3 gacha, neftni qayta ishlash zavodlarda esa 600 dan 20 g/m3 gacha kamayadi.

Oqova suvlami biokimyoviy usul bilan tozalash ancha keng tarqal- gan. Chunki bu usulda organik va anorganik aralashmalarni to‘liq tozalash mumkin (jumladan, toksik birikmalarni ham tozalaydi). Qurilma va apparatlari nisbatan arzon hamda uni ishlatish ancha oson. Uning kamchiligi biologik oksidlash jarayonining ancha sekin borishidir hamda qurilmalaming katta hajmni egallashidir. Masalan, aerotenklaming oksidlash quwati 1 kg/m3 sutka. Keyingi paytlarda uning quwati ancha oshirildi. Buning uchun oqova suvlami kislorod bilan aralashtirish (aerosiyalash) germetik yopiq aerotenklarda olib borilmoqda. Bu usulda aerotenklaming quwati 5 kg/m3 sutka.

Sanoat oqovalari termik usul bilan ham tozalanadi. Bunda zararli aralashmalar yuqori haroratda yoqiladi. Natijada ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatiladigan zararsiz gazsimon mahsulotlar va qattiq qoldiq olinadi. Bu usulning ustunligi uning universalligidir, bunda har qanday oqovaniham to‘liq zararsizlantirish mumkin. Ayniqsa, bu usulni tarkibida kam uchuvchan organik moddalar saqlagan oqovalami tozalashda qo'llash maqsadda muvofiqdir. Qaysiki, u organik moddalar qo‘shimcha yoqilg'i bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, sulfit usulida sellyuloza ishlab chiqarish korxonasining oqova suvi tarkibida 6—8 % organik moddalar bo‘ladi. Bundan tashqari kuchli ifloslangan va zaharlilik darajasi juda yuqori bo‘lgan suvlami tozalashda qo‘llash kerak bo‘ladi.

Sanoat uchun ishlatiladigan oqova suvlarda yuqorida aytil- ganlardan tashqari boshqa qo‘shimchalar ham bo'ladi. Shuning uchun ularni qayta ishlash uchun qo‘shimcha jarayonlardan foydalaniladi. Zararli metallami (qo‘rg‘oshin, mis, rux, simob, xrom, nikel, mishyak) yo‘qotish uchun cho'ktirish, ion almashinish va ekstraksiya jarayonlardan foydalaniladi. Sanoatdagi oqova suvlar tarkibida bo'ladigan tuzlarni yo‘qotish uchun esa ion almashinish va elektrodializ usullardan foydalaniladi. Yog‘ yoki bo‘yoq suzpenziyasi elektr toki orqali buziladi. Hozirgi paytda sanoatda yopiq suv aylanish sistemasining o‘sha yeming o‘zida suvni tozalab yana qayta ishlatishga yaroqli qilib beruvchi sxemasi ishlab chiqilgan va qisman amaliyotga tatbiq etilgan. Bu sxema suv sarfini ancha kamaytirish bilan bir qatorda oqova suvlami suv havzalarga tashlashga butunlay chek qo'yadi.


  1. Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish