Suvning tozaligi uning tarkibidagi har qanday begona aralashmaning soni va miqdori bilan tavsiflanadi. Ular qanchalik kam bo'lsa, shunchalik toza hisoblanadi. Suvning tozaligi inson sog‘ligi uchun muhim omil bo‘lib, yechimini talab qilinadigan muhim muammo hisoblanadi.
Umumiy tuz miqdori (suv tarkibida) mineral va organik ara- lashmalarning borligi bilan tavsiflanadi. Uni aniqlash uchun 1 litr suvni bug‘lantirilganda qolgan qoldiq o‘zgarmas massaga kelguncha 110° С haroratda qizdiriladi. Hosil bo'lgan massa umumiy tuz miqdori bo‘lib, u mg/1 bilan o‘lchanadi. Umumiy tuz miqdori bug'languncha qattiq qizdiriladi va sovigach, o'lchanadi. Massalar orasidagi farqdan organik aralashma miqdori ham aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |