Rezina ishlab chiqarish. Rezina ishlab chiqarish 3 asosiy bosqichdan iboratdir: 1. Xom rezina aralashmasini tayyorlash. 2. Unga biror buyum shaklini berish. 3. Vulqonlash.
Toza kauchuk bevosita buyum tayyorlash uchun yaroqsiz. Chunki u oson uziluvchan, elastikligi ham kam, yuqori haroratda yopishib qoluvchi, past haroratda esa sinuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham kauchuk turli oiganik va anoiganik mahsulotlar bilan qo‘shilib, so‘ngra aralashmaga biror buyum shakli beriladi. Shundan keyingina u vulqonlanadi (vulqonlanishni 1839- yilda Gudir kashf qilgan).
Olinadigan rezinaning barcha xossalarini belgilovchi asosiy tarkibiy qismlar quyidagilardir: 1) kauchuk; 2) uni vulqonlash uchun qo'shiladigan moddalar (oltingugurt, metall oksidlari va peroksidlari, benzoil peroksidi va boshqalar). Vulqonlash jarayonida yuqori haroratda (130-160°C) va yuqori bosimda (0,3-0,6 MPa) kauchukning to‘g‘ri zanjirli uzun molekulalariga oltingugurt birikib go‘yo molekulalami «tikadi» va 3 o‘lchamli struktura hosil qilib rezinaga aylantiradi; 3) tezlatkichlar (difenilguanidin merkaptaben- zotiazol va boshqalar), yumshatgichlar (dibutilflalat, moy kislotalari, vazelin, parafin, sintetik polimerlar: polipropilen, polivinilxlorid, fenolformaldegid smolalari), eskirishni oldini oluvchilar (fenollar, aromatik aminlar, vosk va boshqalar), to‘ldiruvchilar (to‘ldiruvchilar aktiv va noaktivga bo'linadi.
Aktiv to'ldiruvchilarga: qurum , kremniy (IV)- oksidi , oq qurum, titan (IV)-oksidi, rux oksidi va boshqalar kiradi. Ular 10% dan 50 % gacha rezinaning mustahkamligini oshirish uchun qo‘shiladi. Noaktiv to‘ldiruvchilarga: bo‘r, talk, kaolin, bariy sulfat tuzi va boshqalar kiradi. Bular kauchuk sarfini kamaytirish va buyumning tannarxini arzonlashtirish imkonini beradi.
Kauchuk vulqonlanganda 5-10 % qo‘shbog‘lari uziladi, xolos. Vulqonlanish jarayoni 5 daqiqadan 90 daqiqagacha davom etadi. Vulqonlanish turli xil apparatlarda olib boriladi. Vulqonlanganda kauchukning to‘g‘ri zanjirli strukturasi to‘rsimon struktukaga aylanadi.
Vulqonlashni tezlatgich molekulalami, qizdirilganda radikalga -R parchalanadi va hosil bo‘lgan radikal 8 atomdan iborat oltingugurt xalqasiga birikib uni beqaror radikalga aylantiradi.
-R'+Sg-»R—S—S—S—S—S—S—S—S'
Bu radikallar kauchukning makromolekulasi bilan birikuvchi bir yoki bir necha ikki valentli polisulfidli radikallarga parchalanadi (Masalan, DSK bilan boradigan vulqonlash reaksiyasi quyidagicha bo‘ladi):
R-S 8 > +s +s,
R-S6+— -CH2-CH=CH-CH2-- >RSSH+
+-’CH-CH=CH-CH2--
Do'stlaringiz bilan baham: |