Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet178/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

Kimyoviy usullari. Heft va neft mahsulotlari tarkibidagi uglevodorodlaming harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta’sirida chuqur strukturaviy o‘zgarishga asoslangan.

Bu usullar juda muhim neft mahsulotlarini miqdorini ko‘paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarini sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish, uchun, ayrim individual

uglevodorodlami (benzol va uning gomologlarini ) olish uchun hamda kimyo sanoatining xomashyolarini (vodorod, sintez-gaz, atsetilin, alkenlar, diyenlar va boshqalarni) olish maqsadida qo'llaniladi. Sanab o‘tilgan usullardan neft mahsulotlarini termik va katalitik krekinglashning turli xillari eng ko‘p qo‘llaniladi.

Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlovchi apparatlar jarayonning uzluksizligini, asosiy mahsulotning yuqori unumda chiqishini, iqtisodiy samaradorlikni, katta mahsuldorlikni ta’minlashi kerak. Neftni qayta ishlovchi apparatlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: yj xomashyoni qizdirishni va o'zgarishni ta’minlovchi pechlar va reaktorlar,^mahsulotlami bir-biridan ajratish uchun rektifikatsiya kolonnalarT(ustunlari)/}jssiqlikni bekorga chiqib ketmasligi ya’ni, undan foydalanish uchun (utilizatsiyalash uchun) hamda sovitilishi kerak bo‘lgan mahsulotlami sovitish uchun issiq almashtirish apparatlari.

Neft va neft mahsulotlarini fizik va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari odatda endotermik bo'lib, tashqaridan issiqlik berilishini talab qiladi. Shu maqsadda qo‘llaniladigan apparatlar issiqlik berish, usullari bilan bir-biridan farq qiladi (93- rasm).




93- rasm. Issiqlik berishning asosiy usullari. a — tashqaridan qizdirish bilan; b — suv bug‘i bilan adiabatik; d — avtotcrmik (oksidlash bilan); e — qattiq issiq tashuvchi bilan.

Rasmning a - sxemasida xomashyoni tashqi tomonidan qizdirish usulidan foydalaniladi, b - sxemada qizdirish adiabatik sharoitda ya’ni, issiqlik o‘tkazuvchi yuza bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladi. Issiqlik tashuvchi sifatida yuqori haroratii (900—950°C) suv bug‘i ishlatiladi.

Avtotermik yoki oksidlash usulida (v - sxemada) zarur issiqlik xomashyoni bir qismini atmosfera kislorodida yoqish bilan olinadi. Qattiq issiqlik tashuvchidan (donador alumosilikatli katalizator, changsimon qum va boshqalar) foydalanilganda (e - sxema) reaksiya tuguni ikki apparatdan — reak­tor va qizdirgich — regenerator- dan iborat bo‘ladi. Qattiq issiqlik tashuvchi regeneratorda qiziydi va reaktorga borib issiqligini beradi, shunday qilib bu appa­ratlar orasida aylanib yuradi. Bu sxema neft mahsulotlarini kata­litik qayta ishlashda keng qo‘lla- niladi.

Tashqaridan alangada yoki alangasiz qizdiriluvchi quvur- simon pech neft mahsulotlarini qizdiruvchi asosiy apparat hisoblanadi. Alangasiz qizdi­riluvchi quvursimon (94- rasm) ichki qismi issiqlikni izo- latsiyalovchi keramik paner (devor)dan terilgan kamera bo‘lib, pechning ichida o‘tga chidamli to'siqlar o‘matilgan, ular yoqiladigan gazni chiqaruvchi keng kanallar hosil qiladi (uni konveksion kamera ham deyiladi). Issiq almashtirgichlarda biroz qizdirilgan yoki sovuq holdagi xomashyo konveksion kameraning ostki quvuriga beriladi (pechning hamma quvurlari ketma-ket bir-biri bilan ulangan bo‘ladi) u quvurdan o‘tgan xomashyo qaytuvchi yoqilg‘i gazlari bilan qiziydi. So'ngra u radiant quvurlariga o‘tadi va u yerda quvurlaming issiqligida va juda qizigan yoqilg‘i gazlar issiqligidan qiziydi.

Issiqlik qizigan panellaming issiqlik chiqarishdan olinadi. Qizigan xomashyo pechning tepa qismidan chiqadi va qayta ishlash uchun yuboriladi. Pech keramik prizma shaklidagi pech devoriga mahkam- langan gorelka yordamida gaz yoqilg‘isiyoqib qizdiriladi. Bunday pechlar ixcham va yuqori foydalanish koeffitsientiga ega. Neft mah- sulotlarini bir-biridan ajratish turli tipdagi rektifikatsiya kolonnalarida amalga oshiriladi. Qalpoqli tarelkasimon tipdagi barbotajli kolonnalar keng tarqalgan. Odatda har bir kolonnada 30—60 ta gacha tarelkalari bo‘ladi (ular gorizoltal tekislikda o£matilgan bo'ladi).


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish