Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet111/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

1 — sintez kolonnasi;

2 — qopqoq; 3 — kolonna tubi; 4 — tashqi silindr tubi; 5 — olib qo'yiladigan tashqi silindr;

6 — ichki olib qo‘yiladigan silindr; 7 — teshikli to‘siq;

8 — kolonnaning reaksion hajmi; 9 — termopara;

10 — yon tomondagi tuynuk.
NH2) 2CO saqlovchi suyuqlanma olinadi. So'ngra suyuqlanma yig‘- gichga, undan nasos yordamida granulalash minorasiga yuboriladi.

Minoraning ostidan qarama-qarshi oqimda kirgan sovuq havo ta’sirida karbamid tomchilari sovib qotadi va sharchalar shaklida granulalanadi.

Reaktifikatsiya minorasidan chiqqan gaz faza NH3 (hajmi bo‘yicha 70%

NH3 ushlaydi). C02 va H20 dan iborat bo‘lib, suyuq ammiak va suv bilan sug‘orilib turuvchi yuvish minorasiga yuboriladi. Minorada ammoniyli va karbonatli tuzlarning konsentrlangan eritmasi hosil bo‘ladi.

So‘ngra bu eritma aralashtiigich orqali sintez minorasiga qaytariladi. Gaz fazada esa C02 dan tozalangan sof ammiak qoladi, u kondesatoiga siqilib, suyuqlantirilgach yana siklga qaytariladi. Karbamid sintezi minorasining diametri 2—2,5 mbalandligi 30—35m (hajmi 160 m3)



bo‘lganda, uning mahsuldorligi 1250 t/sutka (450 ming t/yil) ga teng bo‘ladi. 1970- yillaigacha qurilgan zavodlarda sintez minorasining mahsuldorligi 200—250 t/sutkaga teng bo‘lgan).

  1. §. Fosforli o‘g‘itIar

Fosfor birikmalarini olish uchun ishlatiladigan xomashyo bu tabiiy fosfatli rudalar apatit (apatit so‘zi yunoncha «apate» so'zidan olingan bo‘lib «yolg'on», «aldanish» ma’nolarini anglatadi. Chunki ilgari u mineralni boshqa minerallardan farq qilish qiyin bo'lgan, kishi aldangan va apatit nomini olishga sabab bo'lgan) va fosforitlardir. Apatitli rudalar magmatik jinslardir. Keng tarqalgan apatitlarga ftorapatit 3Ca3(P04)2 • CaF2 yoki boshqacha yozganda Ca10(PO4)6 F2 (ko'pincha qisqartirib Ca5(P04)3 F shaklida yoziladi), xlorapatit Ca,0(PO4)6Cll2, gidrokslatatitlar Ca10(PO4)6 (OH)2 lar kiradi. Yirik apatit konlariga Kola yarim orolining Xibin tog‘lari dagi apatit-nefelinli rudalar kiradi. Kondagi apatit rudasi qavatining qalinligi 200 m gacha boradi.

Uni 1926- yilda A. E. Fersman va A. N. Labunsevlar ochganlar. U dunyodagi eng yirik kondir, yana Sibiming Oshurkovskiy koni, yangi topilgan Krasnoyar o'lkasidagi va Janubiy Baykal oldi apatit konlari misol bo‘la oladi. Uning tarkibida 14-18,5 % R205 bor. Fosforitlar dengiz suvlaridan kalsiy fosfatning chiqishidan hosil bo‘lgan chiqindi jinslardir. Ular keng tarqalgan va dunyodagi barcha fosfatli rudalaming asosiy qismi fosforitlardir. Apatitli rudalar esa Dune zaxirasining qariyb 6 % ini tashkil etadi. Fosforitlar tarkibida ftorapatit minerallaridan (Ca5(P04)3F) tashqari qo'shimchalar kvars mine- rallari — Si02, kalsit — CaC03, dolomit — CaC03, MgC03 hamda temir va aluminiy oksidlari va boshqalami saqlaydi.

Fosforitlar boyitilgach tarkibida 18—30 % gacha P205 saqlaydi. MDHda fosforitlaming 200 dan ortiqroq koni topilgan. Zaxirasi bo'yicha Xibin konidan keyin ikkinchi o'rinda tumvchi eng yirik fosforit koni 1941- yilda topilgan Janubiy Qozog‘istondagi Qoratog‘ konidir (uning tarkibida 21—23 % gacha P205 bor). Keyingi o‘rinlardagi yirik konlar Vyatsko-Kamskiy Aktyubinskiy (Shimoliy Qozo- g'iston), Maardu (Estoniya) konlaridir.

Fosforli o‘g‘itlar texnologiyasining asosiy vazifasi o‘simliklar o'zlashtira olmaydigan fosforli birikmalarni suvda yoki kislotali tuproqda eruvchi va o'simlik o'zlashtira oladigan birikmalarga aylantirishdan iboratdir. Buning uchun apatit yoki fosforitlar awal flotatsiya yo‘li bilan boyitiladi. Apatitlar boyitilgach tarkibida 39-41 % gacha R205 saqlaydi. Chiqindisi (dumlari) tarkibida 30 % gacha A1203 saqlovchi nefelin bo‘lib, aluminiy ishlab chiqarish uchun ajoyib xomashyodir (Hozircha uning 50 %ga yaqindan foydalanilmoqda). Fosforitlar boyitilgach, tarkibida 27-28,5% P205 saqlovchi konsentratga aylantiriladi.

Tabiiy fosforitlar uch xil yo‘l bilan kimyoviy qayta ishlanadi. Keng tarqalgan usuli bu fosfotlarni sul’fat, fosfat va nitrat kislotalari bilan parchalashdir. Boshqa usuli fosfotlar Si02 ishtirokida uglerod bilan qaytarilib, fosfor elementi olinadi, so‘ngra u fosfat kislota va uning tuzlariga aylantiriladi. Uchinchi usuli fosfatlarga termik ishlov berishdir. Masalan, ishqorli parchalash (ishqoriy va ishqoriy-yer metall tuzlari bilan aralashtirilib suyuqlantirish orqali) yoki suv bug‘i bilan gidrotermik ishlov berishdir.

Tabiiy fosfatlarning bir qismi kimyoviy ishlov berilmay, maydalanib fosforit uni deb ataluvchi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bu eng arzon fosforli o‘g‘it bo‘lib, ammo u faqat kislotali tuproqlardagina ishlatilishi mumkin bo‘lgan, sekin ta’sir qiluvchi o‘g‘itdir.

Kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan sanoatda, asosan, oddiy superfosfat, qush superfosfat va kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.

Oddiy superfosfat eng keng tarqalgan fosforli o‘g‘itdir. Uning kimyoviy formulasi Ca(H2P04)2H20-CaC04 0,5H20 hamda qo‘shimchalar temir fosfat, aluminiy fosfat, kremnazyom va fosfor kislotasidan iboratdir. Oddiy superfosfat kulrang donador kristallar bo‘lib, suvda yaxshi eriydi, ammo tarkibida 50% dan ko'proq keraksiz begona qo'shimchalar tutadi.

Oddiy superfosfat, tabiiy fosfatlami sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sir ettirib olinadi. Bu jarayon ko‘p fazali geterogen, diffuzion sohada kechuvchi jarayon bo‘lib, ikki bosqichda boradi.

Birinchi bosqichda sulfat kislota ftorapatit zarrachalariga diffuziyalanadi, bu jarayon tez boruvchi kimyoviy reaksiyadir. Hosil bo'lgan kalsiy sulfat cho'kmaga tushadi.

Ca5(P04)3F+5H2S04+2,5H20=5CaS04-0,5H20 +3H3P04+HF(— д H)

Reaksiya uchun olingan sulfat kislota sarflanib tugagach, (20— 40 daqiqada tugaydi), ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi bosqichda fosfat kislota qolgan appatit bilan reaksiyaga kirishadi

Ca5(P04)3F+7H3P04+5H20=5Ca(H2P04)2 • H20+HF(- дН)

Hosil bo‘lgan monokalsiy fosfat sekin asta kristallanadi. Reaksiya uzoq dovom etadi. Shu jarayonda CaS04 • 0,5 H20 suvini yo‘qotib, angidrit shaklga o‘tadi.

2CaS04 0,5H20=2CaS04+H20

Oddiy superfosfat olish reaksiyasini umumiy holda quyidagicha yozish mumkin.

2Ca5(P04)3F+7H2S04+3H20=3Ca(H2P04)2.H20+7CaS04+2HF

Reaksiyaning batamom tugallanishi, ya’ni monokalsiy fosfatning hosil bo‘lishi va kristallanishning tugashi omborxonada 6—25 sutka mobaynida bo‘ladi. Budavr superfosfatningyetilishi deyiladi.

Yetilishni tezlatish uchun H2S04 ning konsentratsiyasi va haro­ratni oshirish kerak. Ammo H2S04 ning konsentratsiyasi optimaldan oshirilsa, CaS04.0,5H20 ning mayda kristallaming zichlashgan qavati hosil bo'ladi va u H3P04 ni apatitga difFuziyalanishini sekinlashtiradi. Kislotaning (H2S04) optimal konsentratsiyasi 67—68 % li eritmasidir. Reaksion kameraning optimal harorati 110°C bo‘lib, u reaksiya issiqligidan olinadi.

Superfosfatning yetilishini tezlashtirish uchun ko‘pchilik hollarda H2S04 miqdorini stexiometrik hisobdan ortiqcha olinada va reaksiya so‘ngida fosforit uni ammiak bilan neytrallanadi. Bir vaqtning o‘zida asosiy reaksiya bilan bir qatorda apatit yoki fosforit minerali tarkibidagi begona aralashmalar hisobida qo‘shimcha reaksiyalar ham ketadi.

Masalan,

CaMg(C03)2+2H2S04+(n-2)H20= =CaS04.nH20+MgS04+2C02;

K20.Na20.Al203.2Si02+5H2S04=Na2S04+K2S04+

+Al2(S04)3+2Si02+5H20

Kremniy (IY)- oksidi HF bilan birgalikda SIF4 hosil qiladi.

SiOz+4HF = SiF4+2H20

Hosil bo‘lgan SiF4 ning bir qismi ajralib gaz fazaga o‘tadi, qolgan qismi geksaftormetakremniy kislotasiga aylanib eritmada qoladi.

SiF4+2HF=H2SiF(

O

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish