KO‘ZACHA BILAN TULKI
I
Juda qadim zamonda bir yolg‘onchi tulki yashagan
ekan. Bir kuni momiqdum katta yo‘lga chiqib, tuproqqa
ag‘anay boshlabdi. Tulki tuproqda ag‘anayotganda o‘sha
yerga bir karvon yaqinlashibdi. Tulki darhol iniga kirib
yashirinib olibdi.
Karvon o‘sha yerda tunamoqchi bo‘libdi, yo‘lovchilar
tuyalar ustidan og‘ir qoplarni tushirib, olov yoqib ovqat
pishirishibdi, choy qaynatishibdi.
Tuyalar uzoq yo‘l bosib, ancha holdan toygan ekan,
karvonboshi shu yerda uch kun turishlarini aytibdi.
Ular ning gapini eshitib tulkini g‘am bosibdi.
Shunday qilib, tulki uch kun ovqat yemabdi.
To‘rtinchi kuni karvondagilar yo‘lga hozirlik ko‘ra bosh
-
lashibdi. Shunda kimdir ko‘zachani tushirib yuboribdi.
Ko‘zachaning bir bo‘lagi sinib tushibdi. Karvondagilar
yaroqsiz idishni tulkining uyasi yaqiniga tashlab ke-
tishibdi.
50
Tulki uyasidan endi chiqmoqchi bo‘lgan ekan, birdan
shamol turib, singan ko‘zacha g‘uvullay boshlabdi.
– Nahotki karvondagilar to‘rtinchi kun ham shu yer-
da qolishsa! – deb tulki qo‘rqqanidan iniga chuqurroq
joylashibdi.
Tulkivoy uzoq chiday olmabdi.
– Ochlikdan o‘lgandan ko‘ra, o‘qdan o‘lgan yaxshi
-
roq, – deb o‘ylabdi u. Inidan chiqib qarasa, karvon
yo‘q emish. Hammasiga ko‘zacha aybdorligini ko‘rgan
tulki unga baqiribdi:
– Senimi, shoshmay tur! Borib
qornimni to‘yg‘azib kelay, keyin
bir ta’ziringni beraman.
Tulki
yugurib
ov
qilgani
ketibdi. Yurib-yurib bir bo‘lak
go‘sht topib di. Go‘sht uzoqdan
mehrigiyoday o‘ziga tortayotgan
-
mish. Tulki yaqinroq borib qa-
rasa, bir narsa borga o‘xshabdi.
Ovchilar qopqon qo‘yib ketish
-
gan ekan. Tulki nima qilishini
o‘ylab qolibdi. Qarasa, bo‘ri ke-
tayotganmish.
– Nimalarni o‘ylayapsan, do‘s-
tim tulkijon? – debdi bo‘ri.
– Hech narsani o‘ylayotganim yo‘q, – deb javob
beribdi tulki. – Salom, do‘stim!
– Agar saloming bo‘lmaganida seni yutib yuborar
-
dim! – deb tishlarini g‘ijirlatibdi bo‘ri.
– Meni yutguncha ana u yerdagi go‘shtni yuta qol!
Bo‘ri tamshanib, labini yalab:
51
– Nega tayyorgina go‘shtni yemading? – deb so‘-
rabdi. – Balki u bemazadir?
– Axir go‘sht ham bemaza bo‘ladimi? Shundog‘am
yeb qo‘yardim!
– Yana nimalarni istaysan? Bu go‘shtni xayolingga
ham keltirma, – deb bo‘ri go‘shtga tashlangan ekan,
qopqonga tushib qolibdi. Bo‘kirib, tishlarini g‘ijirlatib,
qancha harakat qilsa ham chiqa olmabdi.
1. Tulkining inidan chiqmay yotishi sababini izohlang.
2. Tulki qanday hiyla ishlatib bo‘rini qopqonga tushirdi?
II
Tulki esa go‘shtni bir chekkaga olib borib yeb turib,
debdi:
– Bo‘rivoy, sen dovyuraksan, lekin ko‘p narsalarni
ko‘rmaysan.
Bo‘ri boshini xam qilib yordam so‘rabdi:
– Qadrdon tulkijon, yordam ber. Meni ozod qilgin.
Tulki dumini likillatib:
– Yaqinda meni yutib yubormoqchi bo‘lgan sen
emasmiding? Yo‘q, azizim, ovchilarni kutib turasan, –
deb ketib qolibdi.
Tulki iniga kelib, ko‘zachaga tikilibdi. Unga qanday
jazo berishni o‘ylab-o‘ylab, oxiri suvga cho‘ktirmoqchi
bo‘libdi. Dumiga bog‘lab, ariq bo‘yiga sudrab ketibdi.
Ko‘zacha ichiga suv to‘lib, qulqullagan sari tulkining
battar jahli chiqibdi:
– Jim bo‘l, ey ahmoq! O‘liming yaqinlashsa-yu, sen
kulasan!
52
Ko‘zacha qulqullab-qulqullab to‘libdi-da, tulkini ham
suvga torta boshlabdi.
Shunda tulki yalinib:
– Voy, ko‘zacha, azizim! Axir dumimni uzib yu-
borasan-ku! Boshqa qilmayman, qo‘yib yubor meni! –
debdi.
Ko‘zacha bo‘lsa indamay tulkini chuqurroqqa tortib
boraveribdi. Tulki ovozining boricha noliy boshlabdi:
– Qo‘yib yubor, ko‘zacha, og‘ayni, o‘lyapman! – deb
bor kuchi bilan bir silkingan ekan, dumi uzilib ketibdi.
Qirg‘oqqa sakrab chiqsa, ro‘parasida bo‘ri paydo
bo‘libdi.
– Ha, tulkijon! Qo‘lga tushmayman, deb o‘ylagan-
dirsan-a?
Ammo tulki sira qo‘rqmabdi.
– Eh, do‘stim! Axir nega mendan xafa bo‘lasan,
nahotki sen taklif qilgan ziyofatdan bosh tortgan bo‘l-
sam? – debdi tulki.
Bo‘rining battar jahli chiqibdi:
– Axir sen meni tuzoqqa ilintirding! Endi dunyoga
kelganingga pushaymon bo‘lasan.
Tulki bunga ham gap topibdi.
– Bo‘ri, og‘ayni, qanaqa xafachilik haqida gapiryapsan?
– Endi meni alday olmaysan. Qani, shikastlangan
oyog‘imning haqini to‘lagin-chi, – debdi bo‘ri.
– Axir tushunsang-chi, bu baxtsizligingga kim aybdor
o‘zi? – debdi tulki.
– Dumli tulkining o‘zginasi.
– Unda bu men emas, – deb ayyor tulki bo‘riga
cho‘ltoq dumini ko‘rsatib, qutulib qolibdi.
Shu bilan ertak ham tugabdi.
53
1. Tulki bo‘rini qanday qilib aldadi? Ular bir-birlariga
qanday so‘zlar bilan murojaat qildilar?
2. «Ayyor tulki» mavzusida bayon yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |