YAXSHI BO‘LDI
Nosir Fozilov
Ko‘cha yuziga katta, dang‘illama uy tushgan-u,
hali bitmagan edi. Ko‘chadan o‘tganlar: «Yaxshi uy
bo‘larkan-u...» deyishar, uning ko‘pdan beri chala yot
-
ganini ko‘rib: «Biroq ko‘chaning husnini buzib turgani
yomon bo‘libdi-da», – deb achinardilar.
Bilmasangiz bilib oling, ko‘cha husnini buzib tur
-
gan bu uy Husanlarniki edi. Mana, bugun uyning kam-
ko‘stini tuzatish uchun hasharchilar kelishgan. Ular orasi
-
da kechagina Husanning o‘zi borib chaqirib kelgan Iso
bobo ham bor. Iso bobo shu qishloqda imo rat ustasi.
U kamgap, o‘nta gapirganingda zo‘rg‘a bitta og‘iz ochib
javob qaytaradi. Hushi kelib tursa, juda sergap bo‘lib
ketadigan odati ham bor. Boshqa hasharchilar tomda
o‘zlari bilan o‘zlari ovora. Ular deyarli yoshlar edi. Nima
122
ham bo‘ldi-yu, hasharchilar o‘z o‘g‘illarini maqtay ketishdi.
Biri o‘g‘lini odobli desa, biri o‘g‘lini qo‘rqmas, kuchli deb
maqtar edi. Ba’zan ular tomdan:
– Nima deysiz, Iso bobo, shundaymi? – deyishsa,
Iso bobo hech mulohazaga bormay, ensasi qotib:
– Shunday! – deb qo‘ya qolardi.
– Mening o‘g‘lim axir bir ishning
boshini tutadi-da, – dedi Husanning da
-
dasi, – qo‘lidan kitob tushmaydi, o‘qigani-
o‘qigan. Nima deysiz, Iso bobo?
Iso bobo shu mahal narvonda
turib, uyning bo‘g‘otini tuzatayotgan
edi. Bitta g‘isht kerak bo‘lib qoldi:
narvondan tu shib, engashib zo‘rg‘a
oldi. Olib chiqib, o‘rniga yaxshilab
qo‘ydi. Shundan keyingina javob ber
-
di: – Shunday!
U yana bir nima demoqchi bo‘lib og‘zini juftladi-yu,
aytmoqchi bo‘lgan gapini ichiga yutdi... Shu payt Husan
o‘z o‘rtoqlari Safar, G‘ani bilan ko‘chadan kirib keldi.
Safar bilan G‘ani ustalarga salom berishdi. Husan bo‘lsa
hech narsa demay, qo‘ltig‘ida qandaydir bir kitob bi
-
lan uyga kirib ketdi. Shu mahal Iso boboga yana g‘isht
kerak bo‘lib qoldi. U pastga tushmoqchi bo‘layotganda
Safar payqab qolib, bitta g‘ishtni ko‘tardi: – Tushmay
qo‘ya qoling, bobo, mana, oling. Yana kerakmi?
– Ha, barakalla, o‘g‘lim, baraka top, katta yigit bo‘l...
Husan uydan chiqib, G‘anining oldiga keldi. Ikkalasi
ham tomdagi ustalarning ishini tomosha qilishardi.
– Iso bobo, gapimiz chala qoldi-ku, shunday qilib,
o‘g‘ilchalarning qaysi biri yaxshi bola bo‘ladi? – dedi
tomdagi hasharchilardan biri. Iso bobo indamadi.
123
– Qaysinisi bo‘lardi, ko‘rib turibsan-ku, mana buni
-
si yaxshi-da, – dedi hasharchilardan biri pildirab g‘isht
tashiyotgan Safarni ko‘rsatib. – Bobosiga yordam be
-
rayotgan o‘g‘il yaxshi bo‘lmay, belini ushlab, tomosha
qilib turgan o‘g‘il yaxshi bo‘larmidi?..
1. Hasharchilar o‘g‘illarini nima deb maqtashdi? Husan
-
ning dadasi-chi?
2. Iso bobo Safarni nima uchun maqtadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |