SHAHZODANING BOLALIGI
Erkin Samandar
Kuzbor Malik kelib malika Oychechak huzurida ehti
-
rom ila bosh egdi.
– Yo‘qlagan ekansiz, malikam!
Oychechak unga yonidan joy ko‘rsatib, o‘tirishga imo
qildi.
– Siz yaqinimsiz, Kuzbor og‘a, – dedi malika nigohini
unga tikib, – shuning uchun sizga ishonaman.
– Malikam!
Malik uning qarshisida tiz cho‘kdi.
105
– Buyuring, ne yumush! Nima qilay? Qayga boray?
Oychechak qo‘li bilan o‘tiradigan joyni ko‘rsatdi.
– Og‘a, o‘tiring.
Kuzbor sadoqat to‘la nigohini unga tikib so‘z qotdi:
– Siz, buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men qulingizman,
xolos.
Oychechak minnatdorchilik bilan unga qarab, dedi:
– Sizga, og‘am, zarur yumushim bor. O‘g‘lim Jalo
-
liddinni qo‘lingizga topshirmoqchiman. Uni tarbiya qiling.
Toki u injiq-tantiq shahzoda emas, balki chinakam baho
-
dir yigit bo‘lsin!
Oychechak oltin to‘la hamyonni unga uzatdi.
– Jaloliddinni o‘z otalig‘ingizga olib, yaxshi tarbiya
berasiz.
Oychechak e’tirozga og‘iz juftlamoqchi bo‘lgan Kuz
-
borga endi amr etdi:
– Uni ayamang. Bilgan narsangizni o‘rgating. Alp yi git
bo‘lsin. Xudoga shukur, savodini chiqardi. Zehni o‘tkir.
Ammo siz unga harbiy ilmni astoydil o‘rgating. Men
sizni hozirgi xizmatingizdan ozod qildiraman. Vazifangiz
faqat o‘g‘lim bilan shug‘ullanish! Bu faqat mening emas,
balki Xorazmshohning ham amridir!
– Bosh ustiga, malikam!
Oychechak ko‘ziga to‘lgan yoshlarni ko‘rsatmaslikka
harakat qildi.
– Uni yuzxotir qilmang. Jaloliddin – valiahd, ammo
bugundan e’tiboran shogirdingiz, o‘quvchingiz.
Kuzbor ta’zim ila chiqib ketgach, Oychechak o‘zini
yig‘idan to‘xtata olmadi. Ona uchun o‘g‘lining o‘zidan
uzoqlashishi naqadar og‘ir edi.
Mamlakatning ko‘rkam viloyatlaridan birida Kuzbor
Malik shahzoda uchun qarorgoh hozirladi. Bu yerda uning
106
asl zotli mingga yaqin yilqilari boqilar edi. U shahzodaga
birinchi navbatda otda yurishni o‘rgatdi.
– Yilqilarning orqasidan borsangiz, tepadi, – dedi
Kuzbor, – oldindan borsangiz, tishlaydi. Bunday otni
yonboshidan borib, chap tomondan bo‘lsa, chap qo‘l bi
-
lan, o‘ng tomondan bo‘lsa, o‘ng qo‘l bilan uning yo‘lidan
tutib, tezlik bilan o‘zingizni ustiga oling. Otning yolini
qo‘ldan chiqarmang. Agar yol qo‘ldan chiqsa, yerga qat-
tiq yi qilishingiz mumkin. Oyoq ostida qolish xavfi bor.
Otning ustida o‘rnashib olgandan keyin ikki tizzalab otni
siqib turib, yolini qo‘yib yuboring. Ot minilmagan bo‘lsa
ham, chopib-chopib o‘zi yuvoshlanib qoladi.
Ular har kuni ovga chiqishar edi. Jaloliddin ot chop
-
tirib yoydan otmoqni: o‘ngdan, so‘ldan, oldindan va
orqadan mo‘ljalga urmoqni o‘rgandi.
Kuzbor Malik unga ikki qo‘lda qilich ishlatish va cha
-
vandozlik mahoratini namoyish qildi. Kuzbor tengi yo‘q
chavandoz edi. U uch otni yondoshtirib, birinchisidan
uchin chisiga, uchinchisidan birinchisiga, so‘ng ikkinchisiga
ep chillik bilan sapchib o‘ta olar, chopib borayotgan otda
egarning ustidan uning yonboshiga egilib, ko‘zdan g‘oyib
bo‘la olardi. Jaloliddin ham shunday mashqlar qila bosh
-
ladi.
Kuzbor jang-jadallar ko‘rgan bo‘lib, Jaloliddin uning hi -
koyalarini zavq bilan tinglar, ayniqsa, xorazmshohlar ta-
rixiga oid voqealarga juda qiziqar edi. U Kuzbor Malik
-
dan bobosi Takishning jasurligi haqida ham ko‘p hikoyalar
eshitdi.
1. Malika Kuzbor Malikka nima uchun o‘g‘li Jaloliddinni
ayamasdan tarbiya qilishni topshirdi?
2. Kuzbor Malikning Jaloliddinga chavandozlik va o‘q
otish sirlarini o‘rgatishining sababini izohlang.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |