Toshkent viloyatini geografik oʼrni, gidrogeoligik holati va asosiy sugʼorish manbalari toʼgʼrisida maʼlumot


Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron



Download 24,5 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi24,5 Kb.
#469833
1   2   3   4
Bog'liq
HISOBOT

Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʼgʼrisida NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining (keyingi oʼrinlarda Havza boshqarmasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari va huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Havza boshqarmasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjalik vazirligi faoliyatini tashkil toʼgʼrisida”gi PQ-3672-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjalik vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 500-sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi 39-sonli buyrugʼi asosida tashkil etilgan.
Havza boshqarmasi suv resurslarini boshqarish soxasida Samarqand viloyatida yagona organ hisoblanib, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligiga boʼysunadi.
3. Havza boshqarmasi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, Suv xoʼjaligi vazirligining buyruqlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Havza boshqarmasining oʼz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Havza boshqarmasi va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, ular Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʼaznachiligida gʼaznachilik shaxsiy hisob raqamlariga, banklarda hisob raqamlariga ega.
6. Havza boshqarmasining rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʼliq – Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, qisqartirilgan nomi – Chirchiq-Ohangaron ITHB; b) rus tilida: toʼliq – Chirchik-Аxangaranskoe basseynovoe upravlenie irrigatsionnыx
sistem, qisqartirilgan nomi – Chirchik-Аxangaranskiy BUIS;
7. Havza boshqarmasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100013, Toshkent shahri, Rohat koʼchasi, 13-uy.
II bob. Havza boshqarmasi tuzilmasi
8. Havza boshqarmasi tuzilmasiga quyidagilar kiradi: Havza boshqarmasining markaziy apparati
Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi
Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya
“Boʼzsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
“Ohangaron-Dalvarzin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
“Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi
Bekobod tumani irrigatsiya boʼlimi
Boʼka tumani irrigatsiya boʼlimi
Boʼstonliq tumani irrigatsiya boʼlimi
Qibray tumani irrigatsiya boʼlimi
Oqqoʼrgʼon tumani irrigatsiya boʼlimi
Ohangaron tumani irrigatsiya boʼlimi
Parkent tumani irrigatsiya boʼlimi
Piskent tumani irrigatsiya boʼlimi
Quyi Chirchiq tumani irrigatsiya boʼlimi
Toshkent tumani irrigatsiya boʼlimi
Yuqori Chirchiq tumani irrigatsiya boʼlimi
Zangiota tumani irrigatsiya boʼlimi
Oʼrta Chirchiq tumani irrigatsiya boʼlimi
Chinoz tumani irrigatsiya boʼlimi
Yangiyoʼl tumani irrigatsiya boʼlimi
III bob. Havza boshqarmasining vazifa va funktsiyalari 9. Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Havza boshqarmasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni samarali bajarish;
Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror va oqilona taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash choralarini koʼrish; viloyatda irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stantsiyalari va boshqa suv xoʼjaligi va gidrotexnika inshootlarining ishonchli ishlashini taʼminlash, yirik va alohida muhim suv xoʼjaligi obʼektlarini muhofaza qilishni tashkil etish; suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv resurslaridan ehtiyotlab va oqilona foydalanish uchun javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish; suv xoʼjaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalar va ilgʼor tajribalarni, suv xoʼjaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy qilish;
boshqarma faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tegishli
boshqarmalar bilan kelishib ishlab chiqadi va vazirlik bilan kelishadi; suv xoʼjaligi sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, suv xoʼjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy muassasalar oʼrtasidagi integratsiyani mustahkamlash, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish choralarni koʼrish.
10. Havza boshqarmasi oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) Toshkent viloyatida suv resurslarini boshqarish boʼyicha yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli taʼsirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, xoʼjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
suv xoʼjaligi va irrigatsiyani rivojlantirish, sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʼyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqadi; global iqlim oʼzgarishi aholi hayoti va faoliyati rivojlanishiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; suv resurslaridan foydalanishni hisobga olish va davlat suv kadastrini
yuritishni tashkil qiladi; suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida (kommunal sohadan tashqari) suv resurslaridan foydalanish boʼyicha maʼlumotlar bazasini yaratadi; suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tuzish va ularni rivojlantirishda, shuningdek, ular xizmat koʼrsatadigan zonada suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʼrsatadi; suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʼrtasida oʼzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tegishli davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, suvlarning zararli taʼsirini oldini olish va tugatish boʼyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; davlat siyosatining suv xoʼjaligi sohasidagi asosiy yoʼnalishlari, ularni amalga oshirishning strategiya va mexanizmlari boʼyicha Suv xoʼjaligi vazirligiga takliflar kiritadi;
b) viloyat hududlarini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror va oqilona taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash choralarini koʼrish sohasida:
suv resurslarining integratsiyalashgan boshqarish rejalarini, ulardan kompleks foydalanish, melioratsiya va suv xoʼjaligini rivojlantirishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlaydi; mamlakat suv xavfsizligini taʼminlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish va foydalanishni taʼminlash boʼyicha qisqa, oʼrta va uzoq muddatlarga moʼljallangan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi; suv resurslarining havza tamoyili va butun vertikal boʼylab samarali boshqarish asosida hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ishonchli va barqaror taʼminlashni amalga oshiradi; suv resurslari prognozlarini kompleks tahlil qiladi va suv resurslari balanslarini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʼyicha, yer osti suvlari boʼyicha esa geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda suv olish limitlarini belgilaydi; suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli
tartibining amalda qoʼllanilishini taʼminlaydi; sunʼiy suv obʼektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va takliflarni koʼrib chiqadi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, geologiya va mineral resurslar organlariga tabiiy suv obʼektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnomalar berish boʼyicha takliflar kiritadi; korxonalar, inshootlar hamda suv va suv obʼektlari holatiga taʼsir qiladigan boshqa obʼektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʼyicha loyihalarni koʼrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi;
v) viloyatda irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stantsiyalari va boshqa suv xoʼjaligi va gidrotexnika inshootlarining ishonchli ishlashini taʼminlash, muhofaza qilishni tashkil etish sohasida:
irrigatsiyani rivojlantirish va sugʼoriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash boʼyicha davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; loyiha-qidiruv va ilmiy tadqiqot ishlarining hamda suv xoʼjaligi obʼektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʼyicha loyiha-smeta hujjatlarining idoraviy ekspertizasi oʼtkazilishini taʼminlaydi; suv xoʼjaligi obʼektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʼyicha loyihalarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini hamda tugatilgan ishlarni belgilangan tartibda qabul qilishni tashkil etadi va taʼminlaydi; suv xoʼjaligi tizimiga kiradigan loyiha-qidiruv, pudrat, sanoat va
boshqa korxona va tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi; irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, yirik gidrotexnika inshootlari va suv omborlari, nasos stantsiyalari hamda boshqa davlat suv xoʼjaligi obʼektlarining ishonchli ishlatilishini taʼminlaydi; suv xoʼjalik obʼektlari, shu jumladan, suv isteʼmolchilari uyushmalarining sugʼorish va kollektor-drenaj tarmoqlari texnik holatining tizimli monitoringini yuritadi, ularni pasportlashtirish ishlarini bajaradi va davlat suv kadastrini tuzadi; sugʼoriladigan yerlarning gidrogeologik va meliorativ holatini, kollektor-drenaj tizimlaridan samarali foydalanish, ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashni, sugʼoriladigan yerlarning qulay meliorativ holati barqarorligini taʼminlashning tizimli monitoringini yuritadi; suv, energetika va boshqa moddiy-texnik resurslarni tejash choralarini
koʼradi; suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʼjaligi obʼektlarini texnik ishlatish va rekonstruktsiya qilish hamda taʼmirlash ishlarini
muvofiqlashtiradi;
g) Toshkent viloyatida suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv resurslaridan ehtiyotkorlik bilan va oqilona foydalanishlari uchun javobgarligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish sohasida:
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining masʼuliyatini oshirish boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularni takomillashtirishda ishtirok etadi; vazirlikning suv xoʼjaligidan foydalanish tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya qilishlari boʼyicha javobgarligini oshirish choralarini koʼradi; ommaviy axborot vositalari, shuningdek, anjumanlar, seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʼtkazish orqali suv resurslarini asrash va ulardan tejamli foydalanish boʼyicha targʼibot ishlarini olib boradi; taʼlim muassasalarining yosh avlodni suvdan avaylab-asrab foydalanish ruhida tarbiyalash va suvdan foydalanish madaniyatini oshirish boʼyicha tadbirlarida ishtirok etadi; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda suv boʼyicha ommabop resurslar bilimlar bazasini yaratish va rivojlantirish boʼyicha ishlarni tashkil qiladi;
d) Toshkent viloyatida suv xoʼjaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, zamonaviy suvni tejovchi texnologiyalar va ilgʼor tajribalarni, suv xoʼjaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy qilish sohasida:
suv resurslaridan oqilona foydalanish sohasida dolzarb muammolarning innovatsion ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni faol ravishda joriy etishga qaratilgan davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda qatnashadi; suv xoʼjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va
konstruktorlik ishlarini rivojlantirishni har tomonlama qoʼllabquvvatlaydi va ularga yordam koʼrsatadi;
suv xoʼjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yoʼnalishlarini belgilaydi hamda shartnoma asosida ularning bajarilishini tashkil qiladi; zamonaviy fan-texnika yutuqlarini hamda ilgʼor tajribalarni qurilish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va tiklashga, shuningdek, suv xoʼjaligi tizimini boshqarishning innovatsion usullari va suvni tejaydigan ilgʼor texnologiyalarni joriy etish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qiladi; qishloq xoʼjaligi ekinlarini tomchilatib sugʼorish tizimi va boshqa suvni tejaydigan sugʼorish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;
ye) Toshkent viloyatida suv xoʼjaligi sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, suv xoʼjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy muassasalar oʼrtasidagi integratsiyani mustahkamlash, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish choralarni koʼrish sohasida:
suv xoʼjaligi sohasidagi kadrlar, mutaxassislar, shu jumladan, suv xoʼjaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish boʼyicha oʼquv kurslarini respublikaning ixtisoslashtirilgan suv xoʼjaligi tashkilotlari, taʼlim va ilmiy muassasalarida, kasb-hunar kollejlarida, shuningdek, chet elda muntazam ravishda tashkil etadi; suv xoʼjaligi tashkilotlarining taʼlim va ilmiy muassasalar bilan oʼzaro integratsiyasini kuchaytirish boʼyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; suv xoʼjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari professor va oʼqituvchilarining malakasini oshirishni va talabalarning hamda kasb-hunar kollejlari oʼquvchilarining oʼquv-ishlab chiqarish amaliyotini sifatli oʼtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi; suv xoʼjaligi sohasida zamonaviy va ilgʼor texnologiyalarni joriy etish va keng qoʼllash boʼyicha strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir boʼlgan yuqori investitsion loyihalarning oʼz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlar investitsiyalari, imtiyozli kreditlari va texnik koʼmak mablagʼlari (grantlar) ni jalb qilishda ishtirok etadi.
IV bob. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining vazifa va funktsiyalari
11. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Boshqarmaga yuklangan vazifa va funktsiyalarni samarali amalga oshirish; irrigatsiya tizimi boʼyicha suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda suvdan foydalanish tartibiga rioya etilishini taʼminlash; irrigatsiya tizimi boʼyicha suv resurslarini oqilona boshqarish; irrigatsiya tizimi va gidrotexnika inshootlarini texnik xavfsizligi va
ishonchli foydalanishni taʼminlash; suvdan foydalanish boʼyicha hisob va hisobotni olib borish; suv resurslarini iqtisod qiluvchi texnologiyalarni qoʼllash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va ajratilgan mablagʼlardan, moddiy texnika resurslaridan, texnika jihozlaridan maqsadli foydalanish.
12. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʼzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
irrigatsiya tizimi boʼyicha suv resurslarini oqilona boshqarish; irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan irrigatsiya tizimi boshqarmasiga oʼrnatilgan suv olish limiti doirasida tumanlar irrigatsiya boʼlimlariga va alohida suv xoʼjaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga suvni yetkazib berish hamda tizimdagi nasos stantsiyalar va agregatlarning ish rejimini kelishish; irrigatsiya tizimini tezkor ishlatish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʼlmagan boʼlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etish; tumanlar irrigatsiya boʼlimlari va alohida suv xoʼjaligi ekspluatatsiya
tashkilotlari bilan suvdan foydalanish boʼyicha shartnomalarni tuzish; umumiy suv xoʼjaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish boʼyicha Havza boshqarmasiga takliflar kiritish.
V bob. Tumanlar irrigatsiya boʼlimlarining vazifalari va funktsiyalari
13. Tumanlar irrigatsiya boʼlimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
boʼlimga yuklangan vazifa va funktsiyalarni samarali amalga oshirish; kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan
hamkorlik qilish; tuman suv xoʼjaligi tarmogʼini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalar, ilgʼor mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilishga yoʼnaltirilgan yagona suv xoʼjaligi siyosatini amalga oshirish; suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xoʼjaligi obʼektlari va gidrotexnika inshootlarini rekonstruktsiya qilish va zamonaviylashtirish choralarini koʼrish.
14. Tumanlar irrigatsiya boʼlimlari oʼzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
suv xoʼjaligi sohasini rivojlantirish boʼyicha tarmoq va mintaqaviy
dasturlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi; iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan, qishloq xoʼjaligida suvni
tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi; suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, ularning samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv isteʼmolining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini faol joriy etish, suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish va takomillashtirishni taʼminlaydi; suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tuzishda uslubiy va amaliy yordam koʼrsatadi, suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv xoʼjaligi obʼektlarini texnik ekspluatatsiya, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlarini muvofiqlashtiradi; irrigatsiyani rivojlantirish va sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʼyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi; ilmiy asoslangan sugʼorish rejimlarini, tomchilatib sugʼorish tizimi va
suvni tejaydigan boshqa sugʼorish texnologiyalarini joriy etishni tashkil qilishga koʼmaklashadi; ichki xoʼjalik sugʼorish tizimlarini taʼmirlash va ularni rivojlantirishni, shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishni muvofiqlashtiradi; suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va maʼmuriy tumanlar boʼyicha suv berish limitlarini belgilash, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini suvdan tejab foydalanishlarini ragʼbatlantirish boʼyicha takliflar kiritadi; suv isteʼmolchilari uyushmalariga suv isteʼmoli boʼyicha shartnomalar tuzish, sugʼorish tarmoqlarini suvni boshqarish va suv oʼlchash vositalari bilan jihozlash ishlariga koʼmaklashadi va muvofiqlashtiradi; suv xoʼjaligi obʼektlari infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʼyicha kontseptsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarning, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishida ishtirok etadi; oʼzaro hisob-kitoblar mexanizmini va qarzdorliklarning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilish, koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va kengaytirish asosida suv isteʼmolchilari va suv isteʼmolchilari uyushmalari oʼrtasidagi oʼzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; suv isteʼmolchilari va xizmat koʼrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari
oʼrtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi monitoringini yuritadi; suv xoʼjaligi sohasidagi kadrlar va mutaxassislar, shu jumladan, suv isteʼmolchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil qilishga yordam beradi; suv xoʼjaligi sohasidagi oliy oʼquv muassasalari talabalari va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilarining oʼquv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi.
VI bob. Havza boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari
15. Havza boshqarmasi oʼziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʼz vakolatiga kiruvchi masalalarni yechish uchun zarur boʼladigan maʼlumotlarni hududiy boʼlimlaridan, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʼrash va olish; oʼz vakolatlari doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʼyicha takliflar tayyorlash va ularni koʼrib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish; oʼz vakolatlari doirasidagi masalalar boʼyicha davlat va xoʼjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʼrib chiqish uchun takliflar kiritish; suv resurslaridan foydalanish toʼgʼrisida maʼqullash uchun taqdim
qilinayotgan qarorlar loyihalari boʼyicha xulosalar berish; suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʼyicha takliflar kiritish.
Havza boshqarmasi qonun hujjatlarida koʼzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
16. Havza boshqarmasi:
hududiy boʼlimlari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va
funktsiyalarning oʼz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash; hududiy boʼlimlarining faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan prognoz
koʼrsatkichlarga erishilishini taʼminlash; vazirlikka kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati; vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va
oqibatlari; tumanlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida viloyat suv xoʼjaligini rivojlantirish toʼgʼrisida takliflar tayyorlash; viloyatda suv xoʼjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʼyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʼl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun masʼuldir.
VII bob. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining huquq va majburiyatlari
17. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʼzlariga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʼz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʼladigan maʼlumotlarni davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining tumanlar (shaharlar) boʼlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʼrash va olish; oʼz vakolatlariga kiradigan masalalar boʼyicha Havza boshqarmasining hududiy boʼlinmalariga va mahalliy hokimiyat organlariga koʼrib chiqish uchun takliflar kiritish; suv resurslaridan foydalanish toʼgʼrisida kelishish uchun taqdim
qilinadigan qarorlar loyihalari boʼyicha xulosalar berish; suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka
tortish boʼyicha takliflar kiritish; xoʼjalik sudlariga suv xoʼjaligi tashkilotlarining manfaatlarini himoya
qiluvchi daʼvo arizalarini berish; favqulodda holatlarda irrigatsiya tizimi boshqarmasining xizmat koʼrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarni oldini olish va roʼy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun jalb qilish.
Irrigatsiya tizimi boshqarmalari qonun hujjatlarida koʼzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʼlishlari mumkin.
18. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari:
Havza boshqarmasining hududiy boʼlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funktsiyalarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasi hududiy boʼlinmalarining faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan prognoz koʼrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasiga kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
Havza boshqarmasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Havza boshqarmasi hududiy boʼlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari; aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida suv xoʼjaligini rivojlantirish toʼgʼrisida takliflar tayyorlash; suv xoʼjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʼyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʼl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.
VIII bob. Tumanlar irrigatsiya boʼlimlarining huquqlari va majburiyatlari
19. Tumanlar irrigatsiya boʼlimlari oʼzlariga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʼz vakolatiga kiradigan masalalarni yechish uchun zarur boʼladigan maʼlumotlarni davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining tumanlar (shaharlar) boʼlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʼrash va olish; oʼz vakolatlariga kiradigan masalalar boʼyicha Boshqarma va mahalliy
hokimiyat organlariga koʼrib chiqish uchun takliflar kiritish; suv resurslaridan foydalanish toʼgʼrisida maʼqullash uchun taqdim
qilinayotgan qarorlar loyihalari boʼyicha xulosalar berish; suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka
tortish boʼyicha takliflar kiritish; iqtisodiy sudlarga suv xoʼjaligi tashkilotlarining manfaatlarini
himoya qiluvchi daʼvo arizalarini berish.
Tumanlar irrigatsiya boʼlimlari qonun hujjatlarida koʼzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʼlishlari mumkin.
20. Tumanlar irrigatsiya boʼlimlari:
oʼzlariga yuklangan vazifa va funktsiyalarning oʼz vaqtida va sifatli
bajarilishini taʼminlash; mahalliy davlat hokimiyati organlariga va Havza boshqarmasining hududiy boʼlinmalariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Havza boshqarmasi tomonidan qabul qilinadigan qaror, buyruq va topshiriqlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari; suv xoʼjaligi tashkilotlari manfaatlariga dahldor boʼlgan dolzarb muammolarni hamda tumanlarning infratuzilmasini rivojlantirishga toʼsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanlar suv xoʼjaligi infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish; tumanlarda suv xoʼjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni yechish boʼyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʼl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun masʼuldirlar.
Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish