Toshkent viloyati xtxqtmoi



Download 336 Kb.
Sana10.04.2017
Hajmi336 Kb.
#6455
TOSHKENT VILOYATI XTXQTMOI


Geografiya fanidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzu yuzasidan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanma

( VI-sinf )

D. Abdullayeva




Toshkent 2014 yil


Geografiya

6- sinf

Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi


Mavzu

Yevrosiyoning geologik tuzulishi va foydali qazilmalari. Relyefi.

Maqsad, vazifalar

Maqsad: O‘quvchilarda Yevrosiyoning tabiiy geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; Yevrosiyo materigi geologik tuzilishi, relyefi va foydali qazilmalariga oid o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarni eslatish; materikning geologik taraqqiyoti, relyefi va foydali qazilmalar joylashishidagi xususiyatlarni ochib berish, asosiy relyef shakllarining materik bo‘ylab joylashishini ko‘rib chiqish, materik relyefiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi kuchlar haqida, materikdagi harakatda va so‘ngan vulqonlar haqida bilim berish.

O‘quv jarayonining

mazmuni



Vazifalar:

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.


O‘quv jarayonini

Amalga oshirish texnologiyasi



Uslub: “Aqliy hujum”,“Guruhlar bilan ishlash”.

Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, amaliy mashg‘ulot.

Vosita: Dunyo tabiiy xaritasi, Yevrosiyo tabiiy va foydali qazilmalari xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi, tarqatma savollar.

Usul: Tayyor yozma materiallar, mavzuga oid xaritalar asosida.

Nazorat: Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi:

Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.


O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar


Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.



O‘quvchi:

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.





Mashg‘ulotning borishi

Darsning tashkil etish shakllari:

a) salomlashish

b) davomatni aniqlash.

c) ob-havo so`rash

d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish

Dars uslubi. Savol-javob, guruhlarga bo`lish, suhbat.
Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash 6 daqiqa).

4.“Geografik nomlarni bilasizmi?” elektron doskasi orqali bilimlarni tekshirish (5 daqiqa).

5. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (8 daqiqa).

6.“Yevrosiyo relyefi” filmini ko‘rish (4 daqiqa).

7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (5 daqiqa).

8. Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa).

9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

11. Uyga vazifa.



1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

O`quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).



I-guruh. Kavkaz

II-guruh. Himolay


III-guruh. Hisor

IV-guruh. Pomir

V-guruh. Zagros
3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 6 daqiqa).

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi).
1-savol

Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmyning xizmatlari va materik o‘lkalari tabiati haqida yozgan asarlarini ayting.



javob: O‘rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad al-Xorazmiyining xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o‘rganishga alohida e’tibor bergan. Uning boshcvhiligida 70 ga yaqin olimlar “Jahon xaritalari”ni tizishgan. Bu xaritalar asosida Xorazmiy “Kitob surat al- arz”(Yerning surati) kitobini yozgan. Kitobga o‘nlab xaritalar va ularning izohi ilova qilingan. Ko‘plab geografik obyektlarga tavsif berib, koordinatalarni o‘lchagan va Yer kurrasining kattaligini aniqlagan.
2 -savol

Nima uchun Beruniy qonuni deb ataldi?



Javob:

Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Amudaryo misolida “daryolar keltirayotgan tog‘ jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to‘g‘ri proporsional”ekanligini aniqladi. Bu, keyinchalik, Beruniy qonuni deb aytiladigan bo‘ldi.


3- savol

Zahiriddin Muhammad Bobur materikning qaysi hududlari haqida ma’lumotlar qoldirgan?



Javob:

Zahiriddin Bobur O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Hindiston hududining aholisi, xo‘jaligi haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Ayniqsa uning “Boburnoma” asaridagi geografik ma’lumotlari ibratli va diqqatga sazovordir.


4- savol

Nima uchun Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi?



Javob:

Yevrosiyoning eng qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Gretsiya hududlarida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Amerika aks ettirilgan.


5-savol

Yevrosiyo materigi to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma’lumotlar qaysi allomolarning asarlarida berilgan?


Javob: Materik to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma’lumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalarda Gerodot, Geraklit, Strabon, Aflotun (Aristotel), Ptolemey va boshqalarning asarlarida berilgan.

O‘qituvchi tomonidan guruhlarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi. ( rag‘bat bayroqchasi ilova qilinadi).

4. “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektron doskasi orqali bilimlarini tekshirish. (5 daqiqa)

Izoh: O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan “Geografik nomlarni bilasizmi” elektron doskasi orqali o‘quvchilarga o‘tilgan mavzularga doir qisqa muddatli savollar beriladi.

(elektron doskasi orqali bilimlarini tekshirish ilova qilinadi).

O‘qituvchi tomonidan guruhlarning to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.

  1. Yangi mavzu bayoni

O‘qituvchining kichik ma’ruzasi (8 daqiqa)

Yangi mavzuni o‘tish jarayonida tanlangan (“Guruhlar bilan ishlash”) usuldan -yaxshi qobiliyatli o‘quvchilarni yuqori natijalarga erishish imkoniyati yuqori bo‘lishi tabiiy. Lekin shunga qaramay, pastroq qobiliyatli o‘quvchiga qulay shroitlar yaratilganda yuqori natijalarga erishiladi. Shu o‘rinda ilg‘or pedagogik tehnologiyalarning usullaridan o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Yangi dars bayoni

Reja:

1. Yevrosiyoning geologik tuzilishi.

2. Materikning qazilma boyliklari.

Materik geologik tuzilishiga ko‘ra ko‘p geologik davrlar davomida boshqa materiklar bilan bog‘ liq bo‘lgan.

Agar biz Yevropani o‘zini alohida geologik tarixi taraqqiyotini analiz qilib ko‘radigan bo‘lsak Yevropada to‘rtta tektonik oblastni ajratish mumkin:

1). Sharqiy Yevropa (Rossiya) platformasi (bu platforma kattIq qismining burmali fundamenti asosan paleozoydan oldin tarkib topgan).

2). Kaledon tektonik oblasti, bunda burmalanishning asosiy bosqichlari quyi paleozoyda tugagan.

3). Gersin oblasti, uning glosinklinal taraqqiyoti yuqori paleozoyda tugagan.

4). Yevropaning boshqa hamma hududlarini egallagan Alp oblasti.

Osiyo Yer yuzasining to‘rtdan uch qismidan ortiqrog‘ini turli balandlikdagi va shakldagi tog‘ tizmalari hamda tog‘liklar, yassi tog‘ lik va platolar ishg‘ol qilgan; ular Osiyoning markaziy o‘lkalar orasida Tibet, Eron, va Kichik Osiyo tog‘liklari, Markaziy Osiyoning shimoliy qismidagi hamda Hindiston yarim orolidagi yassi tog‘lik va tog‘liklar ayniqsa katta maydonlarni ishg‘ol qiladi. Ana shu yassi tog‘lik va tog‘ liklarni chekka tog‘lar ulkan yoylar shaklida o‘rab olgan. Bu chekka tog‘lar ba’zi yerlarda bir-birlaridan ajralib, ikkinchi tog‘ kamarini hosil qiladi, ba’zi joylarda esa ular yana yagona tog‘ tuguniga aylanadi. Bu tog‘lar kamari orasidagi eng baland tog‘ tizmalari Kichik Osiyo tog‘ligining shimolidagi Pontiya, janubidagi Tavr, Eron tog‘ligini o‘rab turgan Turkman-Xuroson, Hindikush (shimolda), Zagros, Mekron va Sulaymon tog‘lari (janub va sharqda), Tibet tog‘ligini o‘rab turuvchi Qoraqum va Kunlun (shimolda) hamda Himolay (janubda) tog‘ tizmalaridir.

Osiyoning G‘arbiy Sibir va Turon tekisliklaridan boshqa tekisliklari katta emas. Tekislikar Osiyoning ichki rayonlarida ham, chekkalarida ham bor. Osiyoning pastak tekisliklari uning chekkalarida joylashgan. Tekisliklar tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular tog‘larda yemirilgan mahsulotlar, asosan allyuvial jinslar bilan tez to‘lib boradi. Shu sababli pastak tekisliklar maydoni ayniqsa dengiz tomonga, ya’ni delta qismlari tomonga o‘sib boradi. Chekkadagi pastak tekisliklarga Mesopotamiya, Hind-Gang, Iravadi, Mekong, Shimoliy Xitoy va Sunlyao (Sungari hamda Lyaoxe daryolari bo‘yida) pasttekisliklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Hozirgi paytda Yevrosiyo materigida 2 ta faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean “olovli halqasi”. Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Bu mintaqa tog‘lari yosh burmali, palaxsali tog‘lar bo‘lib, ba’zi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda tog‘ tugunlarini (masalan, Pomir, Tibet) hosil qiladi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasining O‘rta Yer dengiz qismida Etna, Stromboli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning o‘lkamiz – O‘rta va Janubiy-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar (Ashgabad – 1948, Toshkent – 1966, Hindikush – 2002, Eron – 2003, Indoneziya – 2004, dekabr). Bular yer po‘stining faolligidan dalolat beradi.


Izoh: O‘qituvchi ajratilgan vaqtda o‘z ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘quv atlasidan foydalangan holda ularga yetkazib bersa, ushbu dars yuqori samara berishi va o‘quvchilar bilimida bo‘shliq hosil bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi.
6.“Yevrosiyo relyefi” o‘quv filmini ko‘rish. (4 daqiqa)
O‘qituvchi oldindan 6-sinf uchun yaratilgan o‘quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos bo‘lgan “Yevrosiyo relyefi” filmini tayyorlab qo‘yadi va namoyish etadi.

(6-sinf uchun “Kompyuter Osiyo”ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi (CD-R diski) ilova qilinadi)
7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash. (5 daqiqa)
Barcha o‘quvchilar o‘quv atlasi va ko‘rsatilgan filmdan foydalangan holda yozuvsiz xaritaga materikdagi yirik tekisliklar, pasttekisliklar, botiqlar va baland tog‘larni nomini yozib chiqadilar.

8. Guruhlar taqdimoti. (10 daqiqa)
O‘tilgan mavzu o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga, o‘quv atlasi va ko‘rilgan filmga asoslanib savol va raqamli diktant topshiriqlari bo‘yicha mustahkamlanadi.

Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi) (Guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib tahlil qilinadi)


1-savol

Yevrosiyo tog‘ lari” nomli raqamli diktant.


Javob raqamlarda
Alp tog‘i 1 - 2

Himolay tog‘i 2 - 3

Ural tog‘i 3 - 1

Tyanshan tog‘i 4 - 5

Pomir tog‘i 5 - 4
Qaysi tog‘:

1. Past tog‘larga kiradi?

2. Yevropada eng baland tog‘?

3. Yer sharida eng baland tog‘?

4. “Dunyoning tomi” deb ataladi?

5. Markaziy Osiyoning g‘arbiy qismini ikkita katta qismga: shimolda chalacho‘l va janubda cho‘llarga bo‘lib turadi?


2-savol

Yevrosiyo tog‘ lari” nomli raqamli diktant.

Javob raqamlarda

Alp tog‘i 1 - 3

Himolay tog‘i 2 - 1

Ural tog‘i 3 - 2

Tyanshan tog‘i 4 - 4

Pomir tog‘i 5 - 5



Qaysi tog‘ ( da, ning):

1. Ulkan tog‘ tuguni hisoblanadi?

2. Eng keksa tog‘ hisoblanadi?

3. Eng baland cho‘qqisi 4807 m?

4. O‘zbekiston tog‘lari uning g‘arbiy qismining davom hisoblanadi?

5. Eng katta muzlik joylashgan?


3-savol

Yevrosiyo tekisliklari “ nomli raqamli diktant.

Javob raqamlarda
Mesopatamiya tekisligi 1 - 2

G‘arbiy Sibir tekisligi 2 - 1, 5

Shimoliy Germaniya tekisligi 3 - 3, 4
Qaysi tekislik (ni, da):

1. Neft va gazga boy tabiiy o‘lka joylashgan?

2. Grekchadan tarjima qilinganda “ikki daryo oralig‘i” nomini olgan?

3. Dengiz va daryo yotqiziqlari bilan to‘lib qolgan tog‘ oldi bukilmasida joylashgan?



  1. Shimolida marshlar, ya’ni yuzasi ko‘pincha dengiz sathidan pastda joylashgan pastqam yerlar bor?

5. Uni Yevropadan Ural tog‘lari ajratib turadi?
4-savol

Yevrosiyo tekisliklari “ nomli raqamli diktant.

Javob raqamlarda

Mesopatamiya tekisligi 1 - 1, 3

G‘arbiy Sibir tekisligi 2 - 4, 5

Shimoliy Germaniya tekisligi 3 - 2


Qaysi tekislik (ni, da):

1. Dajla va Frot daryolari oqadi?

2. Supurgigulzorlar, botqoqliklar va torfzorlar bilan qoplangan bir xil qumli yalangliklar ustun turadi?

3. Katta-katta neft va gaz konlari bor?

4. G‘arbiy qismida meridianal yo‘nalishda Ural tog‘lari joylashgan?

5. Shimol tomondan qirg‘oqlarini Kara dengizi yuvib turadi?


5-savol

Yevrosiyo pasttekisliklari “ nomli raqamli diktant.


Javob raqamlarda

Turon pasttekisligi 1- 1, 3

Hind - Gang pasttekisligi 2- 1, 5

Kaspiy bo‘yi pasttekisligi 3- 2, 4


Qaysi pasttekislik (da):

1. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasida joylashgan?

2. Neft konlariga boy?

3. Qoraqum va Qizilqum cho‘llari yastanib yotadi?

4. Dunyodagi eng katta ko’l nomi bilan ataladi?

5. Hindistonning sersuv daryosi oqadi?



9. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.
10. O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan Yevrosiyo davlatlari bayroqlari (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng bilimdon guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng iste’dodli guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.


11. Uyga topshiriq:
Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo’yadi.
Quyidagi geoggrafik obyektlarni yozuvsiz xaritaga tushurish.

Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Yevropa tekisliklari, O‘rta Sibir, Arabiston, Dekan Qozoq‘iston yasitog‘liklari, Kaspiybo‘yi, Hind – Gang, Turon pasttekisliklari, Alp, Karpat, Ural, Kavkaz, Pomir, Tyanshan, Himolay tog‘lari, Jomolungma, Somoniy, Mombilan, Hazrati–Sulton cho‘qqilari, O‘lik dengizi, Turfon, Mingbuloq botiqlari, Vezuviy, Etna, Gekla, Fudziyama, Kluchi Sopkasi vulkanlari.

Darslikdan 49- mavzuni o‘qib kelish.

Dars davomida “Guruhlar bilan ishlash” usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi.




O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari
I-variant

1.Yevrosiyo materigida nechta faol geosinklinal mintaqa bor?

A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta


2. Harakatdagi Klyuchi Sopkasi qaysi yarim orolda joylashgan?

A) Hindi Xitoy yarim orolida B) Koreya yarim orolida

C) Kamchatka yarim orolida D) Pireney yarim orolida
3. «Bayir» atamasining mazmunini aniqlang.

A) uzun-uzun cho`zilgan tеpaliklar B) yassi tеpaliklar


C) kеng tеpaliklar D) do`ngli tеpaliklar

4. Qaysi dengiz akvatoriyasida neft, gaz konlar ko‘proq uchraydi?

A) Oxota, Kara, O‘rta Yer, Boltiq

B) Qora, Norvegiya, Qizil dengiz

C) Sariq, Yapon, Sarqiy Sibir, Barens

D) Shimoliy, Kaspiy, Arabiston, Janubiy Xitoy


5. Yevrosiyo materigiga tegishli bo‘lgan keksa tog‘larni ko‘rsating?

A) Ural, Dekan, Qozog‘iston B) Pomir, Tibet, Zarafshon

C) Oloy, Turkiston, Tyanshan D) Eron, Kavkaz, Alp


II-variant

1. Harakatdagi Klyuchi Sopkasining balandligini aniqlang.

A) 5260 m B) 4750 m C) 3440 m D) 4970 m


2. Yevrosiyo materigidagi eng yosh tog‘larga qaysilar kiradi?

A) Himolay, Dekan, Qozog‘iston, Alp

B) Pomir, Tibet, Zarafshon, Alp, Hidikush

C) Oloy, Turkiston, Tyanshan, Kavkaz

D) Karpat, Kavkaz, Pomir, Alp, Hidikush, Kopetdog‘
3. Materikning eng baland cho‘qqisi (8848 m) qaysi tog‘da joylashgan?

A) Himolay B) Pomir C) Tyanshan D) Hidikush


4. Materik maydoning necha foizini tog‘lar egallaydi?

A) 20 % B) 35 % C) 45 % D) 50 %


5. Materikning eng past nuqtasi (-405 m) qayerda joylashgan?

A) Hind –Gang pasttekisligida B) Arabiston yarim orolida.



C) Hindi Xitoy yarim orolida. D) G‘rbiy Sibir tekisligida




Test kaliti
I-variant


S

1

2

3

4

5

J

D

C

A

D

A

II-variant



S

1

2

3

4

5

J

B

D

A

D

B






Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish