Toshkent viloyati shaharlari urbanotoponimlarini tarixiy etimologik aspektda lingvomadaniy tadqiqi haqida


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Download 269,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana01.01.2022
Hajmi269,78 Kb.
#282783
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ARES maqola

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 

VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 

ISSN: 2181-1385 

   Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 

 

 

Academic Research, Uzbekistan                    876                                                          www.ares.uz 



NATIJALAR VA MUHOKAMA 

Ohangaron.  Toshkent  viloyatining  yirik  shaharlaridan  biri.  Ohangaron 

toponimi  forscha-tojikcha  “ohangar”  –  “temirchi”  degani,  -on  ko„plik  affiksi 

(“Ohangaron” – “temirchilar” ). Ohangaron toponimi dastlab Xoja Ahrori Valiyning 

vaqf  hujjatlarida  (XV–XVI  asr  boshlari)  -  Soyi  Ohangaron,  Daryoyi  Ohangaron 

shakllarida tilga olingan. Zahiriddin Muhammad Bobur Ohangaron julg„asi (vodiysi) 

deb  yozgan  [3,  301].  Mo„g„ullar  ushbu  hududlarga  bostirib  kelmasdan  oldingi 

yozilgan  manbalarda  bu  manzil  Iloq  daryosi  deb  atalgan.  Bu  vodiyda  qadimdan 

temirchilik  rivojlanganligi  uchun  daryo  Ohangaron  –  "temirchilar"  deb  nom  olgan. 

Keyinchalik ushbu vodiyda tashkil topgan shaharga ham Ohangaron nomi berilgan.  

Parkent.  Mahalliy  talaffuzi  Parkat.  Arab  geograflari  asarlarida  (IX–XI  asrlar) 

Barskat  shaklida  tilga  olishgan.  Yoqut  Hamaviyning  “Mu‟jam  ul-buldon”  lug„atida 

(XII–XIII asrlar) qayd qilingan. Shuningdek, sharqshunos V.V. Bartold o„rta asrlarda 

tilga  olingan  Sarskat  shahrini  hozirgi  Parkent  bo„lsa  kerak,  deydi  [6,  201].  O„z 

navbatida, "Parkent” toponimi Bars (tog„ yo„lbarsi) nomidan olingan, degan fikr ham 

bor. Parkent tarixiy manbalarda “Faraakas” tarzida ham uchraydi.  

Piskent.  Dastlab  arab  geograflari  Istaxriy.  Ibn  Havqal,  Muqaddasiy  (X–XI 

asrlar)  asarlarida  “Biskat”  shaklida  tilga  olingan,  mahalliy  xalq  hozir  ham  Piskat 

deydi. U “bis” (tojikcha “yigirma”) so‟zidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham bor. Bu 

haqida mahalliy aholi orasida quyidagicha rivoyat bor: “Bobur Hindistonga yurishni 

boshlashidan bir oz oldin uning qo„shini Piskent tumaniga kelib to„xtaydi. Bu yerda 

shoh  20  kanizagini  20  nafar  xizmatkorga  nikohlab  beradi.  Bobur  Hindistonga  yo„l 

olgach. 20 nafar xizmatkor shu yerda qoladi va Piskent (forscha “bis”  – “yigirma”, 

“kent” – “qo„rg„on” ) vujudga kelishiga sababchi bo„ladilar.  

Bekobod.  Bekobod  shahri  qadimda  Begovot  deb  yozilgan.  Begovot  nomli 

qishloqlar  O„zbekistonda  bir  nechta  bo„lgan.  Hozirgi  o„zbek  adabiy  tilida  bek 

shaklida  talaffuz  qilinadigan  so„zning  to„g„risi  aslida  beg  bo„lgan.  Mahmud 

Qoshg„ariyning  “Devonu  lug„otit  turk”  asarida,  Yusuf  Xos  Hojibning  “Qutadg„u 

bilig” asarida bu so„z beg shaklida yozilgan. Akademik V.V. Bartold ham bu so„zni 

beg  shaklida  yozish  va  talaffuz  qilish  to„g„riroq  deb  yozadi.  Bu  kabi  misollar 

toponimlarning  hozirgi  o„zbekcha  yozilishi  mukammal  emasligini  ko„rsatadi. 

Umumiy olganda, “Bekobod” - “Bek obod qilgan maskan” deb izohlanadi.  

Angren.  Angren  toponimi  Ohangaron  “temirchilar”  so„zining  buzilgan  shakli 

deyiladi.  Ko„plar  buni  ruscha  talaffuz  oqibati  deyishadi.  Aslida  quramalar  shunday 

talaffuz qilganlar. Zomin tumanida ham Angren degan joy bor.  




Download 269,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish