Toshkent viloyati
Olmaliq shahar
20-umumta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Eshmanova Munavvarning o’qish fanidan
bir soatlik ochiq dars ishlanmasi.
Mavzu: “Tog’ malikasi “. (Zahro Hasanova)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:o’quvchilarni “Tog’ malikasi” hikoyasi mazmuni bilan tanishtirish, ifodali va ongli o’qishga o’rgatish.
Tarbiyaviy:o’quvchilarga daraxtlarning foydasi ko’p ekanligini, tabiatga g’amxo’r bo’lishlarini tushuntirish, o’zgalar mehnatini qadrlashga , kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:o’quvchilarning to’g’ri va ravon o’qish malakalarini rivojlantirish, so’z va gaplarni to’g’ri va ravon so’zlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars turi: o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanturuvchi.
Dars metodlari:suhbat, tushuntirish, “Archadagi jumboq”, “O’rmonda va hovlida” o’yinlari,tarmoqlash, hikoya, aqliy hujum.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid archa va uning turlari haqidagi rasmlar, test savollari, rasmli tarqatmalar
Kutiladigan natijalar
O’qituvchi
Mavzuni barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga, ularning ravon va to’g’ri, ongli va ifodali o’qishining takomillashuviga, o’quvchilarning mashg’ulotga faol qatnashuviga, ularning o’qish motivlarini kuchaytirish va qiziqtirishi, o’quvchilarnnig faollashtirish yo’llarini belgilash va qo’yilgan maqsadga to’liq erishishi lozim. O’quvchi: To’g’ri, ongli va ifodali o’qishga o’rganadi. Turli mashqlar vositasida tez o’qish malakalari takomillashadi. Vatan haqidagi tushunchalari kengayadi, vatanga bo’lgan muhabbati shakllanadi, u bilan g’ururlanish, ya’ni milliy g’urur shaklanishiga imkon yaraladi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
-Salom bolajonlar!
-Assalomu aleykum.
-Bugun darsimizda kim navbatchi?
Navbatchilar tomonidan kun haqida va ob-havo haqida , sinfdagi o’quvchilarning darsga hozirligi haqida ham ma’lumot beriladi.
-Keling darsimiz shiorini birgalikda aytamiz.
BIR MARTA O’QISH, O’QISH,
KO’P MARTA O’QISH, UQISH.
-Darsda o’quvchilar uchun muhim bo’lgan qoidalar mavjud.Aziz bolalar keling qoidalarimizni bir eslab olaylik.
O’yin-topishmoq.
Bu o’yinda o’qituvchi biror-bir topishmoqlar yordamida uch marta ta’riflaydi.Agar 1-ta’rifda topa olmasalar, 2-ta’rif eshittiriladi,unda ham topishga qiynasalar , 3-ta’rif eshittiriladi.
1-variant: To’rt faslda bir xil libos-
Kiyib yashnar, mevasiz.
Aytsam, bog’ning ko’rki deysiz,
Siz ham uni sevasiz.
2-variant: Yozin-qishin barobar,
Ko’m-ko’k turar barglari,
O’zi ming yoshga kirar.
3-ta’rif: Yozda ham qishda
Bir xil kiyimda. (archa)
-Aziz o’quvchilar hozir yurtimizda qish fasli hukm surmoqda.Shuning uchun hozir tarmoqlash usulida qishga ta’rif berib o’tamiz.
Yangi yil
y
qor
sovuq
Qishni ta`riflash
Izg`i rin
archa
shamol
Qorbo`ron
II.Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi uy vazifasini so’rash uchun o’quvchilarni 3 guruhga bo’lib oladi.So’ngra o’quvchilar “Zanjir” usulidan foydalanib Zafar Diyorning “Qor” she’rini yoddan aytib beradilar. Masalan :
1-guruh: Oppoq-tiniq, oppoq qor,
O’ynab tushar osmondan.
Qor qo’ynida o’ynoqlab
Yurar yoshlar shod-xandon
Shu tarzda davom ettiriladi.
O’quvchilar she’rni yodlab bo’lgach, bilimlarini mustahkamlash maqsadida qishki o’yinlar haqida suhbat uyushtiriladi. O’qituvchi:
-Qanday qishki o’yinlarni bilasiz?
-Nima uchun ular qish faslida o’ynaladi?
-She’rning qishki o’yinlar haqida yozilgan bandini topib o’qing.
-Qish faslida qanday bayramlar bo’ladi?
-Qishdagi muhim sanalar haqida nimalarni bilasiz?
-Qaysi bayram sizga juda ham yoqadi?
-Kimlar mehmonga keladi?
-Yangi yilda nimani zavq bilan bezatamiz?
-Yangi yil bayrami sizga nima uchun yoqadi?
O’quvchilarning javoblari umumlashtiriladi. Yuqoridagi savollarga bergan javoblari asosida yangi mavzu bayon etiladi.
Qish faslida tog’ tabiatining ko’rinishi haqida o’qituvchi ma’lumotlar berib o’tadi. O’quvchilar ham eshitgan , ko’rgan ma’lumotlar, rivoyatlardan aytishadilar.
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
-Bugun biz Zahro Hasanovaning “Tog’ malikasi” hikoyasi bilan tanishamiz.
O’qituvchi Zahro Hasanova haqida ma’lumot beradi va hikoyani ifodali o’qib, mazmunini so’zlab beradi.
Hovli, hovlining qoq o’rtasida archa tasvirlanadi. Archaning oldida ona va qizcha suhbatlashadi. Ona va qizcha archaga o’yinchoqlar iladilar.So’ng qizcha archa atrofida gir-gir aylanadi va chopqillab ketadi.Qizaloq oyisidan archa va uni kim ekkani haqida savollar beradi va onasining javobidan uning ko’p yillik ekani va uni bobosi ekkanini bilib oladi.
Hikoya to’liq so’zlab berilgach , o’quvchilarga “Aqliy hujum “ metodidan foydalanib , mazmuni yoritiladi.
-Tog’ malikasi bu?
-Archani hovliga kim ekkan ekan?
-Archaning yoshi nechada?
-Archaning qanday turlari bor?
Lug’at ishi:
Jilvasi-tovlanishi, yaltirashi
Tuslanish-har xil tus, rangga kirish
Uzoq yillik-ko’p yillik
Tusiga-rangiga
Tovlanmoq-jilvalanmoq, yarqiramoq
Tog’ malikasi hikoyasi o’quvchilarga zanjir usulida o’qitiladi va tanlab o’qitiladi.
“Archadagi jumboq” o’yini.
O’quvchilar bir-biriga ulab yozilgan so’zlardan,yangi so’zlarni tuzushlari kerak. Buning uchun kursor so’zlarining ustiga olib borilib harflar bosilganda, to’g’ri topilgan so’zlar archadan tashqariga yoziladi.O’quvchilar darslikdan shu so’z ishtirok etgan gaplarni topib o’qiydilar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Tog’dagi archalar haqida videolavha namoyish qilinadi.
Hikoya “Ichida o’qish”usuli orqali o’quvchilarga o’qitiladi.
Darslik bilan ishlash:
O’quvchilarning bilimlarini umumlashtirish maqsadida savol-javob o’tkaziladi.
“O’rmonda va hovlida” o’yini.
O’quvchilar ikki guruhga ajratiladi.O’quvchilar 2 ustunga o’rmonda va hovlida o’suvchi daraxt nomlarini yozadilar.
1-guruh: 2-guruh:
O’rmonda Hovlida
Archa O’rik
Chinor Olma
Qarag’ay Nok…va hokazo.
Darslikda berilgan tez aytish va topishmoqlar ustida ishlanadi:
Qorin qo’yib qorbobo,
Qo’lqopini qidirdi.
Qorqiz qalin qalpog’in
Qulog’iga qo’ndirdi.
Qishin, yozin bir xil kiyimda.(archa)
Dam olish daqiqasi.
Archa bayrami.
Shamol oppoq qorlarni , Qorbobomiz ko`p yaxshi , Quvib-quvib xo`p yeldi. Bizga sovg`a keltirar. Bizga uzoq o`rmondan Chiroqlarning nurida Archa mehmonga keldi. O`yinchoqlar yaltirar.
O’quvchilar jo’r bo’lib she’rni yod olishadi.
O’quvchilarga qish fasli va qishki o’yinlarda ishlatiladigan jihozlar haqida bilgan topishmoqlarini ayttirib bellashuv o’tkazish mumkin.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O’quvchilarga bilimlarni umumlashtirish maqsadida savol-javob o’tkaziladi.
-
Archani kim ekkan ekan?
A)oyisi; V)bobosi;
-
do’sti; D) akasi;
-
Archa necha yoshda ekan?
-
10; V) 30;
-
20; D) 15;
-
Archa haqida qizaloqqa kim so’zlab berdi?
-
bobosi; V) oyisi;
-
o’rtog’i; D) akasi;
-
Hikoyada archaga qanday ta’rif berilgan?
-
yashil malika; V)bir xil libosda;
-
tog’ malikasi; D) qish malikasi;
-
Archani qanday bezatamiz?
-
yozda; V) qishda;
-
kuzda; D) bahorda
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, baholanadi.
Eng bilimon.
Eng topog’on.
Eng aqlli.
Eng mulohazali.
Eng zehnli.
VI. Uyga vazifa berish.
“Tog’ malikasi” hikoyasini o’qib, so’zlab berish, hikoya asosida rasm chizish, uyda o’zlari archani qanday bezatishlari haqida hikoyacha yozib kelishlari tushuntiriladi.
O’qituvchi:
Ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirishi va boshlang’ich ta’limda uni qo’llash yo’llarini izlashi va takomillashtirishi, o’z ustida va o’quvchilarda o’qish motivlarini o’stirish ustida ishlashi, darsni hayotiy tajribalar bilan bog’lashi lozim.
O’quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashga o’rganishi. O’z fikrini erkin bayon eta olishi, o’rganilganlar asosida ertak, maqol, hikmatli so’zlar, tez aytishlarni o’rganishi. O’rtoqlari fikrini ma’qullashi yoki yangi fikrlarni bayon eta olishga o’rganishi lozim.
Kelgusi rejalar
Do'stlaringiz bilan baham: |