Toshkent viloyati Chirchiq shahar 15-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining
boshlang`ich ta`lim fani o`qituvchisi
1965-yil 7-mayda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug`ilgan
Millati o`zbek, oliy ma`lumotli
Isayeva Tamara Tashtanovna haqida
T A V S I F N O M A
Isayeva Tamara Tashtanovna 1987-yil Andijon davlat tillar pedagogika institutini tamomlagan.
1999-yildan boshlab, 15-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Pedagogik faoliyati 1987-yildan boshlangan. Ish tajribasi 34 yil.
Rahbarlik qiladigan 2-“D” sinf davomati yil davomida 99%ni tashkil qiladi.
1-sentabr O`zbekiston Respublikasi Mustaqilik bayrami kuniga bag`ishlab, “Vatanni sevmoq iymondandir!” , 1-oktabr Ustoz va murabbiylar bayrami kuniga bag`ishlab “Ustozga ta`zim”, 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bayrami kuniga bag`ishlab “Qomusimiz-baxtimiz”, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab “Mardlik va jasorat”, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuniga bag`ishlab “Jannat-onalar oyog`i ostida” , 21-mart Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan “Milliy an`analarimiz g`ururimiz” mavzularida tadbir o`tkazgan. 2-“D” sinf o`quvchilaridan Normurotova Qizlaroy, Olimjonov Diyorbeklar 2-sinflar o`rtasida o`qish fanidan “Ajdodlarga munosib avlod bo`laylik” deb nomlangan ko`rik-tanlovining hududiy bosqichida faxrli 1-o`rinni, final bosqichida 3-o`rinni egallab, 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.
2-“D” sinf o`quvchisi bo`lgan Melikova Setora Bringo online olimpiadasida g`oliblikni qo`lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2021-yil fevral oyida matematika fanidan o`tkazilgan Xalqaro Kangaroo olimpiadasida 10 nafar 2-“D” sinf o`quvchilari faol qatnashib, faxrli o`rinlarni egalladilar. 2-“D” sinf o`quvchisi Melikova Setora ona tili fanidan Onlayn Olimpiada kanalida 2-sinflar uchun o`tkazilgan online testda 93% natijani ko`rsatib 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. IIB ro`yhatida turadigan o`quvchisi yo`q.
Isayeva Tamara Tashtanovna o`qish fanidan “Yoz” mavzusida videodars tayyorlagan.
Matematika fani oyligida namunali ochiq darsi hamda faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 8-dekabr O`zbekiston Respublikasining Konstitutiyasi kuni munosabati “Baxtimiz qomusi”, “Ajdodlarga munosib avlod bo`laylik”, matematika fani oyligi munosabati bilan hamda Navro`z umumxalq bayramiga bag`ishlab tayyorlagan videoroliklari XTB kanalida hamda Xalq Ta`limi Yangiliklari kanalida berilib, ommalashtirilgani uchun diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
“Ta`lim sifatini oshirish, raqobatdosh mutaxassislarni tayyorlash muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy online konferensiyasida “Boshlang`ich sinflarda ertaklarni o`rgatishda interfaol metodlarni foydalanish mavzusida” tayyorlagan maqolasi 2020-yil
12-noyabrdagi 4-qismida chop etilgan.
O`qituvchining dars berish mahorati, uning darsga tayyorgarlik darajasi yuqori baholanib kelinmoqda. Firklashi, dunyoqarashi, bilim doirasi, o`quv fani sohasidagi ta`limga oid bilimlari bilan boshqa o`qituvchilardan ajralib turadi.
Fan xonasi talab darajasida jihozlangan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, ilg`or pedagogik usullaridan keng foydalangan holda dars olib boradi.
2002-2003-yillar davomida o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda esa, kasaba uyushmasi qo`mita raisi lavozimida hamda boshlang`ich ta`lim fani o`qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
2019-yil noyabr oyida “Ustozlar-kasaba uyushmalari e`zozida” ko`rik-tanlovining shahar bosqichida
1-o`rinni egallab, 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. “Chirchiq tongi” gazetasida “To`g`ri ovqatlanish-sog`liq kafolati”, “Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish” mavzularidagi maqolalari chop etilgan.
T.T.Isayevaning ko`p yillik pedagogik faoliyati, sohani rivojlantirishdagi olib boryotgan izlanuvchanligi, o`ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, jamoadagi erishgan yutuqlari va jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki hamda samarali ish tajribasini shahar miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilaman.
Maktab direktori: N.A.Abdurazakova
Do'stlaringiz bilan baham: |