OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKAINSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MBJT 1-BOSQICH TALABASI
Qalandarova Sevinchoy
Olimpiya ta’lim asoslari fanidan
2-KREDIT TOPSHIRIG’I SLAYD
Mavzu: Yozgi olimpiya o’yinlari
Mavzu: 19-21 yozgi olimpiya o’yinlari
Reja: 1. 1948 yil 13- yozgi olimpiya o’yinlari 2. 1952 yil 14- yozgi olimpiya o’yinlari 3. 1956 yil 15-yozgi olimpiya o’yinlari
1948: London. 1948 yil 29 iyul -14 avgust kunlari London shahrida (Angliya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 59 ta davlatdan 4099 nafar sportchi (3714 erkak, 385 ayol) ishtirok etib, 17 sport turidan 136 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. Olimpiya o’yinlariga SSSR, Germaniya va Yaponiya kiritilmagan. O’yinlarda birinchi marta Venesuela, Livan, Birma, Suriya, Puerto-Riko va Shri-Lanka davlatlari jamoalari ishtirok etgan.
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
AQSH
|
38
|
27
|
19
|
84
|
2
|
Shvetsiya
|
16
|
11
|
17
|
44
|
3
|
Frantsiya
|
10
|
6
|
13
|
29
|
XIV Olimpiya o’yinlarining sport musobaqalari ilk bor milliy televideniya orqali translyatsiya qilingan. Bu Olimpiya o’yinlaridan boshlab volontyorlarning yordam ko’rsatish ishlari tashkil etilgan.
1952: Xelsin. 1952 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari Xel'sinki shahrida (Finlyandiya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 69 ta mamlakatdan 4955 sportchi (518 nafar ayol) ishtirok etib, 21 ta sport turi bo’yicha 149 ta medallar jamlanmasi uchun kurashdilar. Olimpiya o’yinlarida ilk bor Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) jamoasi ishtirok etgan. Lekin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) jamoasi O’yinlarga kiritilmagan.
Sobiq SSSR Milliy Olimpiya qo’mitasi XOQ tomonidan 1951 yil 7 mayda tan olingan edi.
Bu Olimpiya o’yinlarida sovet sportchilari ilk bor ishtirok etgan. Sovet sportchilari 2 ta jahon va 6 ta olimpiya rekordlarini o’rnatgan. Olimpiada medallari uchun raqobat kurashi asosan Sovet Ittifoqi, AQSH, Vengriya va Shvetsiya mamlakatlari o’rtasida keskin ravishda o’tgan.
Olimpiada musobaqalari davomida 18 ta jahon va 66 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan. Chexoslovakiya sportchisi Emil Zatopek 5000m, 10000m va marafon yugurish masofalarida birinchi orinni egallab, Olimpiya o’yinlari qahramoniga aylangan.
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
AQSH
|
40
|
19
|
17
|
76
|
2
|
SSSR
|
22
|
30
|
19
|
71
|
3
|
Vengriya
|
16
|
10
|
16
|
42
|
XOQ prezidenti Zigfrid Edstryom Olimpiya o’yinlarining yopilish marosimidagi nutqida “XV Olimpiya o’yinlarini yopiq deb e’lon qilaman” so’zlarini unutib qo’ygan, shuning uchun XV Olimpiya o’yinlari rasman yopilmagan, deb hisoblanadi.
1956. Melburn. 1956 yilda Mel'burn shahrida (Avstraliya) bo’lib o’tgan, ot sporti musobaqalari karantin sababli Stokgol'm shahrida (Shvetsiya) o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlarida yengil atletika, suzish, og’ir atletika, o’q otish turlari bo’yicha 14 ta jahon va 65 ta olimpiada rekordlari o’rnatilgan. Sovet sportchilari 624,5 ochko bilan Olimpiada chempioni bo’ldi. Shu sababli Avstraliya matbuoti: «Sovet Ittifoqi Amerikaning Olimpiya o’yinlaridagi 60 yillik hukmronligini puchga chiqardi», - deb yozgan edi.
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
Sovet Ittifoqi
|
37
|
29
|
32
|
98
|
2
|
AQSH
|
32
|
25
|
17
|
74
|
3
|
Avstraliya
|
13
|
8
|
14
|
35
|
Do'stlaringiz bilan baham: |