Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Nutqning oʻquvchilar uchun ahamiyati



Download 85,47 Kb.
bet2/4
Sana29.12.2021
Hajmi85,47 Kb.
#83237
1   2   3   4
Bog'liq
Norqo'ziyeva Munisa

Nutqning oʻquvchilar uchun ahamiyati

Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so`z, so`z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o`zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o`z fikrini hishayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatla kishining faol faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O`quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir. Nutq o`stirish nima? Agar o`quvchi va uing tildan bajargan ishlari ko`zda tutilsa, nutq o`stirish dеganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug`ati, sintaktik qurilishini, bog`lanshl nutqni) faol amaliy o`zlashtirish tushuniladi. Agar o`qituvchi ko`zda tutilsa, nutq o`stirish dеganda, o`quvchilar tilning talafuzi, lug`ati, sintaktik qurilishi va bog`lanishli nutqni faol egallashlarigayordam bеradigan mеtod va usullarni qo`llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi to`rt qismga bo`lingan (tovushlar va harflar, so`z, gap, bog`lanishli nutq), shuning uchun ona tili dasturining bo`limlari: «Xat-savod o`rgatish va nutq o`stirish», «O`qish va nutq o`stirish», «Grammatika, imlo va nutq o`stirish» dеb nomlangan. Nutq faoliyati uchun, shuningdеk, o`quvchilar nutqini o`stirish uchun bir nеcha shartga rioya qilish zarur: 42 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo`lishi kеrak. O`quvchilar nutqini o`stirishning mеtodik talabi o`quvchi o`z fikrini, nimanidir og`zaki yoki yozma bayon xohishini va zaruriyatini yuzaga kеltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, matеriali bo`lishi lozim. Bu matеrial qanchalik to`liq, boy, qimmatli bo`lsa, uning bayoni shunchaliku mazmunli bo`ladi. Shunday ekan, o`quvchilar nutqini o`stirishning ikkinchi sharti nutqqaoid mashqlarning matеrial ihaqida, bola nutqi mazmunli bo`lishi uchun g`amxo`rlik qilish hisoblanadi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan so`z, so`z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo`ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o`stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Bolalarga til namunalarini bеrish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o`z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim mеtodikasi asoslanadigan ongli ravishda «tilni sеzish» shakllanadi. Nutq o`stirishning mеtodik sharti nutqiy faoliyatning kеng tizimini yaratish, ya'ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o`rgangan til vositalaridan foydalanib, o`z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o`zlashtiradi. Buning o`zi еtarli emas, chunki u nutqni yuzaki o`zlashtiradi. Nutqni egallashning qator aspеktlari mavjud. Bular: 43 1. Adabiy til normalarini o`zlashtirish. Maktab bolalarni adabiy tilni sodda so`zlashuv tilidan, dialеkt va jargondan farqlashga o`rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so`zlashuv variantlari bilan tanishtiradi. 2. Jamiyatimizning har bir a'zosi uchun zarur bo`lgan muhim nutq malakalarini, ya'ni o`qish va yozish malakalarini o`zlashtirish. Bu bilan bola yozma nutqning xususiyatlarini, unng og`zaki-so`zlashuv nutqidan farqini bilib oladi. 3. O`quvchilar nutq madaniyatini takomillash-tirish. Til kishilik jamiyatida muhim aloqa vositasidir. tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kеlib chiqib, maktabda o`quvchilarning nutq madaniyatiga alohida ahamiyat bеriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun o`qituvchi o`quvchilar bilan rеjali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o`quvchilar nutqini o`stirish ustida ishlash tushuncha-siga nimalar kirishini bilib olish muhimdir. Nutq o`stirishda uch yo`nalish aniq ajratiladi: 1) so`z ustida ishlash; 2) so`z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog`lanishli nutq ustida ishlash. So`z, so`z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo`lib lеksikologiya (frazеologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, siintaksik xizmat qiladi; bog`lanishli nutq esa logika, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Ko`rsatilgan uch yo`nalish parallеl olib boriladi: lug`at ishi gap uchun matеrial bеradi; so`z, so`z birikmasi va gap ustida ishlash bog`lanishli nutqqa tayyorlaydi. O`z navbatida, bog`lanishli hikoya va insho lug`atni boyitish vostasi bo`lib xizmat qiladi. O`quvchilar nutqini o`stirish o`z mеtodik vositalariga ega, o`zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog`lanishli nutq mashqlari hisoblanadi. 44 Nutq o`stirishda izchillik, to`rt shartni, ya'ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo`ysundirish ko`nikmasi amalga oshirish bilan ta'minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog`lanadi va kеyingisiga o`quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo`ysungan holda, nimadir yangilik qo`shadi. Maktabda o`quvchilar nutqini o`stirishga ona tili o`qitishning asosiy vazifasi dеb qaraladi. Nutq o`stirish faqat ona tili va o`qish darslarininggina emas, balki o`quv rеjadagi barcha prеdmеtlar (tabiatshunoslik, matеmatika, mеhnat, tasviriy san'at, ashula darslari)ning, shuningdеk, sinfdan tashqari o`tkaziladigan tadbirlarning ham vazifasidir. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o`z fikrlarini ovoz bilan - eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o`ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o`ylangan» (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o`ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlari yordamida eshittirilib yoki grafik bеlgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi - tashqi nutqda nutq organlariningharakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozilib bayon etiladi; ichki nutqda nutq organlarining harakati tovushsiz yuzaga kеladi. Ichki nutq matеrialni tushunish va yodda saqlashga yordam bеradi, tashqi nutqni o`stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O`ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo`ladi. Ichki nutq o`quvchini tashqi, nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o`rgatadi. Ichki nutq jarayonida o`ylash o`quvchining nutqi va tafakkuriningo`sishida muhim vositadir. 45 Maktabda o`quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o`stiriladi. Bolalar ichida o`qishga o`rganadilar va ichki nutqda matеrialni o`zlashtiradilar. Turli vazifalarni o`zlari hal qiladilar, asosiysi - o`zlarining og`zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar. Fikrni ifodalash usuliga ko`ra nutq og`zaki va yozma bo`ladi. Og`zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og`zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og`zaki nutqda eshitish sеzgisi, yozma nutq esa ko`rish va qo`l harakati sеzgisi asosiy rol o`ynaydi. Og`zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o`zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og`zaki nutq aniq hayotiy sharoitda, bеvosita aloqa jarayonida yuzaga kеladi; yozma nutqdan bеvosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. Og`zaki nutq ko`pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo`ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldrmay, ortiqcha takrorga yo`l qo`ymay bayon qilishni talab etadi, shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.

Maktabgacha davrdagi bolalik lingvistlarni shunisi bilan jalb qiladiki, bunda o‘rganilayotgan predmet (bola nutqi) lingvistik jihatdan ko‘p qirrali va qiziqarlidir. Lingvist olimlar fikriga ko‘ra, bola nutqiga oid har bir fakt kamida ikki yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkin va shart: 1) «Kattalar tili» tomon borishdagi vaqtincha nutq sifatida (agarda so‘z innovatsiya haqida borayotgan bo‘lsa); 2) Bolaning avtonom til tizimi elementi sifatida, uning ichida bola muayyan funksional vazifaga ega bo‘ladi. Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an'analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo‘ladi, bola nutqining ob'yektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni uchta yo‘nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, gra mmatik darajalarini shakllantirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish). «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu «u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo‘lgan ko‘plab tashqi va ichki munosabatlar» (B.F.Lomov) hodisasini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Nutq-til tizimi ko‘plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma'noni so‘zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya'ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashtiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar. Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz. Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot ob'yekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o‘rganilishi favqulodda muhim bo‘lgan ushbu hodisaning o‘ta murakkabligi va ko‘p qirraliligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o‘ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi…» (A.N.Leontyev). Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali nutqning ilmiy o‘rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin. N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o‘z ichiga oladi. N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o‘zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir. Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo‘yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so‘z yuritish imkonini beradi. Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar fanning qiziqarli va istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Birinchi bo‘lib ushbu muammoni N.I.Jitkin ko‘tarib chiqqan. Uning qayd etishicha, «nutq mexanizmi - bu jonli, moslashuvchan va doimo takomillashib boradigan mexanizmdir». Nutqiy faoliyat mexanizmlarini tahlil qilishda olimlar bir tomondan, N.I.Jitkin konsepsiyasiga, ikkinchi tomondan, mexanizmlarni nutqiy faoliyat bosqichlari bilan taqqoslagan holda insoning nutqiy xulq-atvoriga nisbatan faoliyat nuqtai-nazaridan yondashishga oid asosiy qoidalarga asoslanadilar. So‘nggi o‘n yillikda lingvistlar, psixologlar tomonidan «til qobiliyati» muammosi qizg‘in muhokama qilinmoqda, bunda til qobiliyati deganda «til tizimini o‘zlashtirishda ko‘nikma va mahoratlarni tezlik bilan shakllantirishga yordam beradigan individual xususiyatlar» tushuniladi (F.De Sossyur, L.V.Sherba, J.Grin, M.K.Kabardov, V.I.Markova va boshq.). Nutqni psixologik tadqiq qilishning istiqbolli vazifasi sifatida inson nutqiy qobiliyatining konseptual modelini qurish psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi (T.N.Ushakova). Modelda quyidagi hodisalar o‘z izohini topishi lozim: nutq yordamida mulohaza qilingan fikrni uzatish (ya'ni, nutqiy semantika muammosi), bunda grammatik qoidalardan foydalanish (ya'ni, tilni ishga tushirish), akustik kanalni ishga tushirish, muloqot va ijtimoiy aloqa sifatida nutqni qo‘llash, ushbu barcha operatsiyalarni miya harakatlari bilan muvofiqlashtirgan holda bayon qilish imkoniyatining mavjudligi. Nutqni tushunish borasida yuqorida bayon qilingan fikrlar va tavsiflardan kelib chiqqan holda «Nutqni rivojlantirish» tushunchasiga murojaat qilamiz. «Nutqni rivojlantirish - bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tishdan iborat bo‘lgan o‘zgarish; miqdoriy o‘zgarishlarning asta-sekin yig‘ilishi sifat o‘zgarishlarining yuz berishiga olib keladigan jarayondir». Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi Bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash; Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish; Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish; Ravon nutqni rivojlantirish; Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash; Savod o‘rganishga tayyorlash. Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Go‟daklik yoshi: 0 - 1 Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ayni paytda bolada unga ta'sir o‘tkazish uchun biron-bir o‘ziga xos insoniy vositaga mavjud bo‘lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Bolaning boshqalardan ajralib qolishi, kattalar bilan emotsional muloqotlarning yetishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya'ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni faol talab qila boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni, emotsional-vositali (vaziyatliamaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga ehtiyoj yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e'tiborga bo‘lgan ehtiyojni qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish. Ilk yosh: 1-3 Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi). Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog‘liq muloqot faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya'ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rin bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o‘yinlarni («ku-ku», «shar yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba'zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning «kamchiliklarini tuzatatadi» (Timur dadasining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»). Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayna bitta so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning o‘zida «bu non», «non so‘z zahirasi 30-40 ta so‘zni tashkil qiladi. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy muloqot vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq.) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma'nosini va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi. 1 yoshu 6 oy - 2 yoshga kelib bolaning so‘z zahirasi 200-300 tagacha o‘sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda esa nutqiy muloqot yetakchi muloqot turiga aylanadi. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy muloqotning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma'nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash va ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishni va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.



    1. Download 85,47 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish