Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


-mavzu. Turli nutq buzilishlarida noan’anaviy metodlardan foydalanish texnologiyasi



Download 5,49 Mb.
bet49/89
Sana01.01.2022
Hajmi5,49 Mb.
#288451
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
Bog'liq
logopedik texnologiya kompleks

19-mavzu. Turli nutq buzilishlarida noan’anaviy metodlardan foydalanish texnologiyasi.

Ta’lim jarayonida (mashg‘ulotlarda) bolalarning bilimini shakllantiruvchi aniq maqsad qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, ularda o‘quv faoliyatining eng oddiy malakalarini shakllantirib boradi. Ta’limning xususiyati va mazmuni bolalar o‘yinlari mazmuniga ta’sir etib, uni rivojlantiradi. Mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda egallagan bilimlar bolalarning o‘yin faoliyatini, qiziqishlarini rivojlantiradi.

Ikkinchi tomondan, har xil metodlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda turli-tuman o‘yin usullaridan ham foydalaniladi. Bunday usullar bolalar diqqatini to‘plash, ular idrokini faollashtirish, bilimlarini to‘larok o‘zlashtirib olish imkonini yaratadi.

Pedagogik jarayonda mehnat bilan o‘yin o‘rtasida umumiylik va farq; borligini ham aytib o‘tish kerak. Bolalarning qo‘l mehnati o‘yin bilan bevosiga bog‘liq. Ayniqsa, katta guruhga borganlarida bolalar mavjud o‘yinchoklar bilan o‘ynabgina qolmay, yetishmaganlarni o‘zlari kattalar yordamida qogoz, yog‘och, karton, tabiiy materiallardan yasab oladilar.

O‘yinning mehnat bilan bog‘liqligi shundaki, bolalar o‘zlarining o‘yinchoqlarini har doim avaylab saqlab boradilar.

Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari (V.I.Loginova, M.V.Krulext) natijalari shuni ko‘rsatadiki, kichik guruhlardagi mehnat faoliyatiga o‘yin xususiyatlarini kiritishni taqozo etadi. Ma’lum bo‘lishicha avval bolalar kattalar mehnat jarayonini qanday bajarganlarini o‘zlashtirib olib, keyin o‘z o‘yinlarida buni aks ettirar ekanlar, shundan keyingi mustaqil mehnat faoliyatiga o‘tar ekanlar.

Bolalar mehnati qiziqarli bo‘lishi uchun ko‘pincha o‘yin tarzida o‘tiladi. Masalan, maydonchani tozalaganda bolalar axlatlarni zambillarda tashishi o‘rniga mashinalarida tashiydilar, ustaxonada kartonlardan qutichilar yasaydilar va hokazo.

Bolalar o‘z o‘yinlarida kattalar mehnatini aks ettirishlari ularda bu mehnatga hurmatni shakllantirib boradi. Bu ham o‘yinning mehnat bilan bog‘liqligiga misol bo‘la oladi.

Shunday qilib, o‘yin yaxshi yo‘lga qo‘yilgan pedagogik jarayonda bolalarning butun hayotini kamrab oladi va uning qiziqarli ta’minlaydi.

Bolalar o‘yinining o‘ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. O‘yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro stansiyasi, temir yo‘l vagoni bo‘lishi mumkin va h. k.;

Bolalar o‘yinining yana bir xususiyati uning xavaskorlik tarzida bo‘lishidir (xususiy faoliyat). Bu uning tashqi belgilari bo‘lmay, balki xaqiqiy mohiyatidir. O‘yinning ijodkori, yaratuvchisi-bolalardir. Ular o‘yinda o‘zlariga tanish bo‘lgan hayotiy voqea va hodisalarni ularga bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradilar.

Bolalar o‘yinining yana bir o‘ziga xos xususiyati - unda harakat, so‘z va obrazlarning o‘zaro bog‘lanib ketishidir. O‘yinda bola o‘zi aks ettirayotgan qahramonlarning xis-hayajoni, kechinmalari, harakatlari bilan yashaydi.

Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u o‘yinchoq bilan gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor, shifokor, xullas hammahxammaning o‘rniga o‘zi gapiraveradi. So‘z obrazning yaxshiroq ochilishiga bir xilda yordam beradi.

Nutq o‘yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o‘z his-tuyg‘u, kechinmalarini o‘rtoqlashadi. So‘z bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatlishiga tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo‘lishga yordam beradi.

O‘yinda obraz, o‘yin harakati, so‘z o‘zaro bog‘lanib, o‘yin faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi, borliqni aks ettirish vositasi bo‘lib;xizmat qo‘ladi.

Bolalarning o‘zi yaratgan o‘yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o‘yinning g‘oyasi, mazmuni, o‘yin harakatlari, rollar, o‘yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.




Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish