Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika unversiteti


Savodga o‘rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida)



Download 112,37 Kb.
bet7/7
Sana10.11.2022
Hajmi112,37 Kb.
#863521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurasulova Sharofatning

2.3 Savodga o‘rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida)
Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qamrab olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiytarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn tuzish va uni bo‘laklarga bo‘lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga o‘rgatish, bo‘g‘in, tovush, harf haqida ma’lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar haqida ma’lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajralishini o‘rgatish, alifbedagi rasmlar, o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, o‘quvchilar bilgan she’r, hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish, ularga yangi she’r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni o‘rgatib borish, alifbe darsligidagi so‘zlar, uning ma’nolari ustida ishlash, tanish so‘zlar asosida o‘quvchilarni gap tuzishga o‘rgatish, harf va tovush orasidagi mutanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi.
Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar ko‘lami birmuncha keng bo‘lib, u o‘quvchilarni mustaqil fi krlashga o‘rgatadi. Zero, Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan tanishtirish kerak»ligini o‘ylab ko‘rishimiz lozimligini, ularda mustaqil fi kr lashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta’sirchan vositalarni izlab topish, o‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.
Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. Jumboqli topshiriqlarni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining imkoniyatlarini hisobga olishi, ba’zi topshiriqlarni yechish ga bolalarni oldindan tayyorlashi, ya’ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini ko‘rsatib, undagi ba’zi o‘rinlarni izohlashi maqsadga muvofi qdir. Masalan, darslikning 12-13-betlaridagi jumboqli topshiriq, «Ona-bola ish ustida» va «Erkin jonivorlarni sevadi» mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn tuzish topshiriqlariga bog‘lab berilgan bo‘lib, ushbu mazmunli rasmlarda Erkin ismli bolaning oiladagi hayoti tasvirlangan.
Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o‘quvchilarda mustaqil fi krlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilmdonlikka undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qo‘llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bo‘lgan «ma», «ma-na» (14-bet), kabi ba’zi so‘zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimKitobxon.Com 8 larni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan o‘quv materiallarning yetarli darajada bo‘lishiga, ya’ni ko‘proq so‘z o‘qish imkoniyatini hosil qilishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so‘zlar (fe’l)ga oid boshlang‘ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. O‘qituvchi darslik materiallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so‘zlar mazmunini to‘liq izohlashda turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofi qdir.
Darslikning 17, 33-betlarida T va Y tovush-harfl ari ni o‘rganishda mustahkamlash darslari uchun tavsiya qilingan «Bekinmachoq o‘yinida harflarni top» rebusining kattalashtirilgan nusxasini tayyorlab, ushbu nusxa asosida harfl arni toptirish, rebusda berilgan harfl ardan so‘zlar tuzdirish maqsadga muvofi qdir. Xususan, T tovush-harfi ni o‘rganish uchun tavsiya qilingan rebusdagi OTMA so‘zini bolalar osongina topa oladilar, uning tarkibida O, T, M, A tovushlari qatnashgan, ushbu harfl ar ishtirokida OT, MOT, TOM kabi so‘zlarni tuzish mumkin. 33-betdagi rebuslarni ham har ikkovini yonma-yon xuddi darslikda berilganidek, kattalashtirilgan nusxasini sinf xattaxtasiga ilib, berkitilgan harfl arni (1-rebusda u, b, m, o, l; ikkinchi rebusda y, l, o, I kabi) ular birgalikda uy so‘zini hosil qilishini toptirish, ushbu harfl ar ishtirokida ol, mol, yoy, bol, loy kabi so‘zlarni tuzdirish mumkin bo‘lib, bunday mashg‘ulotlar bolalarning aqliy faolligini rivojlantiradi, mantiqiy va mustaqil fi krlashga o‘rgatadi.
Darslikda ertakdan rasm-lavhalar, ular asosida matn berib borishga ham e’tibor berildi. Xususan, darslikning 18, 31-betlarida Ll, Uu harf-tovushlarini o‘rganishga mo‘ljallangan darslar uchun «Qaynar xumcha», «Bo‘ri bilan turna» ertaklaridan rasm-lavha va matnlar berilgan. Ushbu o‘rinda o‘qituvchi rasmlarning qaysi ertak asosida chizilganligi va uning mazmunini bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga muvofi qdir. Xususan, Alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida o‘rganish uchun «Qaynar xumcha» ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni quyidagi tarkibda o‘rganish mumkin. O‘qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o‘quvchilarga ko‘rsatadi. (rasmlar sinf xattaxtasiga ilib qo‘yiladi). – Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti? – «Qaynar xumcha» ertagini. – Yaxshi. Kim «Qaynar xumcha» ertagini aytib beradi? Albatta, o‘quvchilarning javobini to‘ldirgan holda, o‘qituvchi ertakni qayta, obrazli va jonli ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suhbat o‘tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha tasviri asosida berilgan matn o‘qitilib, gaplar tuzdiriladi. – Ana oltin. – Bobo oltinni ko‘rdi, kabi. Kitobxon.Com 9 Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar ostida ularning so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular asosida so‘zlarni tovush – bo‘g‘in tahlilini muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarning yangi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi. Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so‘zlarning bo‘g‘inlab berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda o‘quvchining orfografi k savodxonligini ta’minlashga, to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, qolaversa, uning lug‘at boyligini, so‘z zaxirasini oshirishga qaratilgan. Ushbu materiallar yangi bilim larni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishda asqotadi.
O‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun 3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan. Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofi q bo‘ladi.
O‘qituvchi: – Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi.
O‘quvchilar: – Be-shik.
O‘qituvchi: – «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan?
O‘quvchilar: – Ikkita.
O‘qituvchi: – Juda to‘g‘ri.
Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur. Kitobxon.Com 10 Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz: I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin.
O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi.
O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi. Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harfl ar o‘quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi:

XULOSA VA TAVSIYALAR


Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l atvori, bilimi va qanchalik darajada mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan dalolat berar ekan, demak biz o'quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o'rgatish orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin. O'quvchilar savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo'lishga o'rganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo'lgan fazilatlardan biridir.
O'quvchilarni yozishga o‘rgatishga bag'ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishimda men ana shu masalani ko'rib chiqdim. Unda asosan o'quvchilarni yozishga o'rgatish masalalari, yozuv darslarida savodli yozishga o'rgatish usullari va boshqa masalalarga e'tibor berildi.
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda boshlang'ich ta'lim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o'zgacha yo'nalish, o'zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirish kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini o'qitishda pedagogik texnologiyalarning ilg'or usullariga tayanib ish ko'rmoq joiz hamda bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus o'quv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu 1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
Oquvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish orqali samaradorlikka erishishimiz mumkin:

  • bolalar ruhiyatini chuqur o'rganib, ularning har biriga o'ziga xos munosabatda bo'lish;

  • dars jarayonida, darsdan keyingi mashg'ulotlarda bolaning doimo yaxshi


kayfiyatda bo'lishini ta'miniashga;

  • oquvchilar yozish jarayonida eng ko'p yo'l qo'yayotgan xatolarga e'tibor

berish;

  • savodli yozish daqiqalarini otkazish;

  • o'quvchilarni o'z xatolari ustida ishlashga o'rgatish;

  • turli didaktik o'yinlardan foydalanib yozish malakalarini oshirish;

Darslarga mana shu tarzda yondoshish orqali biz o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatib borishimiz mumkin bo'ladi deb hisoblayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va faro`on demokratik O‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O‘zbekiston” 2016-y -56-b.
2.Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b.
3. Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q. Abdullayeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N. Bikboyeva. —Т.: 1994.
4. J. G‘. Yo'ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.— Т.: “O'qituvchi”, 2004.
5. Y. Abdullayev. Eski maktabda xat-savod o'rgatish. - Т. “O‘qituvchi", 2005.
6 K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish. — Т.: 2002
7 К. Qosimova, S. Fuzailov, A. N e’matova. Ona tili (4-sinf uchun darslik). — Т.: Cho'lpon, 2005.
Toshkent. ―O`qituvchi‖ 2015 yil.
8. Jumaev M.E, Tadjieva Z.G‗. Boshlang’ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. (OO`YU uchun darslik.) Toshkent. ―Fan va texnologiya‖ 2015 yil.
9. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (4 -sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). — Т.: “O'qituvchi”, 1999.

    1. INTERNET MA’LUMOTLARI

  1. www.tayi.uz /artikle/artikle 48.dos

  2. www.google.uz (www.rambler.ru)

Download 112,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish