1–rasm. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi.
qiziqish uyg‘otishdan va amaliy bezak san'at sirlarinidan voqif bo‘lishlari va bu
san'atga yaqinroq bo‘lishlarini ta'minlashdan iboratdir.
Afsuski, ba'zi o‘quv yurtlarining intererini badiiy bezashda g‘oyat jiddiy
nuqsonlar va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Amaliy bezak san'atining sifatsiz va
saviyasiz namunalari, tasviriy san'atning boshqa turlariga bevosita bog‘lanmagan
ayrim stendlar, devoriy gazetalar, chaqiriqlar, e'lonlar, portretlar intererning
ko‘rinishini buzib turganini kuzatish mumkin.
Badiiy bezash ishlarida amaliy bezak san'ati elementlarini qo‘llashda asosan
quyidagilarni nazarda tutish shart:
qo‘llanilayotgan dekorativ–amaliy san'at namunasi interer xarakteriga
mos bo‘lishi kerak;
auditoriyaning vazifasini;
badiiy
bezash
ishlarida
qo‘llanilayotgan
dekorativ–amaliy
san'at
elementlari
mavsumiy,
ya'ni
vaqti–vaqti
bilan
almashtirib
turiladigan elementlar bilan mos
bo‘lishi zarur;
o‘quv
yurtidagi
badiiy
bezash
ishlarida
qo‘llanayotgan
amaliy
san'at
elementlari tasviriy san'atning boshqa turlari bilan uzviy bog‘lanishi kerak
(rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va me'morlik intererni badiiy bezashda bir–
biriga garmonik bog‘lanmasa, hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi).
Yuqorida ta'kidlanganidek, intererni badiiy bezashda bevosita uning
vazifasidan kelib chiqqan qolda ish ko‘rish lozim.
16
2–rasm. Xotira va Qadrlash maydoni majmuasi.
Agar o‘quv yurti muzeyi, ko‘rgazmasi va ekspozitsiyalari haqida gap
ketadigan bo‘lsa, eng avvalo, undagi fazo bo‘shlig'i saqlanishi, eksponatlarni tomosha
qilish uchun qulaylik yaratilishi lozim. Yana shuni ta'kidlab o‘tmoqchimizki, badiiy
bezash ishlarida dekorativ–amaliy san'at elementlarini qo‘llash murakkab jarayon
bo‘lib, ko‘r–ko‘rona qo‘llanilanadigan elementlar ko‘ngildagidek natija bermaydi.
Ular avvalo yuksak badiylikka ega bo‘lib, auditoriya va intererlarning boshqa
qismlarining vazifasiga, rang yechimlariga, undagi jiqozlar, mebellar va yoritilganlik
darajasiga mos bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston o‘quv yurtlarining intererlarini badiiy bezashda amaliy bezak
san'tning naqqoshlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi kabi turlari nisbatan ko‘proq
qo‘llanilmoqda. Bu tabiiy hol, chunki dekorativ–amaliy san'atning xuddi shu turlari
qadimdan e'zozlanib, juda ko‘p binolarni bezashda qo‘llanib kelingan. Bunga
Samarqanddagi Registon ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxorodagi Minorai
Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Xivadagi Islomxo‘ja minorasi, Toshkentdagi
Ko‘kaldosh madrasasi, Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi, Shahrisabzdagi Oqsaroy
binosi va boshqalar misol bo‘la oladi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |