Foydalanilgan adabiyotlar va o`quv qo`llanmalar
1. A.S.Iskandarov A.S. «Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanokllar. T.: “Fan va texnologgiya” 2004.
2.N.A.Muslimov, SH.S.SHaripov, M.Qodirov“Texnik ijodkorlik va dizayn”. T.: “TDPU”,2010.
3. R.S.SHermuxamedov, S.S.YAxyaev, A.E.Parmonov.” CHildangarlikdan amaliy ishla” T.: “Iqtisod -moliya” 2008.
4..G‘.M.Abduqodirov.” Kasb ta’limi praktikumi” T.: “Sharq” 2012.
5.Z.Sotboldiev ”Dizayinasoslar” T. “Iqtsodiyot-Moliya”2008.
6.T.Abdurashidov “Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi” “Musiqa” nashriyoti Toshkent - 2010
Elektron ta`lim resurslari
1.http://www.ziyonet.uz
2. http://www.tdpu.uz
Rezina materiallari.
1.Rezina haqida tushuncha.
2.Rezina buyumlar ishlab chiqarish
3.Rezina ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar
4.Rezina aralashmasini tayyorjlash
5.Rezina aralashmasini shakillash.
1.Rezina haqida tushuncha.
Rezina ko’p komponetli material bo’lib , kompozitsion material hisoblanadi ,u ozigina kuch ta’sirida osonlik bilan deformasiyalanishi mumkin va o’zining shaklini deformasiyadan so’n qaytadan tiklash xususiyatiga ega.Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan 500 – 1000% nisbiy chozilishi mumkin .Ma’lumki ,po’lat cho’zilish jarqayonida uning cho’zilishi qayishqoqligining atigi 1% ini tashkil etadi. Rezinaning bunday xususiyati yuqori elastic xususiyati deb ataladi. Bu ko’rsatkich katta ahamiyatga ega .
Bundan tashqari, rezinzning muhim xarakteristikasi uning qattiq emasligidur.Bu ko’rsatgich uning deformatsiyasi – qayishqoqlik xususiyatiga ega bo’lishi undan har hil valiklar yasashda unga ten keladigan material yo’qligidan dalolat beradi.
Rezina yuqori ishqalanish konffitsiyentiga egadur. Suv va gaz o’tgazuvchanligi , agressiv muhit ta’siriga chidamligi bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi. Rezina ko’p komponentli sistema , unui tayyirlash va undan buyum olish ancha murakkab va ko’b energiya talab qilmaydigan jarayondur .Rezina tayyorlash uchun yuqori molekulali polimerlar qo’llaniladi . Ulardan asosan , qattiq ( shishasimon, kiristal ) holatdan yuqori elastic holatga o’tishda past (uy haroratidan past) hatoratni tashkil qiladiganlari foydalaniladi. Rezina tayyorlash uchun qo’laniladigan elastomerlar odatda kauchuklar deb ataladi.
Ko’pincha kauchuklar rezinaga aylanishi natijasida ularning makromolekulalari orasida kimyoviy bog’ , yani to’rsimon bog’ hosil bo’ladi .Kauchukdan tashqari rezina olishda har xil qoshimchalar (ingridiyentlar) ishlatiladi .Bular kauchukni qayta ishlash vaqtida kimyaviy o’zgarishlarga sabab bo’ladi (plastikligini oshirish , choklash va h.k) va rezina buyumlar maxsus xossalarga ega bo’ladi. Ingridiyentlar (qorishmaning tarkibiy qismi ) o’zlarining ta’siri bo’yicha quyidagilarga bo’linadi :
-vulkanlovchi agentlar
-vilkanlashni tezlashtruvchilar
-aktivlovchilar
- to’ldirgichlar
-plastifikatlar
- eskirishdan saqlovchilar yani har xil kimyoviy moddalar.
Ingridiyentlarning qiymati kauchukka nisbatan birdan to o’nlab foizlarni tashkil etadi.
Rezinaning fizik – mexanik xossalarini yaxshilash uchun uning ishqalanishiga chidamliligini, qattiqligini , mustahkamligini va boshqa xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga oz miqdorda texnik uglerod (qurum) kukun holida qo’shiladi.
Ko’p rezina buyumlar faqat rezinadan tayyorlanmasdan , tarkibida mato va armirlovchi materiallar kiritiladi .Misol uchun ,avtomobil shinasini olsak ,unda mato ( kord )ning miqdori 15 – 35 % ni tashkil qiladi.
2. Rezina buyumlar ishlab chiqarish
Rezinadan buyumlar ishlab chiqarishda asosiy farq qiluvchi xossasi mexanik va kimyoviy jarayonlarni o’zida mujassam qilganligidur.Oldin kauchuklarga mexanik ishlov beriladi , ya’ni plastikatsiya ta’sirida qayta ishlashda unga kerak bo’lgan texnologik xossalar beriladi.
Oldindan belgilangan kompleks xossaga ega bo’lgan rezina olish uchun avvalo , kauchuk va aniq tarkibga ega bo’lgan ingrediyentlar bilan qorish ma tayyorlanadi. Qorishma tayyorlashdan asosiy maqsad , ingrediyentlarning polimer ichida bir tekisda taqsimlanishini ta’minlashdir. Kauchuklar choklanishidan oldin qovushqoq oquvchan holatda bo’lib ,plastic xossaga ,ya’ni mexanik qaytmas deformatsiyaga ega bo’ladi. Ingrediyentlar kauchukmassasida surilish deformasiyasi tasirida bir tekisda tasdiqlanadi. Bu jarayon maxsus mashinalarda amalga oshiriladi .Kauchukni ingrediyentlar kauchuklar bilan aralashtrishda ko’mponentlar aralashishi bilan bir qatorda bir qancha murakkab fizik – kimyoviy va kimyoviy jarayonlar kechadi . Jumladan, polimer – strukturaviy o’zgarishlar (mexanik kuchlanish ta’sirida), rezina komponetlari orasidagi o’zaro ta’sir va hokozalar ga bogliq. Sodir bo’layotgan jarayonlar xarakteri rezinani qayta ishlash sharoyitiga bog’liq.
Rezina qotishmasi yarimfabrikat hisoblanadi va undan rezinz buyumlari tayyorlanadi.Rezina qorishmasi ,kauchuklar singari ,piastik xususiyatga egadur . Shuning uchun aniq bir sharoitda u har xil usullarda shakillanishi munkun . Shakillanish xususiyatidan zagatovka tayyorlashda foydalaniladi.Rezina qorishmalaridan buyum olishda quydagi usullardan :
Shprislash
Kalandrlash
Presslash va boshqa usular.
Rezina qorishmasi bilan mato, metall va bosh qa yuzalarni qoplash ham munkin.
Rezina buyumlarni olishda asosiy va yakunlovchi jarayon vilkanlash hisoblanadi. Vulkanlash jarayonida kauchuk makro – molikulalari ko’ndalang kimyoviy bog’ hosil qilib , vulkanlovchi uch o’lchamli to’r hosil qiladi . Natijada plastic rezina aralashmasi yuqori elastik rezinzga aylanadi.
Shunday qilib ,qayta ishlash jarayonining vulkanlash bosqichida mashinada takrolanmas muhim o’zgarish , ya’ni material xossasining o’zgarishi sodir bo’ladi.
Vilkanlash jarayonida oltingugurt hamda aktivlovchi va tezlatuvchi moddalar ta’sirida kauchuk makromalikulalariaro uch o’lchamli to’r hosil bo’ladi.Bundan issiqlik katta rol o’ynaydi.Shunining uchun vulkanlash jadayonida tashqaridan bosim ostida issiq beriladi.Bu jarayon har xil apparatlarda olib boriladi . ayrim payitlarda shakillanish va vulkanizatsiya jarayoni bir vaqitda olib boriladi. An’anaviy texnologik jarayonlar qatorida rezina buyumlarni ,,qattiq” kauchuklardan olish bilan birga rezina sanotida kauchikiarning suvdagi dispersiyasidan - lateksdan buyum tayyorlash taraqqiy eta boshladi.Bu usul bilan olingan yarimfabrikant dastlab quritiladi, keyin vulkanlanadi.
Rezina sanotida organic eritmalarda tayyorlangan rezina aralashmasi (eritmalar) – rezina yelimlari deb ataladi. Ular har xil sohada keng qo’llaniladi.
Shunga o’xshash rezina aralashmasidan kukun holida yarimfabrikant olish va uni qo’llash , suyuq kauchuklarni , quyi malikulali polimerlarni rezina buyumlar olishda qo’llash ham katta ahamiyatga egadir.
3.Rezina ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar
Ko’p rezina buyumlar , ularning konstruksiyasi murakabligidan qat’I nazar , odatda ,umumuiy texnologiya bo’yicha , ya’ni yarim fabrikantni tayyorlash ; vulkanizatsiya qilish yo’li bilan ishlab chiqariladi.
Yarimfabrikatlar parallel potoklarda tayyorlanadi ; bular kauchuk va ingrediyentlarni tayyorlash ,tortish , qorishma tayorlashdan iborat.
Ayrim texnologik operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan potoklarda yoki avtomatlashtirilgan sxema boyicha amalga oshiriladi.Umumiy texnologik ishlab chiqarish quydagi jarayonlardan iborat :
Xomashyoni qabul qilish va saqlash ;
-kauchuk va ingrediyentlarni tayyorlash va ularga ishlov berish ;
- xomashyoni tortib olish va ularni dozalash (me’yorlash);
- rezina aralashmasini qorish;
- rezina aralashmasini shakillash;
-kalandrlash, matolarga kalandr yordamida rezina qoplash ;
- shpirislash;
- rezina zagatovkalarni bichish;
- rezina yelimini tayyorlash va matolarni rezina qo’ shib to’qish ;
- murakab buyumlarni yig’ish;
- rezina aralashmasini vulkanlash.
Rezina ishlab chiqarish zavodlari og’ir uskunalar bilan jixozlangan bo’lib , ko’p miqdorda elektroenergiya , issiqlik , gidravlik energiya talab qiladi.Shu sababli ishlab chiqarishni shunday tashkil qilish kerakki , ekspuluatasiya xarajatlari minumumga kelsin.
4.Rezina aralashmasini tayyorjlash
Rezina aralashmasini olish uchun kauchuk ingrediyentlar bir jinisli aralashma hosil qilguncha aralashtiriladi.Aralashtirish jarayoni bir necha bocqichdan iborat bo’lishi mumkun:
Qattiq komponentlarni maydalash;
Komponentlarni kauchukka kiritish;
Agiomeratlarni disperslash;
Qorishtirish.
Komponetlarni aralashtirish mexanizimiga ko’p komponetli sistemaning deformatsiyalanishi deb qarash munkin . Bu defornasiya natijasidq aralashayotgan materialning qalinligi tobora kamayib borishi komponetlararo yuza ta’sirinig oshib borishiga olib keladi. Natijada , shunday holatga erishish mumkinki ,qatlam qalinligi disperslanayotgan faza zarracha o’lchamiga yaqinlashadi.Rezina aralashmasining sfati komponenlarning hajimda bir tekisda taqsimlanishi bilan belgilanadi.
5.Rezina aralashmasini shakillash.
Rezina buyum olish uchun rezina qorishmasiga aniq bir shakil berish kerak , ya’ni shakillantirish zarur.Sakilantirish asosan :
Kalandirlash , ekstruziya ( шприцование) ,presslash ,bosim ostida quyish usullari bilan amalga oshiriladi.
Rezina ishlab chiqarishda ko'pincha shakilash jarayoni vulkanlash jarayoni bilan birga olib boriladi.
Turliy buyumlarni ishlab chiqarishda vulkanlash katta rol o’ynaydi. Vulkanlash jarayonida rezina qorishmasining plastikligi kamayadi va asta – sekin elastiklik xossasi oshib boradi, fizik –mexanik xossasi yaxshilanadi.Rezina aralashmasi tarkibida vulkanlovchi moddalar bo’lib , ular yuqori haroratda kauchuk bilan reaksiyaga kiradi .Tempera turning ta’siri vaqti oldindan belgilab olinadi , ular vulkanizatorlar deb ataladi.
Mustahkamlash uchun savollari.
1.Rezinaning va kauchukning texnologik , fizik – kimyoviy va fizik – mexanik xossalarni tushuntirib bering.
2.Rezina aralashmasining ingrediyentlari va ularning vazifalari nimalardan iborat.
3.Rezina olishda vulkanlashning roli qanday, tushuntirib bering.
4.Nima uchun rezina yuqori elastic materiallar turkumiga kiradi.
5.Rezina tayyorlashda eskirishdan saqlovchi qanday moddalar ishlatiladi.
6.Oltingugurt rezina aralashmasida qanday vazifasini bajaradi.
7.Lateks nima , u qanday tayyorlanadi va qyerda qo’laniladi.
8.Maxsus qollaniladigan kauchuklar deb qanday kauchuklarga aytiladi.
Test.
1.Rezina so’zi qaysi tildan olingan.
A.*Latincha.
B.Inglizcha
C.Nenscha.
D.Fransuzcha.
2.Rezina qanday olinadigan maxsulot.
A.*Rezina aralashmasini vulkanizasiyalab .
B. Rezina aralashmasini yelimlab .
C.Rezina aralashmasini presslab .
D. Rezina aralashmasini qirqish.
3.Barch turdagi rezinalar uchun xos bo’lgan xossalardan eng muhimi …
A.*Yuqori elastikligi
B.Past elastigligi
C.O’rta elastikligi
D. Yuqori elastikligi, O’rta elastikligi
4.Rezina necha guruppaga bo’linadi.
A.*2 taga
B. 3 taga
C. 4 taga
D. 6 taga
5.Shina,konveyer lentalar,tasma englar, ro’zgor buyumlar qaysi guruppaga kiradi.
A.* Birinchi guruppaga
B.Ikkinchi guruppaga
C.Birinchi,ikkinchi guruppalarga
D,Uchinch guruppaga
6.Rezinaning kauchuk turiga bogliq asosiy xossalari qaysi javobda to’gri ko’rsatilgan.
A.* Issiqqa , moy –benzinga va sovuqqa chidamligi, radiasiya ,emuruvchi muhit tasiriga bardoshligi, gaz o’tgazmasligi .
B. Issiqqa , moy –benzinga va sovuqqa chidamligi .
C, Issiqqa , moy –benzinga , radiasiya , gaz o’tgazmasligi .
D. Emuruvchi muhit tasiriga bardoshligi .
7. Rezina qanday guruppalarga bo’linadi.
A. *Umumiy maqsadlarga mo’ljanlangan, maxsus ishlarga mo’ljalangan
B. Mayishiy maqsadlarga mo’ljanlangan
C. Transport soxasiga mo’ljanlangan, maxsus ishlarga mo’ljalangan
D. Mayishiy maqsadlarga mo’ljanlangan, maxsus ishlarga mo’ljalangan
8. Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan necha foyiz( % ) nisbiy chozilishi mumkin .
A. *Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan 500 – 1000% nisbiy chozilishi mumkin .
B. Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan 600 – 900% nisbiy chozilishi mumkin .
C. Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan 400 – 1000% nisbiy chozilishi mumkin .
D. Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan 500 – 1000% yoki 400 – 1000% nisbiy chozilishi mumkin .
9. Rezina qanday konffitsiyentiga egadur.
A.* Rezina yuqori ishqalanish konffitsiyentiga egadur.
B. Rezina past ishqalanish konffitsiyentiga egadur.
C. Rezina yuqori va kam ishqalanish konffitsiyentiga egadur.
D. Rezina kam ishqalanish konffitsiyentiga egadur.
10. Rezina nimasy bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi.
A.* Rezina suv va gaz o’tgazmasligi , agressiv muhit ta’siriga chidamligi bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi.
B. Rezina suv va gaz o’tgazmasligi , bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi.
C. Rezina agressiv muhit ta’siriga chidamligi bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi.
D.Rezina qulayligi bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |