Kichik diametrli teshikni dastakli drel bilan parmalash
1. Ishlashga tayyorlanishi ;
a) drel dastasi(5)ning yurishini tekshirish;
b) tirak(4)ning ishonchli mahkamlanganligini tekshirish;
v) podshipniklarda moy bor-yo‘qligini tekshirish (zarurat bo‘lsa, moylash);
g) chizmada ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan sinchiklab tanishish;
d) buyumni chizmaga ko‘ra rejalash (markazlarni, aylanalarni) va belgi chiziqlarga kerner urib chiqish;
e) chizmaga muvofiq berilgan diametri bo‘yicha parma tanlash;
j) patronning kulachoklarini parmaning zarur diametriga kerish;
z ) parma quyrug‘ini va patron kulachoklarining ichini artish;
i) parmani patron kulachoklarida qisish;
k) dasta(5)ni aylantirib, parmaning tepish-tepmasligini tekshirish.
2. Past ost qo‘ymada dastakli drel bilan parmalash :
a) ost qo‘yma(1)ga (yoki polga) rejalangan buyum(3)ni qo‘yish, detal ost qo‘yma(2)da joylashtirilgan bo‘ladi;
b) parmaning uchini kerner urib belgilangan markazga keltirish;
v) xomaki parmalab ko‘rish: parmani o‘ng qo‘l bilan teshik o‘qi bo‘ylab yo‘naltirib, drelning tebranishiga yo‘l qo‘ymasdan dastani ravon aylantirish;
g) parmalangan teshikka albatta bir necha tomchi mashina moyi quyish kerak (bunda kesish jarayoni yaxshilanadi);
d) drelni o‘ng qo‘lda aylantirish dastasidan, chap qo‘l bilan esa qo‘zg‘almas dastasidan ushlash; ko‘krakni markazga (tirakka) tirash; dastani o‘ng qo‘l bilan aylantirib, parmalashni bajarish;
e) teshikni iloji boricha tez-tez qirindi siniqlaridan tozalash (buyumni aylantirib, silkitib) kerak, chunki bu siniqlar parmaning peremichkasi ostiga tushib, parmaning o‘tmaslanishiga yoki uvalanib sinishiga sabab bo‘lishi mumkin;
j)parma tiqilib qolganida uni teskarisiga aylantirib, bo‘shatish kerak;
z)parmalash oxirida drelni bosishni kamaytirish va aylanish sonini kamaytirish kerak, aks holda parma teshik tubiga bosiladi va sinadi.
Eslatma.Parmaning sinishi ko‘pincha drel qiyshayganida va unga kuchli bosilganida yuz beradi.
Baland taglikda dastakli drel bilan parmalash ham past taglikda parmalangani kabi bajariladi (2-bandning a-z bandchalariga qarang); buyumni slesarlik tiskisiga mahkamlab qo‘yish ham mumkin .
Tiskiga qisilgan buyumlarni dastakli drel bilan parmalash.
a) buyumni tiskida puxta qisib qo‘yish .
b) kerner urilgan chuqurchani (teshik markazini) aniq parmalash;
v) parma o‘rnatilgan drelni teshik markaziga qat’iy perpendikulyar o‘rnatish;
g) drelning gorizontalligiga rioya qilish, tirakning talab etilgan sathdan pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
d) zarur bo‘lganda parmaga bosish kuchini oshirish: chap qo‘l bilan buyumni qisib ushlash, drelni esa ko‘krak bilan muvozanatda tutib turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |