Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “texnologik ta’lim” kafedrasi


Rejalash ishlarida xavfsiz ishlash qoidalari



Download 10,39 Mb.
bet38/103
Sana01.01.2022
Hajmi10,39 Mb.
#294013
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Bog'liq
ChDPI T-D Word

Rejalash ishlarida xavfsiz ishlash qoidalari.

Chizgichlar, sirkullarning o‘tkir uchlaridan ehtiyotlik bilan foydalanish kerak.

Rejalash plitasini stolga puxta o‘rnatish lozim.

Mis kuporosi eritmasidan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.

Buzuq charxlash stanogida; kojux, ekrancha bo‘lmaganida; podruchnik buzuq bo’lganda; charxtosh bilan podruchnik o‘rtasida 2-3 mm dan ortiq zazor bo‘lganda; charxtoshda tepish bo‘lganda ishlash yaramaydi.

O’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigan xatolar hamda ularning oldini olish.

Ayni mavzu yuzasidan mashqlarni bajarishda o‘quvchilar duch keladigan asosiy qiyinchiliklarga va ularning tushunib olish xususiyatlarining pasayishiga oldingi slesarlik operatsiyalarini bilmasliklari sabab bo‘ladi. Ba’zan metalga oldindan ishlov bermasdan rejalash ishlarini bajaradilar va hamma vaqt ham rejalashni keyingi ishlov berish bilan qo‘shib olib bormaydilar.

Tekislikda rejalashda o‘quvchilar duch keladigan birinchi qiyinchilik oldindan tozalangan yuzaning ifloslanishi natijasida buyum yuzasining mis kuporosi bilan yomon bo‘yalishidir. Buyum yuzasining mis kuporosi bilan yaxshi bo‘yalishini ta’minlash uchun yuzani temir cho‘tka bilan tozalash kerak. Mis kuporosini suvda suyultirish va buyumning yuzasini mo‘yqalam bilan bo‘yash kerak. Buyumning yuzasini suv bilan namlab keyin uni mis kuporosi bo‘lagi bilan ishqalashga yo‘l qo‘ymaslik lozim, bunda mis kuporosining zararli ekanligini yodda tutish kerak.

Chizgich bilan bo‘ylama chiziqchalar o‘tkazishda o‘quvchilar ko‘pincha millimetrli lineykani joyidan qo‘zg‘atib yuboradilar va natijada chiziqchalar egri chiqadi. Millimetrli lineyka joyidan siljib ketmasligi uchun uni buyumga chap qo‘lning keng qilib kerilgan barmoqlari bilan shunday jips bosib turish kerakki, bunda barmoqlar lineykani o‘rtasidan emas, balki chetlaridan bosib tursin.

Chiziqchalar o‘tkazishda o‘quvchilar ikkit xil xatoga yo‘l qo‘yadilar:

chizgichni juda og‘dirib yuboradilar, buning natijasida u metalga o‘yib kirmaydi, balki mis kuporosini qirib ketadi, xolos; chizgichni yuzaga nisbatan kichik burchak hosil qilib ushlab, uning metalga o‘yib kirishiga erishish zarur;

chiziqchalar chizg‘ichning bir o‘tishid a emas, balki 2—3 o‘tishida aniq chiqadi. Bunda chiziqchalar keng bo‘lib, ba’zan esa qo‘shaloq bo‘lib chiqadi. Chiziqchalarni chizgichning bir o‘tishida o‘tkazish zarur.

Belgi chiziqchalariga kern urishda va belgi chiziqchalari bo‘yicha kern chuqurchalari hosil qilishda o‘quvchilar ma’lum qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunday holga ko‘pincha katta burchak hosil qilib charxlangan kerner sabab bo‘ladi.

Kern o‘yiqchalari aniq belgi chiziqchalari bo‘yicha chiqishi uchun kernerni qiyalatib, uni belgi chiziqchasi ustiga ko‘ndalangiga yurgizib kiritish lozim. Kerner belgi chiziqchaga kirganidan keyin u to‘g‘ri burchak hosil bo‘lguncha tikkaytiriladi va unga bolg‘acha bilan uriladi.

O’quvchilar kerner o‘yiqlarini qalin qilib qo‘yib, ular bilan rejalanadigan joyning atrofini o‘rab chiqadilar. Bunday rejalash qo‘pol chiqadi, belgi chiziqchalari bilan ustma-ust tushmaydigan kern o‘yiqlari soni ko‘payib ketadi. Natijada ishlov berilganidan keyin buyum chetlari kern o‘yiqchalarining qolgan izlari bilan o‘ydim-chuqur bo‘lib qoladi. Kern o‘yiqlarini to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 10-50 mm oralatib va albatta belgi chiziqchalari kesishgan joylarda qo‘yish kerak. Kern o‘yiqchalari bir xil chuqurlikda chiqishi uchun kernlashni rejalash bolg‘achasi bilan bir xil kuch bilan urib bajarish lozim.

Aylanalarni rejalashda o‘quvchilar boshqa qiyinchiliklarga duch keladi: ular sirkulni ma’lum o‘lchamga sozlayotganlarida, odatda, barashkani mahkamlash vaqtida uni sirg‘altirib yuboradilar. Sirkul sirg‘alib ketmasligi uchun uni barashka turgan oyog‘idan chap qo‘l bilan ushlash kerak. Aylanani oldin buyumda emas, balki metall bo‘lagida rejalab olish tavsiya etiladi. Bunda hosil bo‘lgan aylana millimetrli lineyka yordamida o‘lchanadi. Odatda aylananing o‘lchami birdaniga belgilanmaydi, ammo o‘lcham topilganidan keyin rejalashni darhol buyumga qo‘yish mumkin.

Rejalash muhim operatsiya ekanligini yodingizda tuting: rejalash to‘g‘ri bajarilganda hatto sifatsiz detalni ham ishlov berish uchun tayyorlash mumkin va aksincha, rejalash yomon bajarilganda yaroqli buyumni ham buzib qo‘yish mumkin.




Download 10,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish