Yog‘ochning xossalari.
Materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi.
Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli(teksturasi), xidi, namligi, nam ta’sirda bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat.
Rang yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muxim xossalaridan biri. Yog‘ochning rangi avvalo uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol-jigarrang; qora qayin akatsiya oq qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och-qoramtir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |