Kichik va o‘rta biznesning afzalliklari :
Biznesni boshlovchi ishbilarmon o‘zi kichik va o‘rta korxonani tashkil etayotganida va faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun kichik va o‘rta korxonaning asosiy afzal jihatlarini yaxshi tasavvur etishi lozim. Ular quyidagilardan iborat:
harakat erkinligi;
moslashuvchanlik va tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyati;
mahalliy shart-sharoitlarga tez ko‘nikma hosil qilishi;
mayda biznesga nisbatan xayrixohlik;(unga qiziqish kuchli)
operatsion xarajatlarning kamligi;(ish haqiga,boshqarish xarajatlar kam)
tezlik bilan moddiy yutuqqa erishish imkoniyati;
kelgusidagi foydali tomonlari;(zarurda biznesni sotish imkoniyati)
bir necha kasbni olib borish;
ixtisoslashgan yoki xususiylashgan sharoitdagi afzalliklari;
ishbilarmonlik ruhining saqlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |