Parmalash mashinasi bilan ishlash.
1. Ish usullarini o‘rganish:
a) yengil tipdagi ochiq dastali mashinani o‘ng qo‘l bilan shunday qamrab ushlash kerakki, ko‘rsatkich barmoq tepkining ustida tursin (elektr dvigatel shu tepki yordamida yurgizib yuboriladi);
b) o‘rta tipdagi berk dastali mashinani dastasidan shunday ushlansinki, bosh barmoq elektr dvigatel tepkisida tursin.
2 . Parmalash uzoq davom etganida elektr parmalash mashinasining o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘yish yaramaydi; vaqti-vaqti bilan tanaffus qilib, elektr dvigatelni sovutish uchun to‘xtatib qo‘yish kerak (qizish qo‘l kafti bilan tekshiriladi, korpusning temperaturasi qo‘l chidaydigan darajada bo‘lishi kerak).
3. Ish vaqtida elektr dvigatelni ko‘chirish uchun elektr dvigatelni to‘xtatish lozim; sim tarang bo‘lmasligi va buralib qolmagan bo‘lishi kerak.
4. Ish tugayotganida parmaning surilishini kamaytirish kerak.
5. Ish tugagach:
a ) Mashina dvigatelini to‘xtatish, mashina elektr yuritmani tarmoqdan uzib qo‘yish lozim;
b) parmani mashina shpindelining teshigidan maxsus pona yordamida chiqarib olish kerak;
v) elektr parmalash mashinasini kirdan, metal changidan, qirindilardan yaxshilab tozalash; quruq latta bilan sim qobig‘ini artish va batartib o‘rab qo‘yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |