Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “texnologik ta’lim” kafedrasi


Buyumlarni prizmalar va qisqichlarda mahkamlash



Download 10,39 Mb.
bet42/103
Sana01.01.2022
Hajmi10,39 Mb.
#294013
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
ChDPI T-D Word

Buyumlarni prizmalar va qisqichlarda mahkamlash.

Tiski jag‘lari orasiga sig‘maydigan buyumni qamragich plankalar va stol paziga qo‘yilgan boltlar yordamida bevosita stanok stolid mahkamlash (83-rasm, a).

Stolga bevosita o‘rnatish mumkin bo‘lmagan buyumlar yoki parmalangan teshiklar ishlov beriladigan detalning tayanch tekisligiga perpendikulyar bo‘lishi lozim bo‘lgan hollarda qamragichlar bilan yoki rostlanuvchi burchakliklar bilan mahkamlanadi (xuddi shu qamragichlar va burchakliklar tayanch tekisligi kichik bo‘lgan buyumlarni teshishda ham qo‘llaniladi.

Silindrik buyumlar (3) prizmalar(4)da o‘rnatiladi va planka(2) bilan pog‘onali tayanch(1)ga siqiladi.

2-mashq. Stanokni boshqarish va unda ishlash.

Shpindelning to‘g‘ri aylanayotganini tekshirish (shpindelda o‘q bo’yicha va radial tebranish (luftlar) bo‘lmasligi kerak, ammo asbobning teshishsiz aylanishini ta’minlashi zarur).

Tasmaning tarangligini tekshirish (bo‘sh tortilgan tasmani tortish yoki sakrab chiqib ketishining, yoxud sirpanishining oldini olish uchun tikib qo‘yish lozim).

Stolning surish mexanizmini tekshirish (stanokning ish stoli ko‘tarish va tushirishda yengil surilishi kerak).

Boshqarish dastalarini tekshirish: ular stanok mexanizmlarini oson ulab-uzishlari kerak; tezliklar qutisi bor stanoklarda shpindelning aylanish chastotasi dastani tanlangan chastotaga mos vaziyatga o‘tkazish yo‘li bilan o‘rnatiladi (avtomatik surishni o‘rnatish ham shu yo‘sinda bajariladi); dastakli surishda parmaga bosish qo‘l bilan bajariladi.

Asbobni tekshirish (u o‘tkir, to‘g‘ri charxlangan va o‘lchami ishlov berilayotgan teshikka mos kelishi kerak; asbobning o‘tkirlangan qismida va panjasida iflosliklar, kemtiklar, g‘udurlar bo‘lmasligi zarur).

Stanokni qirindi va iflosliklardan tozalash.

Hamma ishqalanuvchi (harakatlanuvchi) qismlarni moylash.

«Pusk» knopkasini bosib, stanokni yurgizish va stanokni 5-10 min soat ishlatish.

Ishlash vaqtida stanokda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

a) parmaning stanok stoliga o‘yib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;

b) parmani kuchli bosish yaramaydi, chunki u salga sinishi mumkin; shuning uchun teshik parmalash oxirlashganda richakka bosish kuchini kamaytirish kerak;

v) buyumni stolga jips bosib turib (agar u tiskiga o‘rnatilmagan bo‘lsa) parmani teshikdan chiqarish lozim, aks holda tiski qiyshayib ketib, parma sinishi mumkin;

g) parmalashni parma chiqishi uchun teshiklari bo‘lgan metal ost qo‘ymalardan foydalanib bajarish kerak (yog‘och ost qo‘ymalar yaramaydi, chunki bular ishlatilganda, teshik qiyshiq chiqishi mumkin, bundan tashqari, yog‘och ost qo‘ymalarga qirindi yopishib qoladi va ost qo‘yma stolda notekis yotadi);

d) parmalash ishlarini qo‘lqop kiyib bajarish yaramaydi.

e) sovutuvchi suyuqlikdan foydalanib parmalash kerak (po‘lat uchun — emulsiya; mis, alyuminiy, silumin uchun — emulsiya, kana kunjut moyi qo‘shilgan kerosin, skipidar; cho‘yan uchun — kerosin). Cho‘yan, rezina fibra va ebonitni sovutish-moylash suyuqliklarisiz moylash mumkin.




Download 10,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish