Ayirish sistemasi bir juft shoxlangan malpigi naychalaridan iborat. Naychalar ichak bo‘shlig‘ining o‘rta va keyingi bo‘limi chegarasiga ochiladi. Malpigi naychalaridagi siydikdan ortiqcha suv ichakka qayta so‘riladi. Ayirish mahsulotlari esa quruq guanin zarrachalari holida ichakdan chiqib ketadi. Bu hol ularga nam tanqis bo‘lgan sharoitida suvni tejab sarflashga imkon beradi. Ularda ayirish vazifasini bajaruvchi koksal bezlar ikki juft (ba‘zan bir juft) xaltaga o‘xshash organlar bo‘lib, yosh o‘rgimchaksimonlarda yaxshi rivojlangan. Voyaga yetgan davrda bezlar qisman reduktsiyaga uchraydi. Bu bezlar tana bo‘shlig‘ida joylashgan epiteliyli xaltacha, ko‘p marta buralgan naycha, kalta chiqarish yo‘li, uchinchi va to‘rtinchi juft yurish oyoqlari asosiga ochiladigan siydik chiqaruv teshigidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |