Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti sport va chaqiriqqacha xarbiy ta



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana07.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#168035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ABDURAZAKOVA JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY-FIZIOLOGIK ASOSLARI MUS

Massajning nerv tizimiga ta’siri 

Nerv tizimi shartli ravishda somatik va vegetativ qismlarga bo’linadi. Somatik 

nerv  tizimi  tayanch-harakat  apparatining-suyaklar,  bo’inlar,  mushaklar,  teri,  sezgi 

a’zolari  va  ayrim  ichki  a’zolarni;  vegetativ  tizimi  esa  asosan,  ichki  a’zolar-ovqat 

hazm qilish, nafas olish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari va qon tomirlari faoliyatini 

boshqaradi.  Vegetativ  nerv  tizimida  simpatik  va  parasimpatik  bo’limlar  tafovut 

etiladi. Markaziy nerv tizimini tashkil etuvchi bosh va orqa miya, ko’p sonli nerv 

hujayralari (neyronlar) va ular o’simtalarining nerv tolalaridan iborat. Nerv tolalari 

bosh  va  orqa  miya  qismlarini  bir-biri  bilan  bolab,  qo’zalishlarni  o’tkazish 

funktsiyasini bajaradi. 

Odamning  orqa  miyasi  umurtqa  poonasining  kanalida  birinchi  bo’yin 

umurtqasining  yuqori  qismidan  birinchi  bel  umurtqasining  pastki  qismigacha 

joylashgan bo’ladi. 

Nervlarda 

ming-minglab 

nerv 

tolalari 



bor, 

bu 


tolalar 

sezuvchi, 

harakatlantiruvchi  va  aralash  (harakatlantiruvchi  va  sezuvchi  nerv  tolalaridan 

iborat) nervlarga bo’linadi. 

Massaj vaqtida terida joylashgan, markaziy va vegetativ nerv tizimi bilan 

bolangan, ko’p sonli har xil nerv tolalarining uchlari birinchi navbatda ta’sirotga 

uchraydi. Odam organizmiga massaj har xil fiziologik ta’sir ko’rsatadi, buning 

natijasida odam organizmida bir qator umumiy va mahalliy reaktsiyalar hosil 

bo’ladi, bunda hamma to’qimalar, a’zolar va tizimlar ishtirok etadi. Massaj 

ta’sirining kuchini, davomiyligini o’zgartirib miya po’stloining funktsional holatini 




o’zgartirish, umumiy qo’zaluvchanlikni oshirish, reflekslarni kuchaytirish va 

yo’qolgan reflekslarni qayta tiklash hamda turli xil ichki a’zolar va to’qimalar 

ozuqalanishini yaxshilash mumkin. Massajning har xil usullari nerv tizimiga 

turlicha ta’sir ko’rsatadi: biri tinchlantiradi (silash, silkitish), boshqalari qo’zatadi 

(urish usullari). 

Jismoniy  va  aqliy  mehnatdan  so’ng  massaj  tetiklashtiradi,  ish  qobiliyatini 

oshiradi.  

Hamma  massaj  uslublari  orasida  tebratish  usuli  eng  kuchli  reflektor  ta’sirga 

ega. Massaj nerv-mushak tizimiga ijobiy ta’sir etadi, charchash holatini yo’qotadi, 

mushaklarning  qisqarish  qobiliyatini,  o’tkazuvchanligini  yaxshilaydi  va  ish 

qobiliyatini oshiradi. 

Massaj  oliy  nerv  tizimiga  chuqur  ta’sir  etib,  oriqni  kuchsizlantiradi  yoki 

qoldiradi,  nervda  o’tkazuvchanlikni  yaxshilaydi,  shikastlanishda  tuzalish 

jarayonini tezlashtiradi. 

Massajning noto’ri qo’llanilishi natijasida odamning umumiy ahvoli 

yomonlashadi, haddan tashqari hayajonlanadi va oriqlar kuchayadi. Massaj 

jarayonida vujudga keladigan oriqlar reflektor yo’l bilan mushaklar tonusini, qon 

bosimini, qonda qand va adrenalin miqdorini oshiradi hamda qon ivishini tezlatadi. 

Massajning  nerv  tizimiga  ta’siri  tashqi  muhit  omillari  tufayli  ham  yuzaga 

kelishi  mumkin.  Tashqi  muhitning  manfiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillaridan  navbat 

kutish,  shovqin-suron,  qattiq  gaplashish  massajning  davo  ta’sirini  keskin 

kamaytirib yuborishi mumkin. 




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish