Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va etuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‘ladi.
O‘quv qobiliyatlari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, shaxs- shaklllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Ijodiy qobliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g‘oya, kashfiyot va yangiliklar echishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |